Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Некоторые соображения касательно анализа литературы по шелководству в Узбекистане
Nargizakhon ALIMOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Fergana State University)
Общество и инновации · 6 · 272-278 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье представлен анализ литературы, связанной с литература, шелководством в Узбекистане. В исследовании изучены шелководство, научно-исследовательские работы, монографии, учебные выращивание коконов, пособия, учебники и другие труды по шелководству конца торговля шелком, промышленность, XIX и XX веков, созданные до настоящего времени. исторический анализ, Рассмотрено культурное, историческое и экономическое научные исследования, значение этой отрасли. ремесленничество. Zamonaviy rivojlanish bosqichida dunyo davlatlari iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga, jumladan sanoat korxonalari uchun muhim xomashyo – tabiiy ipak tola yetishtirishga katta e’tibor bermoqda. Jahon mamlakatlarida ipak mahsulotlar tayyorlashda raqobatlasha oladigan tizimni vujudga keltirish, tabiiy tola yetishtirishning yanada samarali usullarini amalda qo‘llash va soha infrastrukturasini takomillashtirish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sohada eksport salohiyatini yuksaltirish masalalarining ahamiyati ortmoqda. Ipakchilik ancha rivoj topgan Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vyetnam kabi mamlakatlarda pilla yetishtirish dolzarb masalalardan biridir. Bugungi kunda agrotexnik tadbirlardan unumli foydalanish, tabiiy tolalar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha innovatsiyalarni tatbiq qilish, sanoat korxonalarini sifatli ipak xomashyosi bilan ta’minlash ipakchilik sohasining muhim vazifalari sifatida qaralmoqda. Jahonning qator ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida ipakchilikning ahvoli, rivojlanishi tarixi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘lka iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar, qishloq xo‘jaligining ahvoli, ipakchilikning vujudga kelishi, chidamli va hosildor yangi ipak qurti navlarini yaratilishi tarixi, ipakdan tayyorlangan beqasam, banoras, adras kabi ipak matolar hamda ularning ichki va tashqi savdosidagi o‘rni masalalari tadqiq etilgan. Jahon miqyosidagi bu ilmiy izlanishlar natijasida ipak qurtlarining yangi hosildor, chidamli turlarini yaratish va sifatli ipak matolar tayyorlash masalalari bo‘yicha muhim yangiliklar qo‘lga kiritilgan. O‘zbekistonda ipakchilik muhim tarmoqlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ipakchilik sohasini rivojlantirish maqsadida o‘tgan yillar mobaynida tarmoqning zamonaviy moddiy-texnik bazasi shakllandi, ipakchilik tizimi mutlaqo o‘zgardi. Shuningdek, ipakchilik mahsulotlarining savdosi hamda o‘zaro tajriba almashish uchun xalqaro hamkorlikka keng yo‘l ochib berildi. Ipakchilik sanoatiga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak xomashyosini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va uni eksport qilishni ko‘paytirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Ipakchilik sohasi samardorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ipakchilikning ahvoli va undagi o‘zgarishlar jarayonini o‘rgangan mualliflarning asarlarini davriy jihatdan to‘rt asosiy guruhga bo‘lish mumkin. Jumladan, birinchi guruhi Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida yaratilgan asarlar, ikkinchisi sovet hokimiyati yillarida yozilgan tadqiqotlardan iborat. Uchinchi guruhini esa mustaqillik davridagi ilmiy izlanishlar hamda to‘rtinchisini xorijiy mamlakatlarda chop etilgan adabiyotlar tashkil etadi. 273 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 3 (2025) / ISSN 2181-1415 Xususan, birinchi guruhga mansub adabiyotlarda Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida ipak ishlab chiqarish sohasining ayrim jihatlari o‘rganilgan. Jumladan, o‘lkadagi ipak qurti urug‘i turlari, ularning parvarishi, xomashyoni qayta ishlash, ipak mato to‘qish va ularning turlari, narx-navolari, ipak savdosi va undan olinadigan daromad, ipakchilik korxonalari faoliyati, hunarmandlar haqidagi muhim ma’lumotlar qayd etilgan [1]. Dastlabki nashrlar maqоla shaklida, kеyinrоq maxsus kitоblar va mоnоgrafiyalar ko‘rinishda e’lоn qilindi. Xususan, A.I.Vilkins, I.Krauzе, V.I. Masalskiy, V.I.Yufеrеv ishlari Turkistоn o‘lkasida ipakchilikka oid ma’lumotlar aks etgan. Bundan tashqari, Turkistоndagi pilla yеtishtirishni muvоfiqlashtirish maqsadida sоhaga bag‘ishlangan davriy nashrlar e’lоn qilinib bоrilgan. Ikkinchi guruh adabiyotlari sovet hokimiyati yillarida yaratildi. Sovet mafkurasi mavjud XX asrning 40–80-yillariga kelib ipakchilik bilan bog‘liq ilmiy muammolar va ularni o‘rganishdagi yondashuv qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, o‘lkaning qishloq xo‘jaligiga moslashtirilishi, sanoati masalalariga katta urg‘u berildi. XX asrning 20–50-yillardagi tadqiqotlar asosan iqtisodiy xarakterga ega edi. Ularda asosan ipakchilikning mamlakat iqtisodiy hayotdagi o‘rni va uning o‘ziga xos jihatlari, hamda ipakchilik va ipak ishlab chiqarish korxonalarining ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritilgan [2]. XX asrning 50-yillardan boshlab ipakchilik tarixiga oid dissertatsiya tadqiqotlari olib borilgan [3]. Ularda ipakchilik sanoatining ahvoli, Marg‘ilon ipakchilik korxonasi ishchilarining maishiy va madani
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье представлен анализ литературы, связанной с литература, шелководством в Узбекистане.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье представлен анализ литературы, связанной с литература, шелководством в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2025 in Science LLC, silk trade, craftsmanship, tarixiy tahlil, литература, literature, торговля шелком, hunarmandchilik, промышленность, выращивание коконов, ipakchilik, pilla yetishtirish, sanoat, historical analysis, adabiyotlar, научные исследования, ремесленничество, исторический анализ, scientific research, шелководство, cocoon cultivation, sericulture, industry, ipak savdosi, ilmiy tadqiqotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024