Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОЦИАЛЬНО -ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ ВНУТРЕННЕГО ТУРИЗМФ В РЕГИОНАХ УЗБЕКИСТАНА
www.sci-p.uz III SON. · Kurbonova Sitora · Курбонова Ситора
Передовая экономика и педагогические технологии · 2025
Аннотация
This article provides a scientific analysis of the opportunities for the development of domestic tourism in the regions of the Republic of Uzbekistan, available resources, and mechanisms to enhance regional economic and social activity. The study also explores the unique tourism potential of each region, the current state of domestic tourism infrastructure, existing challenges, and proposes relevant solutions. Particular attention is given to the role of domestic tourism in promoting regional stability and socio-economic growth. Keywords: domestic tourism, regional development, economic stability, tourism resources, infrastructure, service quality, employment. 193 193-199 www.sci-p.uz III SON. 2025 Кirish. Turizm zamonaviy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutuvchi, ko‘p tarmoqli va daromadli soha hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, turizm nafaqat valyuta tushumlarini ko‘paytiradi, balki mintaqalarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga turtki beradi. Ichki turizm esa davlatning ichki salohiyatini to‘laqonli ishga solish imkonini yaratadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm sohasini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va hududiy asosda rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlar olib borilmoqda. Ushbu maqola ichki turizmni aynan hududiy rivojlanish nuqtai nazaridan o‘rganadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ichki turizmni rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni faollashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining farovonligini oshirish maqsad qilingan. Ichki turizm nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, milliy birlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrash va ekologik ongni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xususan, 2019-yil 5-yanvardagi PF–5611-sonli Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan “2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi” ichki turizmni rivojlantirish uchun huquqiy va institutsional asoslarni belgilab berdi. Xalqaro turizmga nisbatan ichki turizm kamroq moliyaviy resurslarni talab qiladi va mamlakatda barqaror iqtisodiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ichki turizm hududiy tenglikni ta’minlaydi, bandlikni oshiradi, mahalliy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda madaniy merosni asrashga xizmat qiladi. Shu bois, hududlarda mavjud ijtimoiy- iqtisodiy salohiyat va ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun to‘g‘ri boshqaruv siyosati ishlab chiqilishi zarur. Аdabiyotlar sharhi. Ichki turizmni rivojlantirish masalasi zamonaviy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, mintaqaviy tenglikni ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishda muhim omil sifatida talqin etilmoqda. Bugungi kunda bu borada qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Tadqiqotchilar Gümüşhane viloyatining turizm salohiyatini tahlil qilib, ichki turizmning iqtisodiy va madaniy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasini yoritgan. Ular mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmasligi sababli turizmning mintaqaviy o‘sishga to‘la hissa qo‘sha olmayotganini ta’kidlaydi. Tadqiqot turizmni mahalliy darajada rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish mumkinligini ko‘rsatadi (Merdan & Okuroğlu, 2016). Ular Sárospatak hududini o‘rganib, turizmning iqtisodiy jihatdan orqada qolgan mintaqalar uchun barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yaratishini aniqladi. Tadqiqot mintaqaviy turizm strategiyalarining hududlararo tenglikka qanday hissa qo‘shishini ko‘rsatadi (Ifjú et al., 2015). Erzurumdagi Elmali g‘orini o‘rganish asosida ular ichki turizmning mahalliy aholi turmush sifati va bandligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qildilar. SWOT tahlil asosida turizm ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltirishini ko‘rsatdi (Külekçi & Sezen, 2018). Arslanning (2021) tadqiqoti turizmning kichik shaharlarda iqtisodiy faoliyatni diversifikatsiyalash va ishsizlik darajasini kamaytirishdagi rolini ko‘rsatadi. U mahalliy turizmni rivojlantirish orqali kichik tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘sish bo‘lishini ta’kidlaydi. Yıldız va Demirtaş (2020) ichki turizm orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash mumkinligini tahlil qilgan. Tadqiqotda ekologik toza turizm amaliyotlari va ularning mahalliy aholining hayot sifatiga ijobiy ta’siri o‘rganilgan. Topal (2019) turizmning kichik mintaqalarda iqtisodiy faollikni oshirishdagi imkoniyatlarini tahlil qilgan. U turistik loyihalarning mahalliy infratuzilmaga va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirishi orqali hududiy tenglikka xizmat qilishini ko‘rsatgan. 194 www.sci-p.uz III SON. 2025 Çelik va Aydın (2018) ichki turizmni ijtimoiy salohiyatni oshirish vositasi sifatida ko‘rsatadi. Turizm orqali madaniy almashinuv va jamiyatlararo hamjihatlik kuchayadi, bu esa turmush sifati va ijtimoiy barqarorlikka ijobiy ta’sir qiladi. Koç va Karaman (2017) ichki turizmni ishsizlikni kamaytiruvchi va iqtisodiy tengsizlikni yumshatuvchi omi
Доказательный фрагмент
«This article provides a scientific analysis of the opportunities for the development of domestic tourism in the regions of the Republic of Uzbekistan, available resources, and mechanisms to enhance regional economic a…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a scientific analysis of the opportunities for the development of domestic tourism in the regions of the Republic of Uzbekistan, available resources, and mechanisms to enhance regional economic a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- domestic tourism, regional development, economic stability, tourism resources, ichki turizm, hududiy rivojlanish, внутренний туризм, качество сервиса, servis sifati, туристические ресурсы, bandlik, infrastructure, экономическая стабильность, turizm resurslari, региональное развитие, infratuzilma, service quality, инфраструктура, iqtisodiy barqarorlik, employment, занятость
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025