К содержанию
РецензированоUZ2026

TEXNOLOGIYA FANIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR VA O'QITISH SHAKLLARI

Yuldashea Muxtasarxon Ikromjon qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026

Аннотация

Mazkur maqola texnologiya fanini o‘qitish jarayonida muhim bo‘lgan didaktik tamoyillar va o‘qitish shakllarining o‘rni, ularning mazmuni va amaliy ahamiyatini tahlil qiladi. Darsning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, ijodkorlik va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun zamonaviy yondashuvlarning qo‘llanishi muhim sanaladi. Maqolada ta’limda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar va pedagogik yondashuvlar haqida ham fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: texnologiya fani, didaktik tamoyillar, o‘qitish shakllari, amaliy mashg‘ulot, interaktiv metodlar, loyiha asosida o‘qitish, zamonaviy yondashuv, ta’lim samaradorligi. Kirish Bugungi kunda ta’limda amaliy ko‘nikmalarga tayangan fanlar, jumladan, texnologiya fanining ahamiyati ortib bormoqda. Bu fan orqali o‘quvchilar hayotiy tajriba orttiradi, kasbga yo‘naltiriladi, ijodiy faoliyatga jalb qilinadi. Shunday ekan, texnologiya darslarini samarali tashkil etish uchun o‘qituvchi ta’limning asosiy prinsiplarini chuqur anglab, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos o‘qitish shakllarini tanlay bilishi lozim Texnologiya fani — bu faqatgina mehnat qilish yoki buyum tayyorlash emas, balki o‘quvchilarning tafakkurini, mas’uliyat hissini, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini ham shakllantiradigan ko‘p qirrali ta’lim yo‘nalishidir. Shu sababli ushbu fanni o‘qitishda zamonaviy didaktik yondashuvlar va innovatsion o‘qitish metodlariga tayangan holda darsni tashkil etish dolzarb masaladir. Asosiy qism Texnologiya fanida darslar asosan amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etiladi. Shunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mustaqil ishlash malakasini, aniqlik va e’tiborini oshiradi. Amaliy darslar o‘quvchilarda https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 142 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari mas’uliyat, jamoaviylik, tozalik, ishda xavfsizlik kabi fazilatlarni rivojlantiradi. Texnologiya fani – zamonaviy ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi. U o‘quvchilarga: Nazariy bilimlarni, Amaliy ko‘nikmalarni, Muhandislik va texnik tafakkurni shakllantirishga yordam beradi. Texnologiya fanining asosiy maqsadi — o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdir Interfaol metodlar yordamida darsga yangicha yondashuv olib kiriladi. Masalan, "Aqliy hujum", "Insert", "Klaster", "Savol-javob" usullari orqali o‘quvchilar darsga faol jalb qilinadi. Bunday metodlar darsning jonli o‘tishini, har bir o‘quvchining fikr bildirishini ta’minlaydi. Didaktika — o'qitish va o'rganish jarayoni haqidagi ilmiy-nazariy fan. Didaktik tamoyillar esa o‘qitish jarayonida amal qilinadigan asosiy qoidalar bo‘lib, ular ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi Didaktik tamoyillar o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi Texnologiya fanini samarali o‘qitish uchun didaktik tamoyillar muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu tamoyillar ta’lim jarayonining izchilligi, samaradorligi va amaliy yo‘naltirilganligini ta’minlaydi. Ilmiylik tamoyili dars mazmunining zamonaviy bilimlarga tayangan holda, ilmiy asosda tashkil etilishini anglatadi. Ta'lim mazmuni ilmiy asoslangan bo‘lishi zarur. O‘quvchilarga haqiqatga yaqin va zamonaviy bilimlar beriladi. Asosiy maqsad: hayotiy va ilmiy asoslangan bilimlarni shakllantirish. O‘quvchilar nazariy bilimni amaliy faoliyatda mustahkamlashadi. Dars jarayonida nazariya va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘un olib boriladi. Har bir nazariy bilim amaliyotda qo‘llanishi kerak. Masalan, tikuvchilik yoki pazandalik bo‘yicha mavzularni o‘rganishda gigiyena, oziqlanish fiziologiyasi kabi sohalarga tayangan holda dars olib boriladi. Hayot bilan bog‘liqlik tamoyili o‘quvchilarning kundalik hayotida foydali bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. Darsda o‘rgatilgan ko‘nikmalarni o‘quvchilar o‘z uylarida, oilalarida qo‘llay olishlari, https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 143 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari mehnat faoliyatini anglay boshlashlari kerak. Tushunarli va qiziqarli bayon qilish tamoyili o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Bu esa o‘z navbatida darsning muvaffaqiyatli o‘tishiga olib keladi. Ko‘rgazmalilik esa darsni jonli va esda qolarli qiladi. O‘qituvchi dars jarayonida asbob-uskunalar, tayyor mahsulotlar, videoroliklar yoki slaydlardan foydalanganida ‘quvchilar darsni yaxshiroq tushunadi va mustahkam eslab qoladi. Onglilik va faollik tamoyili: O‘quvchi ta’lim jarayonida faol ishtirok etadi. Bilimlarni passiv emas, balki ongli ravishda o‘zlashtiradi. O‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalari shakllanadi. Muvaffaqiyat va qiziqish uyg‘otish: Dars qiziqarli va motivatsion bo‘lishi o kerak. Har bir o‘quvchida muvaffaqiyat hissini uyg‘otish zarur. Rag‘bat va motivatsiya o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Tarbiyaviylik tamoyili : Texnologiya fanida nafaqat bilim,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola texnologiya fanini o‘qitish jarayonida muhim bo‘lgan didaktik tamoyillar va o‘qitish shakllarining o‘rni, ularning mazmuni va amaliy ahamiyatini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola texnologiya fanini o‘qitish jarayonida muhim bo‘lgan didaktik tamoyillar va o‘qitish shakllarining o‘rni, ularning mazmuni va amaliy ahamiyatini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qitish shakllari, amaliy mashg‘ulot, ta’lim samaradorligi., Kalit so‘zlar: texnologiya fani, zamonaviy yondashuv, didaktik tamoyillar, interaktiv metodlar, loyiha asosida o‘qitish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники