Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
This article analyzes important aspects of the psychological and social development of primary school-aged students. It examines students' motivation, emotions, willpower and volition, as well as their interpersonal relationships and interactions with teachers. The article reveals the role of psychological mechanisms in learning activities and the development of the inner world of the individual. Additionally, it emphasizes the importance of guiding students towards independent thinking, self-assessment, and strengthening social skills. Key words: primary school age, learning activity, motivation, emotions, willpower, volition, self-assessment, peer relationships, personality psychology, school community. Kichik maktab yoshi bolaning maktabga ilk bor kelgan vaqti bilan belgilanadi. Bu davrda pubertetgacha bo‘lgan barqaror jismoniy rivojlanish jarayoni davom etadi. Bolalarda nafaqat bo‘y o‘sishi va vazn ortishi kuzatiladi, balki bu tashqi o‘zgarishlar ichki organik o‘zgarishlar bilan birgalikda kechadi. Skelet suyaklarining o‘sishi va yetilishi davom etadi, biroq bu jarayonlarning sur’ati bolalar orasida farqlanishi mumkin. Mushaklar yiriklashadi va kuchliroq bo‘ladi. Shunga mos ravishda jismoniy ~ 54 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) kuch va chidamlilik ham ortadi. Bosh miyaning tafakkur va ong jarayonlarini boshqaruvchi peshona bo‘laklari faolroq ishlay boshlaydi. Bu esa bolaning murakkab harakatlar va yuqori darajadagi koordinatsiyani talab qiladigan faoliyatlarga qo‘shilishiga imkon yaratadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning yetakchi faoliyati o‘quv faoliyati bo‘lganligi sababli, u maktabga kelgan paytdan boshlab bu faoliyat uning barcha munosabatlar tizimiga vositachilik qila boshlaydi. D.B. Elkoninning fikricha, bu faoliyatning roli muhim, chunki, birinchidan, bolaning jamiyat bilan asosiy munosabatlari aynan shu faoliyat orqali shakllanadi; ikkinchidan, unda maktab yoshidagi bola shaxsining asosiy fazilatlari va alohida psixik jarayonlari rivojlanadi [10, 246-b]. L.V. Obuxovaning ta’kidlashicha, agar bola o‘z psixik jarayonlari va xulq- atvorini boshqarishga o‘rgangan bo‘lsa, u holda o‘quv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Bu esa bolaning bevosita "xohlayman"ini o‘qituvchi va maktab intizomi talab qilgan "kerak"ka bo‘ysundirishiga yordam beradi hamda ixtiyoriylikning psixik jarayonlarning yangi sifati sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Bu holat bola tomonidan harakat maqsadini ongli belgilash, qiyinchilik va to‘siqlarni yengib o‘tishda ataylab vositalarni izlash va topishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish zarurati, og‘zaki hisobot va baholash talablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatlarni ichki rejada rejalashtirish va bajarish qobiliyatining shakllanishiga xizmat qiladi. Mulohaza namunalarini farqlash va ularni mustaqil tuzishga intilish, o‘quvchilarda o‘z fikr va harakatlarini go‘yo chetdan turib tahlil qilish va baholash ko‘nikmasining rivojlanishini ta’minlaydi. Bu ko‘nikma shaxsning o‘z fikr va xatti-harakatlarini faoliyat sharoitlariga muvofiqlik nuqtayi nazaridan xolisona tahlil qilishiga imkon beruvchi refleksiya sifatida namoyon bo‘ladi. Ixtiyoriylik, ichki harakat rejasi va refleksiya — bu kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tomonidan o‘quv faoliyati jarayonida shakllanadigan asosiy psixologik yangiliklardir. O‘quv faoliyati mazmuni, tuzilishi va bajarilish shakli jihatidan murakkab bo‘lib, o‘quvchida darhol shakllanmaydi. Maktab hayotining aynan dastlabki yillarida o‘qish ko‘nikmasiga asos solinadi. Shuning uchun o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan tizimli ishlar orqali o‘quvchining o‘rganishga oid ko‘nikmalari asta-sekin rivojlanadi [7, 310-b]. D.B. Elkonin ta’kidlaganidek, o‘quv faoliyati bir necha o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ma’lum tuzilishga ega: O‘quv vazifasi — o‘quvchi egallashi kerak bo‘lgan harakat usulining mazmuni. O‘quv harakatlari — bu harakat usulining tasavvurini shakllantirish va amalda qo‘llash jarayonlari. Nazorat — bajarilgan harakatni namuna bilan solishtirish. ~ 55 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) Baholash — natijani aniqlash va o‘zgarish darajasini baholash. V.S. Muxina ta’kidlaganidek, o‘quv faoliyatining mazkur tuzilmasi kengaytirilgan va yetuk shaklda taqdim etilgan bo‘lsa-da, u darhol bunday holatga erishmaydi. Bu tuzilma o‘quvchilarda bosqichma-bosqich shakllanadi va boshlang‘ich maktab o‘quvchisining o‘quv faoliyati hali bu darajadan ancha uzoqda bo‘ladi. Chunki o‘quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini yetarli darajada egallamaslik maktabdagi ko‘plab qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin [6, 361-b]. O‘quv vazifasining asosiy xususiyati shundaki, u o‘quvchining turli amaliy masalalarni nazariy jihatdan umumlashtirilgan usulda hal qilish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quv vazifasini o‘quvchiga qo‘yish — uni turli vaziyatlarda masalani h
Доказательный фрагмент
«This article analyzes important aspects of the psychological and social development of primary school-aged students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes important aspects of the psychological and social development of primary school-aged students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary school age, learning activity, motivation, emotions
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021