К содержанию
РецензированоUZ2025

JAMIYATNING OGʻRIQLI NUQTASI-OILAVIY ZOʻRAVONLIKNI BARTARAF ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YECHIMLARI

ULARNING YECHIMLARI · Asliddin Isomiddinov Baxridin o‘g‘li (Andijon davlat chet tillari instituti) · Botiraliyeva Shaxzoda Asilbek qizi (Andijon davlat chet tillari instituti) · Anorboyeva O‘g‘iloy Azamjon qizi (Andijon davlat chet tillari instituti)

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolar, ularning asosiy sabablari va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Jumladan, oliy ta’limga bo‘lgan talabning ortishi, o‘qituvchilar malakasining yetarli emasligi, ilmiy-tadqiqot ishlarining sustligi, korrupsiya muammolari va amaliyot yetishmovchiligi singari muammolar yoritilgan. Tahlil qilingan statistik ma’lumotlar asosida maqola ilmiy-analitik yondashuvda yozilgan. Kalit so‘zlar: ilmiy-tadqiqot, innovatsiya, oliy taʼlim, muammo, ta’lim sifati, korrupsiya, universitet, yechim. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va jahon standartlariga moslashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida: oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 3 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash[1] uchun so‘nggi yillarda ta’lim sohasida sezilarli islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, tizimda hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi asosiy muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlab quyidagi fikrlarni berib o‘tamiz. Asosiy muammolar va ularning tahlili 1. Ta’limga bo‘lgan talab va o‘rinlar o‘rtasidagi nomutanosiblik Har yili abituriyentlar soni ortib bormoqda, ammo mavjud oliy o‘quv yurtlarining soni cheklangan. Bu ta’lim olish uchun xorijga ketayotgan yoshlar sonining ortishiga olib kelmoqda, bu esa mamlakatda bilimli yoshlarning sonini ko‘payishiga to‘siq bo‘ladi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, har yili oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlarning atigi 20-25 foizi davlat grantlari asosida o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda[1]. 2. O‘qituvchilar salohiyati va dars sifatining pastligi Ko‘plab o‘quv darslari eski metodlarga asoslangan, XXI-asr texnologiyalaridan foydalanishdagi xatoliklar, zamonaviy bilimlar va texnologiyalarni yetarlicha o‘zlashtirmagan professor-o‘qituvchilar ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 40 foizi o‘qituvchilarning dars berish uslubidan qoniqish hosil qilmaydi. 3. Ilmiy-tadqiqot ishlarining sustligi O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlariga ajratilayotgan mablag‘ YaIMning atigi 0,16 foizini tashkil qiladi. Bu esa oliy ta’limni ilmiy asosdan uzoqlashtiradi, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar yetishishiga to‘sqinlik qiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 2-3 foizni tashkil etadi[3]. 4. Korrupsiya va baholash tizimidagi adolatsizlik Test natijalari yoki baholashdagi tanish-bilishchilik holatlari talabalar orasida ishonchsizlikni kuchaytiradi, bilimli yoshlar esa e’tibordan chetda qoladi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 4 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 So‘rovnomalar natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalarning 30 foizi baholash tizimida adolatsizlik holatlariga duch kelgan[4]. 5. Amaliy tajriba va kasbga yo‘naltirish yetishmovchiligi Talabalar nazariy bilimni o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmaydilar. Ish beruvchilar esa mutaxassislarni amaliy tajribaga ega bo‘lishini talab qilmoqda. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarini bitirganlarning 50 foizdan kamrog‘i o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topa oladi. 6. PISA natijalari va ta’lim sifatining pastligi 2022-yilgi PISA xalqaro baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘quvchilari matematika, o‘qish va tabiiy fanlardan o‘rtacha 66 davlat ichida oxirgi o‘rinlardan birini egalladi. Bu maktab ta’limi bilan birga oliy ta’limga kirgan yoshlarning bilim darajasi ham sust ekanini ko‘rsatmoqda. Statistika: O‘zbekistonning matematika bo‘yicha o‘rtacha balli — 379 (OECD o‘rtacha ko‘rsatkichi – 472 ball), o‘qish bo‘yicha esa 352 ball bo‘lgan. Yechimlar va takliflar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi muammolarni hal etish kompleks yondashuvni talab etadi. Birinchidan, ta’lim infratuzilmasini kengaytirish va inklyuzivlikni ta’minlash, yangi oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish va masofaviy ta’lim platformalarini rivojlantirish lozim. Ikkinchidan, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va motivatsiyani kuchaytirish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va zamonaviy o‘qitish metodikalarini joriy etish muhim. Uchinchidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va innovatsiyalarni rag‘b

Доказательный фрагмент

«maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolar, ularning asosiy sabablari va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolar, ularning asosiy sabablari va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zoʻrlik., Kalit so‘zlar : tazyiq, ruhiy bosim, profilaktika, o‘z – o‘zini vayron qilish, tajovuzkor, hissiyot, adolatsizlik, ayibdorlik hissi, joniga qasd qilish hulqi, korreksiya, koʻnikma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники