Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Обеспечение речевой аффективности в синтаксисе интернет-дискурса
Mukhabbat MADAMINOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 165-170 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье отмечается, что, хотя интернет- парсел, коммуникация является относительно новой областью многоточие, социальных отношений и охватывает все человечество за интернет-дискурс, короткий период времени, она затрагивает целый ряд инверсия, парсельные конструкции. вопросов, таких как система общения в сети Интернет, взаимодействие пользователей, формирование виртуального сообщества, самовыражение личности в ретроспективе, речевое воздействие, является объектом исследований психолингвистического, социолингвистического, прагмалингвистического направлений. циркуляции. Dunyo tilshunosligida diskursning yangi turi – yozma so‘zlashuv nutqining shakllanganligi tan olindi. Og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lgan fonetik, leksik, grammatik nomuvofiqliklar, ya’ni til me’yorlaridan chekinishlar internet diskursining yozma shaklida ham amal qila boshladi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinmaslik, noadabiy qatlamga oid dialektizm, vulgarizm, varvarizm, nostandart qisqartmalar kabi lug‘aviy birliklardan foydalanish xususiyatlari yozma so‘zlashuv nutqiga ham “ko‘chib o‘tdi”. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlar, asosan, norasmiy doirada, ya’ni ijtimoiy tarmoqlar, ko‘ngilochar saytlardagi o‘zaro va guruhiy muloqotlar, shaxsiy yozishmalarda kuzatiladi. Birinchidan, bunday platformalarda, ko‘pincha, muloqot tezligi talab etiladi, shuning uchun tezda javob xabar yuborish kerakligi bilan ham bog‘liq deb hisoblash mumkin. Ikkinchidan, adresantning saviyasi, bilim doirasi, diskursiv vaziyatdagi holati va imkoniyatlari kabi psixolingvistik yoki tashqi omillar ham sabab bo‘lishi mumkin. Rasmiy doiradagi ijtimoiy qatlamlar muloqotida esa imkon qadar adabiy til me’yorlariga amal qilinadi. Bugungi kunda ko‘plab olimlar og‘zaki nutqni butunlay so‘zlashuv uslubiga xos deb bo‘lmaydi yoki yozma nutqni so‘zlashuv uslubiga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas deb hisoblaydilar. Bu juda o‘rinli gipoteza, chunki bugungi muloqot imkoniyatlarining turli darajalarida “og‘zaki-yozma” nutq shakllari bir-birini to‘ldiradi. Bugunga kelib esa, fan-texnika taraqqiyotining mislsiz imkoniyatlari tufayli yozma so‘zlashuv shakli paydo bo‘ldiki, internet muloqoti ana shu yangi uslubiy shakl uchun o‘ziga xos maydon vazifasini o‘tay boshladi. Endi insonlar asinxron shaklda va masofadan turib bilvosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shunday qilib, interaktiv sintaksisni tahlil qilish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni belgilashga imkon berdi: – so‘zlarni xato yozish; – grammatik vositalarni xato qo‘llash; – qisqartiruv usullari; – agrammatizmga moyillik; – inversiya; – parsellyatli konstruksiyalar. 166 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 Internet diskursi sintaksisida nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlash maqsadida parsellyasiya va ellipsis usullari keng qo‘llanilayotgani kuzatildi. Parsellyasiya (fransuzcha parcelle – qism, parcha) – bitta sintaktik tuzilma- jumlani bir necha kommunikativ mustaqil birliklar orqali ifodalash usuli. Nutqiy parsellyasiya ohang yordamida, yozma matnda esa uning grafik ko‘rsatkichlari – tinish belgilari orqali amalga oshiriladi. Parsellyasiya fenomeni nutqni tashkil qilishning shakliy-strukturaviy va intonasion-semantik jihatlarining nisbiy mustaqilligini, lisoniy va nutqiy (matniy) birliklar asimmetriyasini ochib beradi. Kengaytirilgan va o‘ta murakkab sintaktik tuzilmalarni idrok etishni osonlashtiruvchi parsellyasiya ta’limiy matnning maxsus usuli vazifasini bajaradi. Uning kommunikativ va ekspressiv funksiyalari nutqning turli uslublarida qo‘llash imkoniyatini beradi. Parsellyasiya (frans. pagselle – lotin. ragtieile – bo‘lakcha). Gapning ekspressiv maqsad bilan bo‘laklanishi bo‘lib, unda gapning bir qismi ayiruvchi to‘xtamdan keyinga, gapning tashqarisiga chiqariladi. Sharl Balli “dislokatsiya” deb nomlagan til hodisasi, aynan, parsellyasiya atamasiga xos tushunchani anglatadi: “Gap bo‘laklari orasidagi mantiqiy muvofiqlik fikr uzvlari ketma-ketligini ta’minlab, uni tushunishga hissa qo‘shadigandek ko‘rinsa ham, aslida fikrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etish uchun to‘siq bo‘ladi. Bu ikki omil ta’sirida ifoda elementlari bir-biridan ajratiladi (hech bo‘lmaganda, shakl jihatdan); gapirish bir xil ohangda emas, balki yengil silkinishlar bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, tinglovchi butun bir fikrni birdaniga emas, balki alohida-alohida qismlarga ajratib qabul qiladi. Bu qismlarning har biri alohida ekspressiv ta’sir kuchiga ega bo‘ladi, qisqa pauza bilan ajralib turadi; har biri mustaqil bir gap sifatida boshqalarga hech qanday aloqasi yo‘qdek ko‘rinadi, ammo aslida unday unday emas. ... garchi so‘zlar mantiqiy tartibining buzilishi tinglovchini qayta tiklashga majbur qilishi paradoksga o‘xshaydi – chunki mantiqiy tartib aqliy dangasalikka hissa qo‘shsa, aksincha, dislokatsiya diqqatni rag‘batlantiradi. Parsellyasiya hodisasi o‘zbek tilshunosligida dastlab il
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье отмечается, что, хотя интернет- парсел, коммуникация является относительно новой областью многоточие, социальных отношений и охватывает все человечество за интернет-дискурс, короткий пе…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье отмечается, что, хотя интернет- парсел, коммуникация является относительно новой областью многоточие, социальных отношений и охватывает все человечество за интернет-дискурс, короткий пе… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- parcellation, psycholinguistic, sociolinguistic, and pragmalinguistic fields, многоточие, inversiya, парсельные конструкции, инверсия, parsellated constructions, интернет-дискурс, ellipsis, parsellation, parsellyasiya, internet diskursi, парсел, inversion, internet discourse, parsellyatli konstruksiyalar
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019