К содержанию
РецензированоUZ1996

ARAB XALQLARI SOʻZLASHUV USLUBI VA OGʻZAKI IJODIDA HAYVONLAR SIMVOLIKASI

Toxir Xamzayev Saparovich

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1996

Аннотация

Xalq og‘zaki ijodi insoniyat madaniyatining eng qadimiy va eng asosiy shakllaridan biridir. Ayniqsa, arab xalq og‘zaki ijodida hayvonlarga oid atamalar, maqollar va hikmatli so‘zlar keng tarqalgan. Bu so‘zlar xalqning ijtimoiy hayoti, axloqiy qadriyatlari va dunyoqarashining muhim qismiga aylangan. Hayvonlar ramzi sifatida o‘ziga xos qiyofa, xarakter va insoniy sifatlarni ifodalashda og‘zaki va yozma adabiyotda keng qo‘llaniladi. Mazkur maqolada arab xalq og‘zaki ijodida hayvonlar bilan bog‘liq atamalar, maqollar, matallar va hikmatli so‘zlarning tahlili amalga oshiriladi. Shuningdek, bu atamalarning madaniy, ijtimoiy va lingvistik jihatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit soʻzlar: Arab xalq ogʻzaki ijodida koʻp uchrovchi hayvon nomlari, arab adabiyotida hayvon nomlarining madaniy, ijtimoiy va lingvistik ma’no anglatish xususiyatlari, tulki (بلعث), sher (دسأ), it (بلك), boʻri (بئذ), eshak (رامح), choʻchqa (ريزنخ), hayvon (ناويح) atamalarining ma’no anglatish xususiyatlari, duo niyatida hayvon nomlarining qoʻllanilishi, qargʻash niyatida hayvon nomlarining qoʻllanilishi. Arab tilida hayvonlarga oid atamalar va iboralar juda keng qo‘llaniladi. Ushbu atamalar orqali inson xarakteri, uning xislatlari, ijtimoiy holati va hissiyotlari ifodalanadi. Masalan, “tulki” so‘zi arab tilida “hiylakorlik” va “zuhdlik”ni bildiradi (Al-Azmeh, 1996, 45-bet). Shu bilan birga, “sher” (yo‘lbars) so‘zi jasorat va kuch timsoli hisoblanadi (Badawi, 1992, 78-bet). Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 358 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Nutqda bunday hayvon atamalarining ko‘pligi arab tilining semantik boyligini ko‘rsatadi. Arab xalqi kundalik suhbatda hayvonlarga oid so‘zlar va iboralar orqali qisqa va aniq ma’nolarni yetkazishga intiladi (Al-Mu’jam al-Wasīt, 2010). Hayvonlarga oid atamalar arab tilida ko‘pincha ijtimoiy, siyosiy yoki axloqiy mavzularni qisqacha va ravshan ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Arab adabiyotida hayvonlar ramzi qadimdan keng qo‘llanib kelinadi. Bu ramzlar asosan insonning axloqiy va ijtimoiy xususiyatlarini ifodalashga xizmat qiladi. “Kalila wa Dimna” asarida, asosan, hayvonlar orqali siyosiy va axloqiy ibratlarni berishga qaratilgan (Ibn al-Muqaffa‘, 1987). Masalan, sher — jasorat va hokimiyat ramzi sifatida, tulki esa hiylakorlik va dono maslahat timsoli sifatida ko‘riladi. Asarda sher odatda podshoh yoki rahbar sifatida ko‘rsatiladi, tulki esa uning maslahatchisi yoki yaqin atrofidagilarni anglatadi, bu esa siyosiy allegoriyaning ajralmas qismi hisoblanadi. (Badawi, 1992, 102-bet). Bu asardagi hayvonlar tasvirlari ko‘pincha insoniy xulq-atvorni tanqid qilish vositasi sifatida ishlatiladi. Al-Jahiz (776-868) arab adabiyotining yorqin namoyandasi bo‘lib, hayvonlarga oid ilmiy asar yozgan ilk olimlardan biridir. U hayvonlarning tabiatini, xulqini, hamda insonlar bilan bog‘liqligini batafsil tahlil qilgan (Al-Jahiz, Kitab al- Hayawan, 1987). U hayvonlarning xatti-harakatlarini insoniy sifatlar bilan bog‘lab, ko‘plab metaforalar va allegoriyalar yaratgan. Misol uchun, Al-Jahizning fikricha, tulki insonga o‘xshab hiyla ishlatadi, ammo sher kuch va jasorat timsolidir. Bundan tashqari, arab she’riyatida ham hayvonlar ramzi keng tarqalgan. Masalan, mashhur shoir Abu Nuwas (756–814) tulki, bo‘ri va sher kabi hayvonlarni inson xususiyatlarini ifodalash uchun metafora sifatida ishlatgan (Badawi, Muhammad Mustafa, Modern Arabic Literature, Cambridge University Press, 1992, 134-138-betlar). Arab xalqi og‘zaki ijodida maqollar va matallar muhim o‘rin tutadi. Ularning ko‘pchiligi hayvonlar timsoli orqali qisqa va aniq hayotiy haqiqatlarni ifodalaydi. Hayvonlar obrazlari orqali inson xarakteri, hayotiy tajribalar va ijtimoiy holatlar tasvirlanadi. Maqollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ba’zi hayvonlar an’anaviy ravishda ma’lum sifatlar bilan bog‘lanadi. Masalan: Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 359 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT بئذ (bo‘ri): Hiylakor, tahdid soluvchi odam uchun qo‘llanadi. “ عئاج بئذلاك” (Bo‘ri kabi och) — Judayam qorni och ma’nosida ishlatiladi. “هتداع ريغي لا بئذلا” (Bo‘ri o‘z odatini o‘zgartirmaydi) maqoli insonning tabiiy xulqini o‘zgartira olmasligini bildiradi (Ibn Manzur, Lisan al-Arab, 1990, 213-bet). “ هتعيبط ريغي لا بئذلا فورظلا تريغت امهم” (Vaziyatlar qanday boʻlmasin, boʻri tabiatini oʻzgartirmaydi) — Bu maqol inson tabiatining o‘zgarmasligini ta’kidlaydi. بلعث (tulki): Zukkolik, hiyla. “هاري ام لاإ داطصي لا بلعثلا” (Tulki faqat ko‘rgan narsasini ovlaydi) maqoli esa ehtiyotkorlik va atrofga diqqat bilan qarashni anglatadi (Al-Jahiz, Kitab al-Hayawan, 1987, 75-bet). “بلعثلا لثم ركام” (Tulki kabi hiylakor) — Hiyla-nayrang bilan ishlovchi odamni ta’riflashda ishlatiladi. دسأ (sher): Jasorat, kuch, rahbarlik. “ةعاجشلا يف دسلأاك” (Sher kabi jasur) iborasi kuch va mardlikni ifodalaydi (Badawi, Modern Arabic Literature, 1992, 78- bet). “دسلأا كاذ نم لبشلا اذه” (Bu shervachcha (sher bolasi) oʻsha sherning bolasidir) — Maqtash uchun ishlatiladi, shuningdek, yosh kishining otasi kabi jasur,

Доказательный фрагмент

«Xalq og‘zaki ijodi insoniyat madaniyatining eng qadimiy va eng asosiy shakllaridan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Xalq og‘zaki ijodi insoniyat madaniyatining eng qadimiy va eng asosiy shakllaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
eshak (حمار), choʻchqa (خنزير), arab adabiyotida hayvon nomlarining madaniy, hayvon (حيوان) atamalarining ma’no anglatish xususiyatlari, duo niyatida hayvon nomlarining qoʻllanilishi, Kalit soʻzlar: Arab xalq ogʻzaki ijodida koʻp uchrovchi hayvon nomlari, sher (أسد), qargʻash niyatida hayvon nomlarining qoʻllanilishi., tulki (ثعلب), boʻri (ذئب), it (كلب), ijtimoiy va lingvistik ma’no anglatish xususiyatlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники