К содержанию
РецензированоRU2025

Тематическое многообразие лирики Сухайли

Ozoda MAMAZIYOYEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 349-355 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье на основе поэтического сборника национальное «Ёдгорим» наманганского просветителя Дадахона кари пробуждение, Сухайлий проводится тематическая классификация лирики просветительство, поэта и анализируются примеры из его творчества. джадидизм, литературное движение, тематическое разнообразие, хамд, нат, газель, сатира, послание, наставление, дидактика. Shoirning hayoti uning tiriklik davridan iborat emas. O‘lim aksar taqiqlarni buzadi. Ba’zan ijodkorlarning hayot davrida man etilgan asarlari vafotidan keyin yana qayta hayotga yo‘l topadi. Ana shunday ijodkorlardan biri Dadaxon qori Suhayliydir. Mustabid tuzum sharoitida yangi davr adabiyotini shakllantirish, yangi usul maktablarini ochish, jadid matbuotini yo‘lga qo‘yish, har tomonlama shakllangan milliy o‘quv tizimini isloh qilish kabi vazifalarga bel bog‘lagan ma’rifatparvarlar qatorida Suhayliy ham ijtimoiy- siyosiy jarayonda sodir bo‘layotgan har bir yangilikni ustozlaridan ilhomlangan holda qalamga olgan. XX asr boshlarida milliy uyg‘onish davri vakillari bo‘lgan Behbudiy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Avloniylar kabi ma’rifatparvarlar qatorida Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari, xususan, Suhayliy ham xalq ongini millatparvarlik ruhida shakllanishi va rivojlanishi, maorif va madaniyatining yuksalishi uchun Qur’on oyatlaridan o‘zining betakror baytlarida mohirona foydalangani holda sermahsul ijod qilgan. Ma’naviyat-ma’rifat suvi bilan sug‘orilgan va kamol topgan asarlari orqali yoshlarimizni ona-Vatanga sadoqatli, ilm-ma’rifatli va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga chaqirgan. Mazkur davr adabiyotining xos xususiyatlariga akadеmik N. Karimov shunday baho bеradi: “XX asr – insoniyat tarixidagi eng ulug‘ asrlardan biri. Bu asrda qanchalik ko‘p qon to‘kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolatsizliklar ro‘y bеrgan bo‘lmasin, insoniyat xuddi shu asrda kеlajak sari katta qadam tashladi. Bu asrda sodir bo‘lgan barcha voqеalar insoniyat tarixining ajralmas tarkibi. Ularning bizlarga maqbul bo‘lmagan qismlarini yoddan chiqarishga, tarixdan o‘chirishga urinish bеma’nilikdir. XX asr o‘zbеk adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o‘rnatdi. Bunday aloqa adabiyotimizning avvalgi bosqichlarida bo‘lmagan” [1.25]. Suhayliyning bizgacha yetib kelgan birgina “Yodgorim” she’riy to‘plami mavjud bo‘lib, undan xilma-xil janrlar o‘rin olgan lirik merosini mavzuiy jihatdan quyidagi tasnif asosida o‘rganish mumkin: 1) ishqiy; 2) diniy-ma’rifiy; 3) ijtimoiy-siyosiy; 4) hajviy. University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti Ozodaxon Boltaboyevaning “XX asr boshlarida Namanganda adabiy harakatchilik: namoyandalari, an’analari, yangilanishi” nomli 350 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 doktorlik dissertatsiyasida ayni shu davrlarda yashab ijod etgan bir qator shoirlar, jumladan, Nodim, Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy hamda Suhayliy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlar bera turib, quyidagicha mavzuviy tasnif etgan: 1. ishqiy; 2. axloqiy-ta’limiy; 3. ijtimoiy-siyosiy; 4. hajviy; O‘rganilayotgan shoir ijodida diniy-axloqiy va, albatta, ishqiy mavzudagi she’rlarining salmog‘i ko‘pligi kuzatiladi. Adabiyot atalmish gulistonga kirgan qaysiki shoir yoinki yozuvchi bo‘lmasin, dastlab o‘z ijodini nafaqat adabiyotning, balki butun bashariyat qalbining to‘ridan joy olgan o‘lmas mavzu – ishqiy misralar bitishdan boshlaydi. Namangan adabiy harakatchiligining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Suhayliy ham mumtoz adabiyot vakillari kabi ma’shuqaning vasliga erishmoqni niyat qiladi. Go‘zallikda tengsiz ma’shuqaning oy kabi nurli yuzi, nozanin qomati, nozli ishvasi-yu muomalasi haqida tasvirlab, qalbiga murojaat qilmoqda: ehtiyot bo‘l, ey dil qushlari, chunki uning anbar iforli sochlari xuddi dom, tuzoq kabi halqa-halqadir… Bir pari ko‘rdim latofat bog‘ining gulzorida, Oy tului shu’la urmish lam’ayi ruxsorida. Nozaninlik jilva sho‘xi qomati tannozida, Dilrabolik rasm-u nozi ishvai raftorida. Ehtiyot o‘l qaydi ishqin domi, ey dil qushlari, Halqa-halqa tori zulfi anbari totorida. [2.34] O‘z fikrini davom ettirar ekan, har safar uni quvib, haydab yuborsa hamki qayta- qayta yorning ostonasiga bosh suraverganini, chunki go‘zallar oshig‘ida nomus bo‘lmasligini aytadi. Unga qancha jon fido qilsa ham oshiqqa oshno bo‘lmaganidan aziyat chekadi va biladiki, demak yorning mayli ag‘yorda. Dili bemor oshiq uning bu dardiga tabib emas, xasta ko‘ngillar uchun shifo ma’shuqaning shakar labidan chiquvchi birgina so‘zdandir. Shoir o‘z she’rlarida yorga qancha muhabbat izhor etib zorlanmasin, hatto rahm aylab ham bir bor qiyo boqmaganidan shikoyat qiladi: Qovladi har bora surdim ostoniga boshim, Nomus o‘lg‘aymu go‘zallar oshiqi beorida. Jon fido qildimki tutmas oshnolig‘ shevasin, Ul parining mayli, bildim, bevafo ag‘yorida. Bu

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье на основе поэтического сборника национальное «Ёдгорим» наманганского просветителя Дадахона кари пробуждение, Сухайлий проводится тематическая классификация лирики просветительство, поэт…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье на основе поэтического сборника национальное «Ёдгорим» наманганского просветителя Дадахона кари пробуждение, Сухайлий проводится тематическая классификация лирики просветительство, поэт… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
national awakening, просветительство, mavzuiy xilma-xillik, ma’rifatparvarlik, noma, наставление, milliy uyg‘onish, adabiy harakat, Jadid movement, джадидизм, hajviya, jadid, газель, advice, нат, g‘azal, послание, тематическое разнообразие, thematic diversity, дидактика, nasihat, национальное пробуждение, satire (hajviya), literary movement, na’t, eulogy (na’t), praise (hamd), литературное движение, didacticism, хамд, letter (noma), сатира, enlightenment, ghazal, didaktika, hamd
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники