Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA TASHQI MIGRATSIYA JARAYONLARINI AHOLI IJTIMOIY HAYOTIGA TA’SIRI (FARG’ONA VODIYSI VILOYATLARI MISOLIDA)
Raxmonov Elyor Abdullajonovich
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
This article highlights the efforts being undertaken to ensure employment as part of the wide-ranging reforms implemented in Uzbekistan. In particular, it sheds light on the role of external migration processes in the social life of the population during the early years of independence, using the regions of the Fergana Valley as an example. The discussion is supported by certain scientific perspectives. Key words and expressions: employment, unemployment, migration, labor migration, International Labour Organization, International Organization for Migration, emigration, labor shortage, population growth, economic difficulties. Mustaqillik yillarida aholining ijtimoiy himoyalash tizimida tashqi migratsiyaning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lib, oilalarning daromadlari ortishi barobarida mamlakatning iqtisodi va demografik o‘zgarishlariga ham katta ta’sir qilib kelmoqda. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: – “Bugungi kunda 2 ~ 203 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) million atrofidagi aholimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – chet mamlakatlarda mehnat qilmoqda. Musofir yurtda, turli qiyinchilik va mashaqqatlarga chidab, halol mehnat qilib non topish, albatta, oson emas. Biz chet ellarda daromad bilan birga tajriba va malaka ham orttirayotgan ana shunday yurtdoshlarimizga rahmat aytishimiz kerak. Ular bizning farzandlarimiz, aka- uka, jigarlarimizdir.” [1] Migratsiya so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “ko‘chmoq” ma’nosini anglatadi va aholining mamlakat ichidagi yoki bir davlatdan ikkinchisiga ko‘chishni bildiradi[15]. Dunyo tajribasidan kelib chiqilganda migratsiyaning asosiy belgisi aholi yashash joyiing o‘zgarishi bo‘lib, u kishilarning ish joyi yoki kasbining almashtirishi natijasida sodir bo‘ladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Uning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi esa aholi harakatchanlik darajasini aniqlash hamda uni hududiy qaytadan tarqalishini ta’minlashdan iboratdir. Migratsiyaning tartibga solish va uning nazorat qilish, bu sohadagi xalqaro konventsiyalarni ishlab chiqishda BMTning aholi nufuzi bo‘yicha Komissiyasi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Xalqaro Migratsiya Tashkiloti muhim rol o‘ynaydi. Masalan, XMT tomonidan 1962, 1975 va 1982-yillarda chiqarilgan konventsiyalar xalqaro migratsiyaning tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar hisoblanib, ularning asosiy moddalari migrantlarni ishga yollash, ularni huquq va kafolatlari, noqonuniy migratsiya hamda uni oldini olish kabi masalalarni tartibga soladi. Mamlakatlararo migratsiya oqimi ko‘lami emigratsiya hududidagi ishsizlik, aholi sonining o‘sishi, qashshoqlik, iqtisodiy qiyinchiliklar, immigratsiya mintaqasida esa ishchi kuchining yetishmasligi, tezkor iqtisodiy o‘sish va bandlikning o‘sishi, ikki hududlardagi ish haqi darajasining keskin farqi, hududiy joylashuv, til va madaniyat darajasi kabi omillar bilan bevosita bog‘liqdir[13. – С. 53-60.]. Qoloversa, yer yuzida aholi migratsiyasi tufayli terrorizm xavfining kuchayishi, etnik qatlamlar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi, mamlakatlardan yoshlar va malakali mutaxassislarning chiqib ketishi kabi ijtimoiy-demografik xatarlarni yuzaga keltirmoqda. Ayrim mamlakatlar uchun esa demografik vaziyatning yaxshilanishi, oilalarni moddiy ta’minlash, davlatlar uchun pul o‘tkazmalari, iqtisodiyotda pul tushumi, ishchi kuchi yetishmasligi yoki ortiqchaligi kabi muammolarning oldini olishga yordam bermoqda. Jahonda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko‘plab rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning gurkirab rivojlanishi natijasida ishchi kuchining yetishmasligi migratsiya to‘lqining ortishiga xizmat qilgan. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 1970-1990-yillarda ishchi kuchini qabul qiluvchi bu kabi mamlakatlar soni 39 tadan 67 taga yetgan[3. – С. 352.]. Taraqqiy etgan mamlakatlar uchun migrantlar bir tomondan arzon ishchi kuchi bilan ta’minlashga imkon bersa, ~ 204 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) ikkinchi tomondan yuqori malakali mutaxassislar yetishmayotgan sohalarini kerakli, munosib, bilimli xodimlar bilan to‘ldirishga yordam beradi. Butun jahonda migrantlar soni yil sayin oshib borgan. Masalan, 2008-yilgi ma’lumotlarna ko‘ra, 1960-yilda migrantlarning soni yer yuzi aholisining 2,5foizi, ya’ni 75 million kishini, 2005-yilda 3foizi, ya’ni 191 millionni va 2008-yilda esa 200 million kishini tashkil etgan[5. – С.25.]. XX asr oxiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan juda ko‘plab aholi vakillari mehnat migratsiyasi natijasida o‘z davlatini tark etishga majbur bo‘lgan. Buning sababi bizning fikrimizcha, SSSR parchalangandan so‘ng mintaqa davlatlarning iqtisodiy jihatdan ahvolining og‘irligi, ijtimoiy tanazzul va asosiysi ishsizlik bo‘lgan. Tashqi migratsiyaning asosiy sabablaridan biri bu oilalarning iqtisodiy qiyinchiliklari, ishsizlik va daromad manbaining qoniqarli emasligida bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab sobiq sovet
Доказательный фрагмент
«This article highlights the efforts being undertaken to ensure employment as part of the wide-ranging reforms implemented in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the efforts being undertaken to ensure employment as part of the wide-ranging reforms implemented in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and expressions: employment, unemployment, migration, labor
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025