К содержанию
РецензированоRU2025

Анализ произношения представителей андижанского диалекта

Onorkhon SATIMBOYEVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Uzbekistan State World Languages University)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 309-314 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются особенности гласный, произношения представителей андижанского диалекта. На согласный, примерах демонстрируется произношение гласных, диалект, согласных, постановка ударения в слогах. В аудиозаписи произношение, неполный глагол. записана речь представителей разных слоев населения, проживающих в районах Андижанской области, описаны их различия и сходства. 1 Assistant Teacher, University of Economics and Pedagogy, Independent Researcher, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: anorasatimboyeva@gmail.com Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 O‘zbek tili juda ham boy til, u nafaqat badiiy so‘zlashuv uslubida go‘zal, balki yangi kirib kelayotgan so‘zlar bilan ham uning salmoqdorligi, xilma-xil bo‘yoqdorligi oshib bormoqda. Bu borada milly qatlam xususan shevalar alohida ahamiyatga ega. Qadimdan o‘zbek xalqi madaniyat hamda ma’rifat rivojlangan xalq bo‘lgan, qo‘shni xalqlar bilan qalin do‘stlik aloqasini o‘rnatgan. Xalqlar do‘stligi ortidan, tillar qorishuvi, g‘oyalar to‘qnashuvlari, yangi shevalarni paydo bo‘lish holatlari birga kechgan, hamohanglikda davom etgan. O‘zbek shevalarining Qipchoq lahjasida so‘zlashuvchilar O‘zbekiston hududining salmoqli qismiga to‘g‘ri keladi. Shu kabi Andijonning ham aksariyat aholisi qipchoq lahjasida so‘zlashadi. Bunga sabab Andijon viloyatining Qirg‘iziston respublikasi bilan chegaradoshligi bilan ham belgilanadi. Tarixda ham bu hududda qipchoq lahjasi vakillari ko‘pchilikni tashkil etgan. Andijonning janubiy-sharqiy hududiga kiruvchi Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Jalaquduq tumanlarida qipchoq lahjasida so‘zlashuvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi va bu hududda lab uyg‘unligi ustunlik qiladi, ushbu xususiyat bilan u boshqa qipchoq lahjasi vakillari shevalaridan farq qiladi. Ushbu shevada -lak ya’ni inkor ma’nosini beruvchi qo‘shimcha foydalanishi alohida ahamiyatga ega, ya’ni -boralak (bormasligi mumkin). Bu qadimda asosan Oltoy hamda Qirg‘iz shevalarida tarqalgan holat bo‘lgan. Hozirga qadar Qo‘rg‘ontepa (Dardoq, Qo‘rg‘onchek, Qizilto‘qay, Dehqonchek, Yangiyo‘l), Jalaquduq (Abdullabiy, Ilich, Oxunboboyev, Marks) kabi tumanlarda hali ham ushbu holat saqlangan. Andijon shevasi vakillarining talaffuzi adabiy til me’yorlariga juda mos va monand hisoblanadi. Biroq unlilar soni jihatdan Namangan, Farg‘ona, Marg‘ilon hamda Toshkent shevalaridan farq qiladi. Ya’ni unlilar soni boshqa shevalardan ko‘ra ko‘proq. Ibrohim Sobirovning yozishicha Andijon shevasida unli fonemalarning tilning gorizontal harakatiga bilan belgilanuvchi kontrast juftliklar mavjud va shu sababli singarmonizm qonuniyati ma’lum darajada saqlangan [2]. Unlilardan I unlisiga to‘xtaladigan bo‘lsak, old qator (platal) lablanmagan tor unli bo‘lib, q, g‘, x undoshi bo‘lmagan hamma bo‘g‘inlarda kelaveradi. Orqa qatori i tovushidan talaffuz jihatdan farq qiladi, shuningdek ma’no ayrish jihatdan ham farq qiladi. Ayrim undoshlarning so‘zlardagi holatiga ko‘ra boshqacharoq talaffuz qilinishi mumkin. Shuning uchun ba’zi holatlarda uzun, ayrim holatlarda qisqa talaffuz qilinishi mumkin. Shuningdek Andijon atrofidagi Saroy shevasi vakillari adabiy tilda ikki deb talaffuz qilinuvchi so‘zni ekki singari talaffuz etish holatlari uchraydi. Yana qo‘shma son o‘n ikkining talaffuzida ham ikki so‘z bir-biriga qo‘shilib o‘nek kabi talaffuz qilinish holatlari uchraydi. Bu holat nafaqat Andijon balki Samarqand, Jizzax shevalarida ham kuzatilishi mumkin. Adabiy talaffuzda ehtimol so‘zi I tovushiga urg‘u berilgan holda talaffuz etilishi kerak ammo Andijon shevasida I tovushi yarim holida talaffuz qilinadi. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlardagi i unlisi talaffuzi ayrim urg‘uli bo‘g‘inlarda tushib qolsa yoki urg‘usiz aytilsa (командир-ruscha komandr-Andijon shevasida), ayrim so‘zlarda esa me’yoridan ortiq cho‘zilish bilan talaffuz qilinadi , masalan kino so‘zida. Ana endi e unlisi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu unli Andijon shevasida yuqori- o‘rta ko‘tarilishdagi o‘rta keng unli hisoblanadi [2]. Andijon shevasi talaffuzini tadqiq etgan Stefan Vurm andijonliklar e tovushini i ga monand talaffuz qiladi deb katta xatoga yo‘l qo‘ygan, yani men, sen olmoshlari min, sin kabi talaffuz qilinadi degan fikrni ilgari surgan ammo bu haqiqatga xilofdir. Bu borada professor A.K. Borovkov hamda V.V. Reshetovlar e unlisi rus tilidagi э tovushiga o‘xshab talaffuz qilinadi deganlar, bu fikrda esa asos bor. Shuningdek eski andijon shevasi vakillari ayrim rus tilidan kirib 310 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 kelgan so‘zlar talaffuzida qo‘llangan e tovushini ba’zida almashtirib ba’zan tushirib talaffuz qilgan, masalan тэлэфон (rus adabiy shakli) telpon (Andijon shevasida), telgrop (rus adabiy shakli телеграф), telgrom (rus adabiy shakli телеграмма). U

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются особенности гласный, произношения представителей андижанского диалекта.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются особенности гласный, произношения представителей андижанского диалекта. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-3701/© 2025 in Science LLC, sheva, to‘liqsiz fe’l, согласный, pronunciation, Vowel, Unli, undosh, dialect, произношение, talaffuz, неполный глагол, incomplete verb, consonant, Гласный, диалект
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники