Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORPORATIV IMIJ KORXONANING MARKETING VOSITASI SIFATIDA: ARTEL VA LG KOMPANIYALARI MISOLIDA
Sabirova Saida Kadirbek qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda korporativ imij tushunchasining nazariy va amaliy asoslari, uni shakllantirish va boshqarishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, imijning marketingdagi strategik ahamiyati, iste’molchi ongiga ta’siri va brend sodiqligini oshirishdagi roli o‘rganiladi. Artel va LG kompaniyalari misolida korporativ imij yaratish va raqamli maydonda uni samarali boshqarish uslublari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida taqqosloviy, kontent-analiz, tahliliy va statistik metodlar qo‘llanilgan. Kalit so‘zlar: korporativ imij, brend sodiqligi, marketing strategiyasi, Artel, LG, PR, vizual identitet, raqamli kommunikatsiya, jamoatchilik bilan aloqalar Korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi raqobat kuchaygan bugungi axborot asrida kompaniyalarning muvaffaqiyati faqatgina mahsulot yoki xizmat sifatiga emas, balki jamoatchilik ongida qanday obrazda namoyon bo‘lishiga ham bog‘liq. Bunday obrazni shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri — korporativ imijdir. Korporativ imij bu — kompaniya qanday qadriyatlarga ega, qanday xizmat ko‘rsatadi, jamiyatga qanday munosabatda bo‘ladi kabi jihatlar asosida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik obrazdir. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi — korporativ imijning marketing vositasi sifatidagi rolini chuqur tahlil qilish hamda Artel va LG kompaniyalari misolida bu jarayonni o‘rganishdan iborat. Ushbu kompaniyalar o‘z segmentlarida brend imijini yaratish va mustahkamlash borasida sezilarli yutuqlarga erishgan. Ayniqsa, raqamli kommunikatsiya vositalaridan foydalanish ularning muvaffaqiyatli imij https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 118 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari siyosatini yuritishda asosiy rol o‘ynaydi. Tadqiqot obyekti — Artel va LG kompaniyalari, predmeti — ularning korporativ imijni shakllantirishda qo‘llagan marketing, PR, vizual va raqamli strategiyalaridir. Korporativ imij ikki asosiy komponentdan tarkib topadi: ichki va tashqi omillar. Ichki omillarga kompaniya qadriyatlari, xodimlar bilan munosabat, ichki madaniyat kiradi. Tashqi omillar esa — brend dizayni, logotip, reklama, xizmat sifati, jamoatchilik bilan aloqalar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni o‘z ichiga oladi. Kompaniyaning ichki qadriyatlari va tashqi kommunikatsiyasi bir butun uyg‘unlikda ishlasa, ijobiy va mustahkam imij shakllanadi. LG kompaniyasi xalqaro miqyosdagi brend bo‘lib, o‘zining “Life’s Good” degan shiori ostida iste’molchilarga sifat, innovatsiya va ishonchni taklif etadi. LG’ning brend strategiyasi dizayn, kommunikatsiya, reklama hamda ijtimoiy tarmoqlarda olib borilayotgan PR faoliyati orqali kompleks tarzda shakllantirilgan. Kompaniya ko‘plab ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etadi, mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va raqamli platformalar orqali doimiy muloqot olib boradi. Artel esa O‘zbekistonning milliy brendi sifatida shakllangan bo‘lib, uning logotipi, reklamalari, xizmat madaniyati va mahsulotlari orqali mahalliy bozorda ishonchli imijga ega bo‘lgan. Yashil rangli logotipi ekologik tozalik va soddalikni anglatadi. Artel o‘zining Telegram, Instagram va boshqa platformalarida doimiy ravishda yangiliklar, mijoz fikrlari va maslahatlar bilan bo‘lishadi. Bu esa kompaniyaga mijoz bilan bevosita aloqani yo‘lga qo‘yish, sadoqatni oshirish imkonini beradi. Korxonaning raqamli maydondagi faolligi hozirgi kunda imij shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilarning 80% mahsulot xarid qilishdan oldin kompaniya haqida internetdagi baho va izohlarni ko‘rib chiqadi. Shu sabab, brendlar uchun veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn xizmat sifati strategik vositaga aylangan. Tadqiqot metodlari sifatida kontent-analiz, statistik ma’lumotlar, raqamli https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 119 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari monitoring va so‘zlovchi brend modellari asosida tahliliy yondashuvlar qo‘llanildi. Har ikkala kompaniya misolida imij siyosati brend qadriyatlariga asoslangan holda rejalashtirilgani va brendning ichki hamda tashqi yondashuvlar bilan uyg‘un ishlashi tasdiqlandi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, korporativ imij nafaqat brendga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiradi, balki bevosita kompaniyaning iqtisodiy samaradorligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatbardosh imij orqali kompaniyalar marketing xarajatlarini kamaytirishi, sodiq mijozlar bazasini kengaytirishi va yangi bozor segmentlariga oson kirib borishi mumkin. Bundan tashqari, har qanday kompaniya o‘z faoliyati davomida imij inqiroziga duch kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda inqirozli kommunikatsiya strategiyalarining mavjudligi va tezkor axborot siyosati brend obro‘sini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, mijozlardan kelgan salbiy fikrlar, mahsulotdagi nosozliklar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy fikrlarga tezkor va ochiq munosabat bildirgan kompaniyalar jamoatchilik e’tiborida ishonchli bo‘lib qoladi. Shuningdek, mahsulot brendi bilan korporativ
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda korporativ imij tushunchasining nazariy va amaliy asoslari, uni shakllantirish va boshqarishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda korporativ imij tushunchasining nazariy va amaliy asoslari, uni shakllantirish va boshqarishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- marketing strategiyasi, raqamli kommunikatsiya, brend sodiqligi, LG, vizual identitet, PR, Kalit so‘zlar: korporativ imij, Artel, jamoatchilik bilan aloqalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026