К содержанию
РецензированоRU2025

Особенности формирования социального образа руководителя

Bobur AKHMEDOV

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 329-332 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье анализируется процесс формирования современный лидер, социального образа руководителя и факторы, влияющие на имидж, этот процесс. В частности, рассматривается, как формируется этика, социальный образ руководителя на основе таких поведение, профессионализм, компонентов, как индивидуальные и профессиональные открытое общение, качества личности руководителя, роль средств массовой стратегия, информации, культурные и национальные особенности, стиль управления, социальные ожидания и общественное мнение. Отмечается, интеллект, что при формировании имиджа руководящих кадров такие коммуникация. факторы, как способность руководителя принимать решения, креативное мышление, хорошие отношения с коллективом, одним словом, сильные лидерские качества, являются одной из основных составляющих имиджа. Rahbarning ijtimoiy obrazi uning boshqaruvdagi samaradorligi va tashkilotdagi mavqeini belgilovchi muhim omildir. Rahbar obrazining shakllanishi nafaqat uning shaxsiy xususiyatlari, balki jamiyat va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Bu jarayon ko‘plab omillar va o‘ziga xosliklarni o‘z ichiga oladi, ular rahbarning yetakchilik qobiliyati va kommunikativ salohiyatini belgilaydi. Zamonaviy boshqaruv tizimlarida rahbar imiji o‘zining muhimligini bilan ajralib turadi. Tashkilotdagi rahbarning imiji uning ish faoliyatiga, jamoadagi ta’siriga va tashkilotning umumiy muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. “Rahbar imijining shakllanishi faqat tashqi ko‘rinish yoki kiyim tanlovi bilan cheklanmaydi, balki uning xulq-atvori, qarorlar qabul qilish uslubi, kommunikatsiya usullari va boshqaruv qobiliyatlarini ham o‘z ichiga oladi”[1]. Rahbar obrazini shakllantiruvchi asosiy omillar: a) shaxsiy fazilatlar-halollik, mas’uliyatlilik, kommunikativlik, liderlik qobiliyati, qaror qabul qilishdagi qat’iylik bular rahbarning ijtimoiy obrazida hal qiluvchi rol o’ynaydi, b) ommaviy axborot vositalari roli – televideniye, internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali rahbarning faoliyati, nutqlari, tashabbuslari yoritilishi jamiyat ongida unga nisbatan ijobiy yoki salbiy obrazning shakllanishiga olib keladi, c) milliy va madaniy omillar – har bir jamiyatda rahbar shaxsiga qo‘yiladigan talablar mavjud. Masalan, Sharq jamiyatlarida rahbardan adolat, kamtarlik va mehr-muruvvat kutilsa, G’arbda samaradorlik, pragmatism va innovatsion yondashuv afzal ko‘riladi, d) Ijtimoiy kuzatishlar – jamiyat rahbardan nafaqat boshqaruvchilik, balki ma’naviy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni, muammolarga yechim topishni, adolat bo‘lishni kutadi. Rahbar imiji, birinchi navbatda, rahbarning tashqi ko‘rinishi, xulq-atvori, boshqaruv uslubi va ularga bo‘lgan munosabatlar orqali tashkilotdagi o‘rnini belgilaydi. Bu esa rahbarning samarali boshqaruv uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Rahbar imijining shakllanishi boshqaruv jarayonining samaradorligini oshiradi va tashkilot ichidagi ishonchni mustahkamlaydi. Imij nafaqat tashqi ko‘rinishni, balki rahbarning boshqaruv strategiyalarini, qarorlar qabul qilish uslublarini, kommunikatsiya usullarini ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, rahbarning o‘ziga bo‘lgan 330 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 ishonchi va jamoaga nisbatan mehr-muhabbati uning imidjini shakllantiradigan asosiy omillardan biridir. Rahbar ijtimoiy obrazining shakllanishidagi asosiy o‘ziga xosliklardan biri — uning kommunikativ ko‘nikmalari hisoblanadi. “Samarali aloqa rahbarga xodimlar bilan mustahkam ishonch va o‘zaro hurmat muhitini yaratishga yordam beradi” . Shu bilan birga, rahbarning jamoaviy faoliyatdagi roli, uning tashabbuskorligi va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyati uning ijtimoiy obrazini yanada mustahkamlaydi. Avvalambor “rahbarlarning emotsional intellekti yuqori bo‘lishi kerak. Bu, ularning o‘z xulq-atvorlarini nazorat qilish, jamoa a’zolarining his-tuyg‘ularini tushunish va samarali aloqalarni o‘rnatishda yordam beradi. Emotsional intellekt rahbarning kuchli imijini yaratish uchun zarur bo‘lgan xususiyat hisoblanadi”[2]. Zamonaviy rahbarlar, o‘z jamoalariga mas’uliyatli yondashuvni ko‘rsatib, ijtimoiy mas’uliyatni his qilishlari zarur. Ularning imiji ijtimoiy qadriyatlar va tashkilotning ijtimoiy mas’uliyatini qabul qilish orqali yanada mustahkamlanadi. Rahbar inson o‘z qarorlarini ochiq va shaffof qilishi zarur. Bu rahbarning imijini mustahkamlashga yordam beradi va jamoaning ishonchini oshiradi. “Zamonaviy boshqaruvda shaffoflik nafaqat ichki, balki tashqi muloqotlarda ham katta ahamiyatga ega”[3]. Rahbar imijini shakllantirishning asosiy elementlari bu tashqi ko‘rinish va xulq-atvordir. Zamonaviy rahbarning tashqi ko‘rinishi professional va tartibli bo‘lishi kerak. Kiyim-kechak va jismoniy holat rahbarning jamoa tomonidan qanday qabul qilinishiga ta’sir qiladi. Shuningdek, rahbarning xulq-atvori uning jamoa a’zolari bilan bo‘lgan munosabatini

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье анализируется процесс формирования современный лидер, социального образа руководителя и факторы, влияющие на имидж, этот процесс.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье анализируется процесс формирования современный лидер, социального образа руководителя и факторы, влияющие на имидж, этот процесс. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modern leader, creatively, maintain good relationships with the team - in other, intellect, этика, professional, стиль управления, интеллект, boshqaruv uslubi, management style, intellekt, поведение, strategy, xulq-atvor, стратегия, профессионализм, imij, conduct, communication, image, ethics, ochiq muloqot, коммуникация, современный лидер, strategiya, имидж, professionalism, open communication, kommunikatsiya, открытое общение, zamonaviy rahbar, etika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники