Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘G‘LOVCHI VA ULARNING TURLARINI O‘QITILISHI
Xazratqulova Sevinch Anvar qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bog‘lovchilarning qo‘llanilishiga ko‘ra turlari,gap bo‘laklari va gaplarni bir-biriga ko‘ra turlari,hamda bog‘lovchilarning vazifalarini haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: bog‘lovchilar, so‘zlar, gap, qo‘shma gap, ayiruv bog‘lovchilari,zidlov bog‘lovchilari,takrorlanuvchi bog‘lovchilar, sof bog‘Iovchi, nisbiy bog‘Iovchi, qo‘shimchasimon bog‘lovchi. Til inson muloqotining eng muhim vositasi bo‘lib, fikr va tuyg‘ularni ifodalashda, insonlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishda alohida o‘rin tutadi. Tilning mazmuni va mahorati nutqni tashkil etuvchi qismlar orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu qismlardan biri – bog‘lovchilardir.Ular matn va nutq bo‘laklari o‘rtasida mantiqiy va ma’noli aloqani ta’minlaydi. Bog‘lovchi so‘zlar fikrni ravon va tushunarli ifodalashga yordam beradi, o‘quvchining matndan to‘laqonli mazmun va mohiyat olishini ta’minlaydi. Ushbu maqolada bog‘lovchi so‘zlarning til va nutqdagi roli, ularning xilma-xilligi hamda ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beramiz. Adabiyotlarda bog‘lovchilar haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.Quyidagi ma’lumotni ko‘rib chiqamiz. Sayfullayeva R. va boshqa mualliflar ’’Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’ o‘quv qo‘llanmasida bog‘lovchi haqida keng ma’lumotlar berib o‘tilgan. Bog‘lovchi va uning shakliy ko‘rinishlari. Bog‘lovchi ham ko‘makchi kabi sintaktik aloqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari, teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog‘lovchi gap bo‘laklari, qo‘shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqani, grammatik munosabatni ko'rsatadi. Bog‘lovchining mohiyati, o‘zbek adabiy https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 285 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari tilidagi bog‘lovchining turi, bu turga oid so‘zlar tilshunosligimizda keng o‘rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog‘lovchining turi va bu turga qaysi so‘z mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazar bor, ya’ni bir tadqiqotda bog‘lovchi deb berilgan birlik boshqasida yuklama qatoriga kiritiladi, ko‘makchi deb berilgan birlik bog‘lovchi deb tan olinadi. Bog‘Iovchiga oid so‘zning aniq beIgilanmasligi sababi ular lison-nutq jihatidan o‘rganilmaganligida bo‘Isa kerak. Bog‘Iovchini ham ko‘makchi singari shakliy jihatdan uch guruh (sof bog‘Iovchi, nisbiy bog‘Iovchi, qo‘shimchasimon bog‘lovchi) ga ajratib o‘rganish lozim. Sof bog‘lovchi guruhiga faqat bog‘lovchi vazifasida qo‘llaniladigan [va], [hamda], [yo], [yoxud], [yoki], [ammo], [Iekin], [biroq], [chunki], [shuning uchun], [agar], [ya’ni] kabi yordamchi so‘z xos. Qo‘shimchasimon bog‘lovchi guruhiga [-ki (-kim)], bog‘lovchi va yuklama vazifasida kela oladigan [-u/-yu], [-da], [-mi] qo‘shimchasi mansub. [-u/yu], [-da] qo‘shimchasining bog‘lovchi vazifasini to‘la- to‘kis bajarishi qator manbada qayd etilgan , [-mi] qo‘shimchasida ham bog‘lovchilik xususiyati borligini 1. Yomg‘ir yog‘dimi, hamma joy nam bo‘ladi. 2.Karim keldimi, to‘polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo‘llangan [-mi] qo‘shimchasi ta’kid ma’nosini voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda. Nisbiy bog‘lovchiga mustaqil so‘z turkumidan o‘sib chiqqan, «oraliq uchinchi» tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bo‘lgan [ba’zan], [bir], [vaqtida], [hali], [goh] ([goho]) kabi so‘zlarning takroriy shakli misol bo‘ladi. Chunonchi, l. Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choyxonada tunab yurdi. (Oyb.). 2. Ikki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yog‘ayotgan yomg‘ir hammayoqni ivitib yubordi. (A.Qah.). 3. Vaqtida qor yog‘adi, vaqtida yomg‘ir. Bu gaplarda qo‘llanilgan [ba‘zan], [goh], [vaqtida] so‘zlarining vazifasi bog‘lovchiga juda yaqin. 1.Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi. 2. Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bo‘ldi. 3. Azimboy ko‘p zulm o‘tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi gaplaridagi [u], [natijada], [oqibatda] so‘zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog‘lab kelmoqda. Demak, [u], [natijada], https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 286 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari [oqibatda] so‘zi ham nisbiy bog‘lovchi sirasiga kiritilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Ikkinchi gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so‘z nafaqat so‘z, hatto gap va matn qismlarini ham bog‘lashga xizmat qiladi.1 Ushbu ma’lumotlardan ma’lumki bog‘lovchilar keng tushuntirilgan. Bog‘lovchining qo‘shimchalari haqida qachon?,qanday? Qo‘yilishi haqida ma’lumotlar aytilgan.Bu esa o‘quchilarga tushunarli bo‘lishini ta’minlagan. Buni maktab darsliklariga olib kirishlikni yoki darsni tushuntirishga foydalanishni maslahat beramiz.Chunki bu kitobda sodda qilib yoritib berilgan. Bog‘lovchilar haqida Andijon davlat chet tillari institute magistranti Mashrabjonov O. o‘zining maqolasida quyidagi ma’lumotlarni aytib o‘tgan. Bog‘lovchilar gapda qo‘llanilishiga ko‘ra ikki xil: yakka holda qo‘llaniladigan bog‘lovchilar va takrorlangan holda qo‘llaniladigan bog‘lovchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bog‘lovchilarning qo‘llanilishiga ko‘ra turlari,gap bo‘laklari va gaplarni bir-biriga ko‘ra turlari,hamda bog‘lovchilarning vazifalarini haqida ma’lumotlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bog‘lovchilarning qo‘llanilishiga ko‘ra turlari,gap bo‘laklari va gaplarni bir-biriga ko‘ra turlari,hamda bog‘lovchilarning vazifalarini haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: bog‘lovchilar, so‘zlar, nisbiy bog‘Iovchi, qo‘shimchasimon bog‘lovchi., ayiruv bog‘lovchilari, gap, takrorlanuvchi bog‘lovchilar, sof bog‘Iovchi, zidlov bog‘lovchilari, qo‘shma gap
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025