Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
INGLIZ TILI DARSIDA GURUHLAR BILAN ISHLASHNING O‘RNI
Kimsanova Nozima Maxfuzullo qizi
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
This article highlights the importance of developing small group skills in the English class and some effective ways to develop children’s self-confidence and enthusiasm for the language. Key words: collectiveness, social environment, social activity, efficiency, interactive method, ability, cooperation, activists, friendly unit. Аннотация: В этой статье подчеркивается важность развития навыков работы в малых группах на уроках английского языка и некоторые эффективные способы развития у детей уверенности в себе и энтузиазма по отношению к языку. Ключевые слова: коллективность, социальная среда, социальная активность, эффективность, интерактивный метод, способность, сотрудничество, активисты, дружественный отряд. Jamoaviylik insoniyat erishgan eng muhim yutuqlardan biridir. Chunki usiz shaxs o’zini identifikatsiya qilishi oson emas va shu boisdan ko’pchilik bolalar o’z qobiliyatlarini aynan jamoada namoyon etadi va yangidan yangi qobiliyat va imkoniyatlarini kashf etadi. Ammo jamoa birdaniga shakllanmaydi. Vaqt o’tgan sayin ularning hamjihatligi oshib boraveradi. Jamoa – bu bolalar va o’smirlarning ijtimoiylashuvi sodir bo’ladigan tabiiy ijtimoiy muhit. Jamoa (A.S.Makarenko ta’biri bilan aytganda)fuqarolik xulq-atvori tajribasini to’plash va rivojlantirish uchun o’ziga xos „sport zali“dir. Jamoa shaxsning ma’naviy –axloqiy rivojlanishiga, mehnatni tashkil etishning jamoaviy shakllarida ishtirok etish tajribasini shakllantirishga hissa qo’shadi. Bu jamoaviylik usuli ingliz tilini o’qitishda ham o’z samarasini beradi. Hozirgi zamonaviy olamda sinf mashg’ulotlarini, ayniqsa ingliz tili darslarini ijodkorona yondashish , interfaol metodlardan foydalanish va o’qitish bilan ko’ramiz. Pedagog- o’qituvchilar bilim, salohiyat, mahorat va qobiliyatlarini ishga solgan holda dars- mashg’ulotlari uchun o’z usul va prinsiplarini tanlaydilar va usullarning qay darajada samaradorligi dars yakunida o’quvchilarning dars davomida erishgangan ko’rsatkichi ~ 199 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) asosida belgilanadi. Bundan ko’rinadiki, dars sifatini oshirishda qo’llanilgan metod va tamoyillar asosiy o’rinni egallaydi. Makarenko jamoani bejizga “sport zali“ ga o’xshatmagan. Barchamizga malumki, sport zalida hamma har xil sport turlari bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etadi. Kimdir basketbolda, kimdir tennisda va yana kimdir shaxmat o’ynashda yaxshi va o’quvchilar bilmagan narsalarini erkin o’z tengdoshlaridan va murabbiyidan ko’rib, amaliyotda sinab tez fursatda o’rganishi mumkin. Ingliz tili ham huddi shunday. O’rganilishi kerak bo’lgan narsalar juda ham ko’p va ba’zan maktab darsligida bir soat uchun mo’ljallangan mavzuga ham vaqt yetmasligi mumkin. Shuning uchun darsni qisqa muddatda va puxta o’rganishning eng samarali va zamonaviy usuli bu jamoa bilan birgalikda ishlashdir. Chunki hamkorlikka asoslangan o’quvchilarning faolligini oshirishga mo’ljallangan , o’quvchilarni boshqalarning fikrini eshitish, tushunish , hurmat qilish , o’zgalar manfaatlari bilan hisoblashish , ulardan o’rganish , ularga o’rgatish, ta’sir qila olish, o’zining va boshqalarning „men“ligini sezish , his qiish o’zini boshqarish, fikrini lo’nda, puxta va aniq bayon qila olishga o’rgatishga qaratilgan interfaol o’qitish usullari tez rivojlanib , ijobiyy samara bermoqda. Bugungi kunda pedagog olimlar bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekan, uni quyidagi ikki bosqichga bo’ladi: • jamoani dastlabki jipslashtirish; • jamoani shakllantirish – uning har bir a’zosini individual rivojlantirishning asosidir. Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan edi. U jamoada shakllangan quyidagi eng muhim belgilarni ajratib ko’rsatgan edi: 1. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi ; 2. O’z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushinish, uning uchun g’ururlanish asosida o’z qadr qiymatini anglash; 3. Jamoaning har bir a’zosidagi do’stona birlik ; 4. Tartibli , ishchan harakatga yo’llovchi faollik; 5. O’z hissiyot va so’zlarini boshqara olish ko’nikmasi. Jamoani uyishtirish va jipslashtirish unda faollarni tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakati jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. Ishonchli , ishchan faollarni tanlash uchun o’qituvchi bolalarning ijtimoiy faolligi, ularning xulq-atvorini kuztib borishi zarur va bolalar jamoasida faol rahbarligida birining boshqasidan ustun kelishiga olib kelmasligi zarur. Shu bois o’qituvchi faolni qanday ish yuritishini kuzatib, nazorat qilmog’i lozim. Jamoa – o’quvchilarning bilim va saviyasini oshirish uchun qulay imkoniyat. Chunki , qachonki o’qituvchi jamoaga topshiriq berganda bolalarda avtomatik ravishda ~ 200 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) “critical thinking “ jarayoni boshlanadi va har jamoa bilan ishlaganlarida fikrlash doiralari oshib boraveradi. Albatta ,
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of developing small group skills in the English class and some effective ways to develop children’s self-confidence and enthusiasm for the language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of developing small group skills in the English class and some effective ways to develop children’s self-confidence and enthusiasm for the language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- collectiveness, social environment, social activity, efficiency
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025