К содержанию
РецензированоUZ2026

YUNON-RUM KURASHCHILARINING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN TANLAB OLINGAN USULLARNI NATIJALARI VA ULARNI TAHLILI

YUNON-RUM KURASHCHILARINING TEXNIK-TAKTIK · Usmonov Sanjar Elbek o‘g‘li

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan zamonaviy usullar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tajriba-sinov uslubida olib borilgan mashg‘ulotlar natijalari o‘rganilib, ularning samaradorligi statistik tahlil asosida baholandi. Maqolada o‘quv-mashg‘ulot jarayonida individual yondashuv, raqibga mos strategiya tanlash va jangovar vaziyatlarni modellashtirish kabi metodlarning sportchilar tayyorgarligiga ijobiy ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar. Yunon-rim, texnik harakatlar, texnik holatlar, taktik harakatlar, darajalar, murabbiy pedogoglar, musoboqa faoliyati, tayyorgarlik takomillashuvi, usullar. ANALYSIS OF THE RESULTS AND EFFECTIVENESS OF SELECTED METHODS FOR IMPROVING THE TECHNICAL AND TACTICAL TRAINING OF GRECO-ROMAN WRESTLERS Annotation. This article analyzes modern methods aimed at improving the technical and tactical training of athletes engaged in Greco-Roman wrestling. During the study, the results of training sessions conducted through experimental and practical methods were examined, and their effectiveness was evaluated using statistical analysis. The article scientifically demonstrates the positive impact of methods such as individualized approaches in training, selecting strategies appropriate to the opponent, and modeling combat situations on the athletes’ performance. Keywords. Greco-Roman, technical actions, technical conditions, tactical actions, ranks, coach pedogogs, competition activities, preparatory improvement, methods. Kirish. Yunon-rim kurashchilarida birinchi bosqich tadqiqotlardan so‘ng ayrim o‘zgarishlar sezildi va, o‘z navbatida, ikkinchi bosqich tekshiruviga qadar mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirishga harakat qiluvchi. Mashg‘ulot vaqtida kurashchilarga berilayotgan odatdagidan farq qilgan yuklamalar sababli ularda ba’zi bir savollar, noroziliklar paydo bo‘ldi. Olib borilgan tushuntirish ishlari va musobaqadagi ~ 136 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) bellashuvlarni kuzatish vaqtida tahlil natijalarini ko‘rib nazorat guruhi kurashchilarida jismoniy sifatlarning rivojlanishida o‘ziga xos kamchiliklar mavjudligi kuzatildi. Yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirishda avvalambor ularning jismoniy sifatlari rivojlanganlik darajasini inobatga olish kerak ekanligi kuzatildi. Bu esa, o‘z navbatida, kurashchilarni kerakli hujum va himoya harakatlarini bajarishlariga, ya’ni taktik tayyorgarliklariga ta’sir etib boradi. Tajriba guruhi kurashchilarida sekin rivojlanayotgan jismoniy sifatlarni aniqlab, mashg‘ulotning tayyorlov qismini aynan shu jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar tarkibi bilan boyitib bordik. Kurashchilarni musobaqaga tayyorlash vaqtida ularning raqiblari xaqida ma’lumotlar to‘plandi va shu ma’lumotlarga ko‘ra musobaqa taktikasi, bellashuv taktikasi ishlab chiqildi. Tajriba guruhidagi kurashchilarning ba’zilari biz kiritgan bu taklifni bellashuv vaqtida qo‘llamadilar, sababi o‘zlari tayangan usullarga ishonib, an’anaviy uslubda bellashuvni olib borishdi va qo‘yilgan maqsadga erisha olishmadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nafaqat jismoniy sifatlarni rivojlantirish, balki raqibga noqulay vaziyatlarni tug‘diradigan va raqibining holati bu kurashchiga qulay dinamik vaziyat yaratadigan vaziyatlarini paydo qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zaruri. Bu o‘z navbatida kurashchilarni kerakli xujum va ximoya xarakatlarini yani taktik tayyorgarliklariga ta’sir etib boradi. Tadqiqot guruhi kurashchilarda esa sust rivojlanayotgan jismoniy sifatlarini aniqlab, mashg‘ulotning tayyorlov qismini aynan shu jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar bilan boyitildi. 44 ta mashg‘ulotdan so‘ng (88 soat) tadqiqot testlari qaytadan olindi (18 ta mashg‘ulotni (36 soat) biz taklif qilgan metodda olib borildi). Yunon-rim kurashchilarining musobaqa oldi tayyorgarligi davrida biz zarbdor mikrosikldan unumli foydalanish maqsadida mashg‘ulot yuklamasini yanada oshirdik va shu qatorda ularni raqiblariga bo‘lgan tayyorgarlikni rivojlantirdik. Mashg‘ulotlarning tayyorlov qismida ham maxsus mashqlarni, texnik-taktik harakatlarni (mashg‘ulot mashqlarini uning yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga taqsimlashda yuklama tarkibining ahamiyati > 2-ilova) yuklama yo‘nalishi aerob-anayerob (xarakat sifatining xamma turi) bajarishga e’tibor qaratdik. Asosiy qismda biz tajriba guruhi sinaluvchilariga quyidagi mashg‘ulot tuzilmasini ishlab chiqdik va tajribada qo‘lladik: - vazn toifasi o‘xshash bo‘lgan 4 nafar kurashchi tanlab olinadi va faqat 1-raqamli kurashchi qolgan 3 nafar raqiblarini birin-ketin texnik usullar orqali yiqitadi (1 seriyada 15 marotabadan, 5-6 marotaba takrorlash, takrorlanish oralig‘idagi tanafus - 30 soniya, yuklama katta shiddatda bajariladi 130-140 yurak urish soni); - vazn toifasi o‘xshash bo‘lgan 4 nafar kurashchi tanlab olinadi va faqat 1-raqamli kurashchi qolgan 3 naf

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan zamonaviy usullar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan zamonaviy usullar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Greco-Roman, technical actions, technical conditions, tactical
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники