Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QIB TUSHUNISHDA INFOGRAFIKA VA DIAGRAMMALARDAN FOYDALANISH
Ulmasova Zilola Fazliddin qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda infografika va diagrammalardan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Hozirgi zamonaviy ona tili darsliklaridagi infografika va diagrammalar tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish, diagramma, infografika, matn. Bugungi kun ona tili darsliklarimiz o‘ziga yarasha zamonaviy, kreativ, o‘quvchining to‘rt nutqiy ko‘nikmasini shakillantirishga xizmat qiladi. To‘rt nutqiy ko‘nikmalardan biri bu o‘qib tushunish ko‘nikmasidir. O‘qib tushunish - bu matnni qayta ishlash, uning maʼnosini tushunish va oʻqiyotgan shaxs oldindan bilgan narsalari bilan bogʻlab anglay olish qobiliyatidir. Bu ko‘nikmani rivojlantirish uchun darsliklarda turli matn va u bilan bog‘liq topshiriqlar (test, lug‘atlar bilan ishlash, to‘g‘ri-noto‘g‘ri shaklidagi topshiriqlar) berilgan. O‘quvchi bularni bajarish orqali matnni qay darajada tushunganini tekshirishimiz mumkin. Bundan tashqari ayrim sinf darsliklarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakillantirish uchun turli infografika va diagrammalardan ham foydalanilgan. Avval infografika va diagramma nima ekanligiga izoh beramiz. 1Infografika axborot, maʼlumot yoki bilimlarni tez va oson olish mumkin boʻlgan tarzda namoyish etish. Unda ma'lumot almashishni qiziqarli va sodda qilish uchun rasmlar, diagrammalar va bir oz matndan foydalaniladi. Infografika kata hajmdagi ma’lumotlarni minimallashtirish va uni o‘quvchi uchun yanada qiziqarli va ixcham shaklda taqdim etishni o‘z ichiga oladi. 1 https://www.mindonmap.com/uz/blog/how-to-make-infographic/ https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 256 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 2Diagramma (yun. diagramma – chizma, rasm, shakl) – muayyan miqdorlar (temperatura, bosim va boshqa) oʻrtasidagi bogʻlanishni grafik tarzda ifodalash (yaqqol koʻrsatish) usullaridan biri. Infografika va diagrammalar o‘z navbatida visual savodxonlik elementlari bo‘lib unga 3Uileman (1993) “ Vizual savodxonlik-bu barcha turdagi ma’lumotlarni ma’lumot bilan aloqa qilishga yordam beradigan rasmlar, grafikalar yoki shakllarga aylantirish qobiliyati”, - deb ta’rif beradi. Demak o‘quvchi berilgan matnni va unda aks etgan ma’lumotlarni grafik tasvirlar orqali ifodalshi mumkin. Zamonaviy darsliklarimizdagi infografika va diagrammalarga misollar: 6- sinf darsligida “Shifoxona” mavzusi “Hududlar bo‘yicha kasalliklar statistikasi” nomli diagramma, “Dehqon yurtni boqadi” mavzusida O‘zbekiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari (2021-yilning yanvar – sentyabr oylari bo‘yicha) bo‘yicha infografika, 7-sinf darsligida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yangiliklarga qiziqish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq diagramma, “C vitamini” mavzusida 1ta infografika, 10-sinf darsligida esa faqat mustahkamlash darslarida diagrammalardan foydalanilgan. 7-sinf C vitamin mavzusidan 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Diagramma 3 https://www.redalyc.org/journal/3057/305764540006/html/#B25 https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 257 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 10-sinf Nutq savodxonligi 61-darsidan Biz darsliklarda berilgan bu topshiriqlarni asosan o‘qib tushunish va og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun foydalanamiz. Lekin ularda berilgan ma’lumotlardan foydalanib bergan savollarimiz asosida ularda tanqidiy, tahliliy va qiyosiy fikrlash qobilyatini ham shakillantirish mumkin. Masalan: yuqorida berilgan 10-sinf darsligidan olingan diagrammada kutubxonaga tashrif buyuruvchilar sonini qiyoslab qaysi oyda eng ko‘p va eng kam ekanligini aniqlashi mumkin. Ona tili ta’limida infografikadan foydalanish orqali biz o‘quvchida o‘qib tushunish, og‘zaki va yozma nutqni shakillantirishimiz shuningdek lingivistik bilimlarni berishimiz mumkin. Masalan, o‘qib tushunish ko’nikmasini shakillantirish uchun tayyor infografika yoki matn berib u asosida infografika yaratishni so’rasak, o‘quvchi infografikani qay darajada tushunganini og‘zaki nutqi yoki yozma topshiriq orqali, matnni esa o‘zi yaratgan infografikani sharhlash orqali aniqlashimiz mumkin. Endi o‘quvchi tayyor infografikani qay darajada tushunganini aniqlash uchun o‘qituvchi o‘sha vaqtning o‘zida turli og‘zaki savollar berishi yoki gapirtirishi mumkin. Infografika asosidagi yozma topshiriq esa biroz boshqacha bo‘lib unda o‘quvchi ma’lumotlarni qay darajada tahlil qila olganligi ham aniqlanadi. Endi unga na’muna keltiramiz. Masalan pastda keltirilgan rasm asosida quyidagicha topshiriq tuzsa bo‘ladi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 258 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Infografikadan olingan ma’lumotlardan foydalanib matnni to’ldiring. Kepios raqamli konsalting firmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qariyb 1._______ odam yoki 2._________ sal ortig‘i ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi hisoblanadi. Unda qayd etilishicha
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda infografika va diagrammalardan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ona tili darslarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda infografika va diagrammalardan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diagramma, Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish, infografika, matn.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025