Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA PREDMET VA SHAKLLARNI QALAMTASVIR ORQALI TASVIRLASH
QALAMTASVIR ORQALI TASVIRLASH · Uzaqbaeva Gulsawir Kidirbaevna
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada tasviriy san’at darslarida predmet va shakllarni qalamtasvir orqali tasvirlash va qalamtasvirda chizilayotgan ob’ektni har tomonlama mukammal, o‘xshatib aks ettirishdan iborat ekanligi, qalamtasvir barcha tasviriy san’at turlarining asosi ekanligi haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Qalamtasvir, predmet, perspektiva, rasm chizish, talaba, tasviriy san’at. Tasviriy san’at inson tafakkuri, estetik didi va ijodiy dunyoqarashini shakllantiruvchi muhim fanlardan biridir. Unda predmetlar va shakllarni qalamtasvir orqali tasvirlash orqali nafaqat badiiy mahorat, balki kuzatuvchanlik, tafsilotlarga e’tibor, makon va shakl o‘rtasidagi nisbatni anglash kabi ko‘nikmalar rivojlanadi. Tasviriy san’at o‘quv fani yosh avlоdda estеtik did, badiiy tafakkur, intеllеktual salоhiyat, va eng muhimi, umumiy dunyoqarashni shakllantirish va rivоjlantirish bоrasida kеng imkоniyatlarga ega. Shuning uchun ham muayyan davr оralig‘ida tariхiy tajribalar, zamоnaviy hоlatlarni tahlillari asоsida istiqbоlga yo‘naltirilgan innоvatsiоn yondashuvlar jоriy etilishi sоhani rivоjlantirish, badiiy ta’limni jamiyatning ta’limiy talab va ehtiyojlariga muvоfiqligini ta’minlaydi. Qalamtasvir predmeti barcha maxsus fanlarning asosi hisoblanadi va ular o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni ta’minlaydi. Qalamtasvir borasida etarli bilim va malakalarni egallamay turib, o‘quvchi kompozitsiya, rangtasvir, haykaltaroshlik, xalq amaliy san’ati va boshqa mutaxassislik fanlarni yuqori darajada o‘zlashtira olmaydi. Rasm chizishga o‘rgatish, bu — bir-biri bilan o‘zaro bogliq bolgan quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi: - narsani o‘ziga qarab anglash, kuzatish, jismlarni o‘zaro solishtirish; - jismlarni shakli, rangi, materiallik xususiyati bo‘yicha farqlay bilish; - rasm chizish mashg‘ulotlarida e’tiborli bolish, fikrlab, jismlarning shaklini aniq tahlil qilishga o‘rgatish. Qalamtasvir – bu predmet va shakllarning faqat bir rang (odatda qora rang) yordamida qog‘ozga tushiriladigan grafik tasviridir. Bu usul o‘quvchilarda shaklni aniqlash, proporsiyani saqlash, yorug‘-soya bilan ishlash kabi asosiy badiiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Predmet strukturasi bilan tanishish – Oddiy buyumlardan boshlab, murakkab shakllargacha bo‘lgan predmetlarni chizish ~ 143 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) orqali o‘quvchi ularning tuzilishini chuqur o‘rganadi. Chizmachilik va kuzatuvchanlikni rivojlantirish – Realistik tasvirga intilish, nisbiylik, simmetriya va dinamikani his qilishni o‘rgatadi. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish – Predmetlarni o‘ziga xos tarzda tasvirlash orqali individual ifoda imkoniyati kengayadi. Oddiy shakllardan boshlash – Darslarning ilk bosqichlarida geometrik shakllar (shar, kub, silindr) asosida chizish o‘rgatiladi. Bu shakllar keyinchalik murakkab predmetlar asosiga aylanadi. Kompozitsiyani tashkil etish, kompozitsion yechimni to‘g‘ri tanlash, tasvir markazini belgilash va obyektlar o‘rtasidagi masofani aniqlash muhimdir. Yorug‘lik va soya bilan ishlash, qalamning kuchi, bosimi orqali obyektlarning hajm va chuqurligi yaratiladi. Analiz va taqqoslash, o‘quvchilar chizgan rasmlarni bir-biri bilan taqqoslab, xatolar va yutuqlarni aniqlash orqali bilimlarini mustahkamlaydi. Tasviriy san’at sohasida amaliy jihatdan mahoratni shakllantirish jarayoni naturani hayotiy tasvirlash mashqlari orqali amalga oshiriladi. Shaklni to‘g‘ri tasvirlash uchun o‘quvchi, avvalambor, uning o‘ziga xos tomonlarini aniq tasavvur etish va ko‘rishni o‘rganishi kerak. Yosh va boshlovchi rassom uchun bu oson ish emas va doimiy ravishda nazariy hamda amahy mashg‘ulotlarni talab qiladi. Mashhur ijodkorlarning fikriga ko‘ra, agarda, rassom bir kun rasm chizishdan to‘xtasa, u ikki kun orqaga ketadi. Shuning uchun yosh rassom naturaga qarab, jismlarning haqqoniy rasmini chizishni bir kun ham to‘xtatmasligi kerak. Bu esa, uning shakl va hajmni qanday qabul qilishiga, anglab yetishiga bog‘liq. Tabiatan barcha narsalar, buyumlar va ularning shaklini insonlar turlicha tasavvur etishadi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir insonning tasavvuri, xarakteri va ko‘rish qobiliyatiga bog‘liq. Qalamtasvir mashg‘ulotlari boshqa mutaxassislik fanlari qatorida bo‘lajak o‘qituvchi-rassomlarni tayyorlashda asosiy fan hisoblanadi. Qalamtasvir darslari talabalarga bosqichlarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali olib boriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, amaliy mashg‘ulotlar qatorida nazariy bilimlar bo‘lajak pedagoglarga ularning bilim olishni tugatgandan so‘nggi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Borliqdagi narsa va shakllarni realistik tasvirlash o‘quvchilarga, nafaqat, amaliy bilim va ko‘nikmalarni beribgina qolmay, balki ularning umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, rasm chizishni o‘rganish o‘quvchilarga atrofdagi jismlarni realistik tasvirlash bilan birga, ularning estetik didlarini ham o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Rasm chizish asosl
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tasviriy san’at darslarida predmet va shakllarni qalamtasvir orqali tasvirlash va qalamtasvirda chizilayotgan ob’ektni har tomonlama mukammal, o‘xshatib aks ettirishdan iborat ekanligi, qalamtasvir bar…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tasviriy san’at darslarida predmet va shakllarni qalamtasvir orqali tasvirlash va qalamtasvirda chizilayotgan ob’ektni har tomonlama mukammal, o‘xshatib aks ettirishdan iborat ekanligi, qalamtasvir bar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tasviriy san, rasm chizish, shakllarni qalamtasvir, qalamtasvir tasvirlash, qalamtasvir predmet, minlaydi qalamtasvir, boshqa mutaxassislik
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026