К содержанию
РецензированоUZ2025

KENG ZONALI MATERIALLARNING OPTIK VA ELEKTR XUSUSIYATLARI

X. U. Ma’rufjonov

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 278-284 · 2025

Аннотация

Keng zonali yarimo‘tkazgich materiallari (band gapi Eg ≥ 2 eV bo‘lgan) o‘ziga xos optik va elektr xususiyatlari bilan ajralib turadi va ayniqsa quyosh elementlari, optoelektronika, ultrabinafsha (UV) detektorlar, yuqori harorat va yuqori chastotali qurilmalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning optik xossalari, avvalo, yorituvchi fotonlarning yutilishi (absorbsiya), aks ettirilishi (refleksiya), o‘tkazilishi (transmissiya) va sinishi (refraksiya) bilan tavsiflanadi. Keng zonali materiallarda, ayniqsa, ultrabinafsha diapazonda yuksak yutilish koeffitsiyenti kuzatiladi, bu esa ularni UV-detektor va fotoelektrik konversiya qurilmalari uchun qulay qiladi. Masalan, ZnO, GaN, AlGaN, SiC kabi keng zonali yarimo‘tkazgichlar quyosh spektrining qisqa to‘lqinli qismini samarali yutib, uzoq to‘lqinli fotonlarni pastki qatlamlarga o‘tkazish xususiyatiga ega. Bu holat ko‘pqatlamli quyosh elementlarida yuqori samaradorlikka olib keladi. Bunday materiallarning refraktiv koeffitsiyenti yuqori bo‘lib, ular orasida optik interferensiya kuchliroq ifodalanadi va shuning uchun ularni antireflektiv qoplamalar bilan birga qo‘llash zarur bo‘ladi. Keng zonali materiallarning elektr xossalari esa, ularning zaryad tashuvchilar harakatchanligi, o‘tkazuvchanlik darajasi, dielektrik doimiysi, p–n o‘tish shakllanishi va elektron teshik juftliklarining rekombinatsiya tezligi kabi omillar bilan belgilanadi [5].

Доказательный фрагмент

«Keng zonali yarimo‘tkazgich materiallari (band gapi Eg ≥ 2 eV bo‘lgan) o‘ziga xos optik va elektr xususiyatlari bilan ajralib turadi va ayniqsa quyosh elementlari, optoelektronika, ultrabinafsha (UV) detektorlar, y…»

Образец извлечения

Демо-превью

Keng zonali yarimo‘tkazgich materiallari (band gapi Eg ≥ 2 eV bo‘lgan) o‘ziga xos optik va elektr xususiyatlari bilan ajralib turadi va ayniqsa quyosh elementlari, optoelektronika, ultrabinafsha (UV) detektorlar, y… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
keng zonali, zonali yarimo, yuqori, optik, quyosh, elektr, ayniqsa
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники