Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ПРОГНОЗИРОВАНИЮ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ РЕГИОНОВ
www.sci-p.uz III SON. · METODOLOGIK YONDASHUVLAR · Fazliddinova Zulxumor · ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ РЕГИОНОВ · Фазлиддинова Зулхумор
Передовая экономика и педагогические технологии · 2025
Аннотация
This article analyzes modern approaches to forecasting regional socio-economic development, including the use of economic-mathematical models, artificial intelligence, and geoinformation technologies. The study highlights the significance of integrating targeted and empirical approaches with composite indicators to ensure sustainable development. Reducing interregional disparities, stimulating investment activity, and preparing reliable forecasts for policymaking are considered important scientific and practical tasks. Thus, the role of forecasting and planning processes as a scientific foundation for strategic governance is substantiated. Keywords: geoinformation technologies, economic-mathematical models, artificial intelligence, forecasting methods, traditional forecasting models, targeted forecasting. Кirish. Jаhоndа mintаqаviy iqtisоdiyоtning bаrqаrоr rivоjlаnishini tа’minlаsh glоbаl miqyоsdаgi еng muhim mаsаlа bоʻlib turibdi. Global iqtisodiy o‘sish 2024-yilda 2,6% darajasida saqlanib qolgan bo’lsa, 2025–2026-yillarda o‘rtacha 2,7% gacha oshishi kutilmoqda. Bu COVID-19 pandemiyasidan oldingi oʻn yillikdagi oʻrtacha 3,1% koʻrsatkichdan ancha past. Prognoz shuni ko'rsatadiki, 2024–2026 yillarda dunyo aholisi va global YaIMning 80% dan ortig’ini tashkil etuvchi mamlakatlarda o‘sish sur’atlari COVID-19 pandemiyasidan oldingi o‘n yillikdagidan past bo'lib qoladi (World Bank, 2024). Ushbu jarayonlarni samarali boshqarish va prognozlash uchun geoaxborot texnologiyalari (GAT) muhim vositaga aylangan. AQSh Milliy Fan jamg’armasi geoaxborot texnologiyaning rivojlanishi va o'sishida markaziy rol o‘ynagan va bu qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda ham davom etmoqda. Faqat so‘nggi 2 yil ichida NSF (National Science Foundation) geografiyadan matematika, informatika, geologiya, antropologiya va ta’limgacha bo’lgan sohalarda GAT bilan bog’liq tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy qiymati 83 million dollardan ortiq bo‘lgan 180 ga yaqin grant ajratdi (National Science Foundation, 2023). Geoaxborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish, kartografik vizualizatsiya qilish va geografik obyektlar bo'yicha prognozlar tuzish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda Xitoy va Germaniya kabi rivojlangan davlatlar ushbu texnologiyalardan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal qilishda keng foydalanmoqda. Masalan, 1993- yildan beri GATdan foydalanish hisobiga Xitoyning yer usti transport tarmog‘i uzunligi uch baravardan ko‘proqqa oshgan. Tumanlar darajasidagi aloqa (connectivity) va markaziylik (centrality) ko‘rsatkichlari mos ravishda 22% va 115% ga oshgan (Barrero va boshq., 2025). Yevropa dunyodagi eng yirik Yer kuzatuvi (Earth Observation – EO) dasturlaridan biriga ega bo‘lgani sababli, geoaxborot texnologiyalar tezda joriy qilinmoqda. EO (Yer kuzatuvi) texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda tub o‘zgarishlar olib kelmoqda va bu insonlarning hayot tarziga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. 2025-yilda Germaniyaning geofazoviy tahlil (Geospatial Analytics) bozori hajmi 1,45 milliard AQSh dollariga baholanmoqda va bu ko‘rsatkich 2030-yilga kelib 2,55 milliard dollarga yetishi kutilmoqda (Mordor Intelligence, 2024). O‘zbekistonda ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlash masalalari dolzarb ahamiyatga ega. “O‘zbekiston-2030” strategiyaga ko‘ra, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va hududiy rivojlanishni samarali boshqarish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Raqamli texnologiyalar mamlakatda urbanizatsiya, demografik o‘zgarishlar va 776 www.sci-p.uz III SON. 2025 iqtisodiy o‘sish jarayonlarini prognozlashda muhim rol o‘ynashi mumkin va undan oqilona foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, GAT texnologiyalari asosida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognozlash masalasini takomillashtirish bugungi kunning eng dolzarb va zarur masalalaridan biridir. Аdabiyotlar sharhi. Prognozlash jarayonida muhim yondashuvlardan biri – bu modellashtirish texnologiyalaridir. Masalan, iqtisodiy-matematik modellar mintaqaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu modellar turli ssenariylarni ishlab chiqish va ulardan eng maqbulini tanlash imkonini beradi. Xususan, vaqt seriyalari va regressiya tahlillari iqtisodiy prognozlashda keng qo‘llanilib, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligini oldindan bilishga zamin yaratadi. Bundan tashqari, prognozlashda tizimli yondashuvning ahamiyati katta. Ushbu uslub mintaqaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik tizimlarini yagona butun sifatida ko‘rib chiqadi. Bu yondashuv hududning iqtisodiy rivojlanishida mavjud bo‘lgan ichki va tashqi omillarni kompleks tahlil qilishni ta’minlaydi. Natijada, nafaqat iqtisodiy rivojlanish ssenariylari, balki bu rivojlanishning hudud aholisiga va atrof-muhitga ta’siri ham hisobga olinadi. Mintaqaning barqaror rivojlanishini prognoz qilishda har bir hududning ijtimoiy
Доказательный фрагмент
«This article analyzes modern approaches to forecasting regional socio-economic development, including the use of economic-mathematical models, artificial intelligence, and geoinformation technologies.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes modern approaches to forecasting regional socio-economic development, including the use of economic-mathematical models, artificial intelligence, and geoinformation technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- geoinformation technologies, economic-mathematical models, artificial, maqsadli prognozlash, geoaxborot texnologiyalari, iqtisodiy-matematik modellar sun’iy intellekt, методы прогнозирования, prognozlash metodlari, forecasting methods, targeted forecasting, традиционные модели прогнозирования, искусственный интеллект, экономико-математические модели, целевое прогнозирование, artificial intelligence, traditional forecasting models, геоинформационные технологии, an’anaviy prognozlash modellari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025