К содержанию
РецензированоRU2025

Интерпретация понятий, связанных с биномиальными образованиями в лингвистике

Shokhrukh ERMATOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Andijan State Institute of Foreign Languages)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 38-42 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается понятие биномиальное биномиальных образований и связанные с ними образование, лингвистические категории. Анализируются структурные и структура, семантические особенности биномиальных выражений, их семантика, языковая система, роль в языковой системе и функциональные речь, характеристики в речи. Особое внимание уделяется стабильность, стабильности данных выражений, их комбинаторным комбинаторика. свойствам и функционированию в контексте. Результаты исследования способствуют углублению теоретических представлений о биномиальных единицах в лингвистике. “Binom” atamasi lotincha bi (“ikki”) va nomen (“nom”) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, u turli manbalarda turlicha talqin qilingan (Kopaczyk & Sauer, 2017). Lingvistik adabiyotda binomlar odatda bir xil so‘z turkumiga mansub bo‘lgan, sintaktik jihatdan teng maqomda turgan va "and", "or", "but" kabi bog‘lovchilar orqali birlashtirilgan ikki so‘zdan iborat birliklar sifatida izohlanadi. Bu termin lingvistik muomalaga birinchi bo‘lib Yakov Malkiel tomonidan 1959-yilda “Irreversible Binomials” nomli maqolasida kiritilgan. Binomial hosilalar ekspressivlik, leksik bog‘liqlik, ba’zida esa rifmovkalilik xususiyatlariga ega bo‘lib, ular part and parcel (ajralmas qism), alarums and excursions (hayajonlanish, harakat), common or garden (odatiy), tear or fav (uzoqmi yoki yaqinmi), last but not least (so‘nggisi, lekin muhimroq emas), slowly but surely (sekin, lekin aniq) kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Binomlarni ilmiy o‘rganish tarixi taxminan ikki yuz yil ilgari boshlangan. Bu hodisani ilk bor tizimli o‘rganishga harakat qilgan olim Yakob Grimm hisoblanadi. 19-asrda yashagan va mashhur “Grimm qonuni”ni ishlab chiqqan bu nemis lingvisti 1828-yilda chop etilgan Deutsche Rechtsalterthümer (“Qadimgi Germaniya qonunlari yodgorliklari”) asarida qadimgi german tillarida, shu jumladan qadimgi ingliz tilida qo‘llanilgan huquqiy binomlarni to‘plagan. E’tiborga molik jihat shundaki, Grimm bu birikmalarni "binom" atamasi bilan atamagan bo‘lsa-da, ularning shakli va qo‘llanilish xususiyatlarini tahlil qilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Grimm va Malkiel tadqiqotlari orasida 37 yil vaqt farqi mavjud bo‘lsa-da, atamani fanga birinchi marta kiritgan va ilmiy jihatdan aniqlab bergan shaxs Yakov Malkiel hisoblanadi. Grimm esa faqatgina binomial hosilalarni amaliy tahlil qilgan, lekin ularni terminologik asosda belgilamagan. Professor M.E. Umarxodjayevning fikricha, o‘zbek tilidagi juft birliklar – bu tilning tarixiy taraqqiyoti, xalq tafakkurining arxaik qatlamlari, mifologik dunyoqarashi va tafakkurdagi dualistik (ikkilik) printsiplar asosida shakllangan barqaror birliklardir. U bunday birliklarni tilning mental, kontseptual va assotsiativ tizimi bilan bog‘laydi. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, juft birliklar orqali til o‘zida mavjud bo‘lgan qarama-qarshi tushunchalarni yagona semantik birlikda jamlaydi va shu orqali inson tafakkurining dikhotomik asoslarini ifodalaydi: yer va osmon, honimlar va janoblar, kecha va kunduz kabi binomlar faqat leksik darajada emas, balki kognitiv darajada ham yaxlitlik kasb etadi. M.E. Umarxodjayev bunday birliklarning semantik barqarorligi va kontekstda qayta 39 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701 faollashish xususiyati haqida so‘z yuritar ekan, ularni milliy-madaniy tafakkur mahsuli sifatida baholaydi va ularning folklor, maqol va matallarda keng qo‘llanishini tilning aforistik xususiyatlari bilan bog‘laydi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, binomial hosilalar til tizimidagi oddiy birikmalardan farq qilib, kontekstual, stilistik va pragmatik jihatdan alohida o‘ringa ega bo‘lgan kreativ birliklar sirasiga kiradi. Zamonaviy ingliz tilida binom birliklarining qo‘llanishi sezilarli darajada kengaygan. Binomlar nafaqat kundalik so‘zlashuvda, balki ommaviy madaniyat va tijorat sohalarida ham faol tarzda qo‘llanilmoqda. Ya.Malkiel o‘z tadqiqotida binom hosilalarning kitob sarlavhalari, badiiy va musiqiy asarlar nomlari, mashhur jurnallar, kompaniyalar, restoranlar va kafelar nomlarida keng tarqalganini ko‘rsatib o‘tadi. U reklama sohasida binomlar “vosita” sifatida samarali ishlatilishini va biznes sohalari bu tendensiyadan ongli ravishda foydalanayotganini ta’kidlaydi. Masalan, Sight and Sound, Beauty and the Beast, Pride and Prejudice kabi nomlar bu jarayonning yaqqol misollaridir. Binomlarning faolligi nafaqat tilshunoslik, balki psixologik omillar bilan ham izohlanadi. Bu holatni "ketma-ket fikrlash tendensiyasi" bilan tushuntirish mumkin. Bunda so‘zlovchi o‘z fikrini binom shaklidagi juft birliklar orqali ifodalab, murakkab sintaktik tuzilmalardan qochadi va fikrni soddalashtiradi. Bundan tashqari, binomdagi ikki komponent (A va B) ba’zida bir obyekt yoki tushunchaning ikki tomonini ifodalaydi. Bu holatda so‘zlovchi aynan binomni tanlaydi, chunki u obyektni ikki xil nuqtai nazardan

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается понятие биномиальное биномиальных образований и связанные с ними образование, лингвистические категории.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается понятие биномиальное биномиальных образований и связанные с ними образование, лингвистические категории. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-3663/© 2025 in Science LLC, семантика, kombinatorika, стабильность, combinatorics, til tizimi, binomial expression, речь, structure, speech, биномиальное образование, binomial hosila, semantika, комбинаторика, struktura, language system, semantics, barqarorlik, структура, nutq, языковая система, stability
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники