К содержанию
РецензированоRU2025

Структурно-сравнительный анализ пословиц в английском, немецком и узбекском языках

Nilufar SHARIPOVA

Общество и инновации · 6 · 543-549 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье проводится синтаксическо-сопоставительный паремиология, анализ пословиц на английском, немецком и узбекском сопоставительный анализ, языках, по результатам анализа выявлены сходства и особенность, глагольные фразы. различия между ними. 1 Senior Lecturer, Uzbekistan State World Languages University. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 Jahon tilshunosligida maqollarni to‘plash va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, jahon tilshunosligida V. Mider, N. Norrik, P.P. Grizbek va bir qancha boshqa paremiologlar ushbu sohada ilmiy tadqiqot olib borishgan. Shuningek, V. Mider, M. Kusi, V. Dal, G. Permyakov, J. Spik, J. Simpson, O. Lauhakzngas va yana bir necha olimlar turli tillardagi maqollarning tasnifini yaratishdi va huning asosida paremiologik lug’atlat tuzishdi. O‘zbek olimlari Sh. Rahmatulayev, O. Madayev, Z. Masharipova, A. Mamatov, O‘. Yusupov ishlarida maqol hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari borasida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsa, H. Berdiyorov va R. Rasulov, Sh. Shomaqsudov va Sh. Shorahmedov, T. Mirzayev, A. Musoqulov va B. Sarimsoqov, K. Karamatova va H. Karamatovlar tomonidan yaratilgan lug’atlar o‘zbek maqolshunosligining rivojida katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu olimlar yaratgan bunday ilmiy asarlar dunyo tilshunosligida ham paremiologiya sohasida chog‘ishtirma metodda amalga oshirilgan ko‘pgina ilmiy tadqiqotlarda asosiy manba sifatida, shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganayotgan xorijiy fuqarolar u olganligi asarlarning qanchalik keng ko‘lamli foydalanuvchilarga ega ekanligidan dalolat beradi. Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-ma’daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks etishi orqali o‘rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. Qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dunyodagi barcha tillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin va aynan shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma’lumki, til o‘rganuvchilar o‘ziga begona bo‘lgan tilni ona tili va shu til o‘rtasida ma’lum birbog‘liqlik asosida o‘zlashtiradi. Bu tillar ma’lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksiyanal kategoriyalarga o‘xshagan lisoniy belgilar kiradi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta’minlaydi. Shu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik mavjud. Shu haqida G.L. Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya’ni bir xil yoki o‘xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni ta’minlaydi va ko‘p holatlarda alohida mantiqiy ma’noga ega bo‘ladilar. Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqdir, uni faqat bir millatga tegishli deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi bolib, u maqollardagi o‘xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto qarindosh bo‘lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi. Maqollarning sintaktik strukturasi (tuzilishi) ot, sifat, feʼl va koʻp hollarda qofiya, ritm va alleteratsiya (bir xil yoki ohangdosh undoshlarning qaytarilishi, yonma – yon kelishi) kabi til birliklaridan tashkil topishi mumkin. M: Viel lachen, viel geläutet. (Nemis) Tit for tat. (Ingliz) O‘z uying – o‘lan to‘shaging. (O‘zbek) Biz qiyosiy tahlilni amalga oshirayotgan tillardagi maqollarda sintaktik struktura asosan ot kesimli gaplar va sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplar singari katta guruhlarda bo‘lingan holda tadqiq qilinadi. 544 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2025) / ISSN 2181-1415 Inglz va nemis tillarida ot kesimli gap shaklidagi maqollar asosan to be va sein fe’llari bilan ifodalanib kelingan bo’lib, o‘zbek tilida bu shakl asosan kesim vazifasini bajaruvchi ot so‘z turkumi bilan yoki fe’lning noaniq shakli – infinitiv bilan ifodalanadi: Habit is second nature. Gewohnheit wird zur zweiten Natur. Odat – ikkinchi tabiat. Ingliz va nemis tilidagi ayrim maqollar ot-kesim shaklidagi gaplarda asosan sifatning qiyosiy darajasi ishtirokida shakllanib, bu holatni biz ayrim o‘zbek tilidagi maqollarida ham ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi: A false friend is worse than open enemies. Ehrlicher Feind ist besser als falscher Freund. Yolg’on do‘stdan ochiq dushman yaxshi. Works are harder than word easier said than done. Das ist bald gesagt, aber schwer getan. Aytish oson, qilish qiyin. Quyida biz qiyoslab o‘rganayotgan maqollarda esa ot-kesim bilan sifatning orttirma darajasi ham shakllantirilganligini ko‘rish mumkin: Experience is the best teacher. Erfahrung ist der beste Lehrmeister. Tajriba – yaxshi ustoz. Biroq ko‘p miqdordagi uch tilda ifodalangan maqollarda asosan ot so‘z

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье проводится синтаксическо-сопоставительный паремиология, анализ пословиц на английском, немецком и узбекском сопоставительный анализ, языках, по результатам анализа выявлены сходства и особенно…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье проводится синтаксическо-сопоставительный паремиология, анализ пословиц на английском, немецком и узбекском сопоставительный анализ, языках, по результатам анализа выявлены сходства и особенно… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
paremiology, qiyosiy tahlillar, особенность, peculiarity, comparative analyses, o‘ziga xoslik, paremiologiya, verbal phrases, глагольные фразы, сопоставительный анализ, паремиология, fe’lli iboralar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти