К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

OVQATLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR · Rizayeva Zohida Omonaliyevna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, unga qo‘yiladigan gigiyenik, sanitariya va me’yoriy talablar yoritilgan. Tadqiqotda bolalarning yoshi, fiziologik ehtiyojlari va sog‘lig‘i bilan bog‘liq holda ovqatlanish ratsionini shakllantirish, kaloriya miqdorini to‘g‘ri belgilash, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ovqat tayyorlash va tarqatish jarayonlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, oshxona jihozlari, xodimlarning tibbiy ko‘rigi va gigiyenik malakasi, ichimlik suvi va saqlash sharoitlari muhim jihatlar sifatida tahlil qilingan. Mazkur ish sog‘lom avlodni shakllantirishda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatining ahamiyatini asoslab beradi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: sog‘lom ovqatlanish, maktabgacha ta’lim, bolalar ratsioni, gigiyena, sanitariya, oziq-ovqat sifati, kaloriya. Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini ta'minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalarida amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena talablariga mos shart-sharoitlarni yaratish asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini chuqur o‘rganish hamda gigiyenik talablarga javob beradigan mahsulotlar va tayyor ovqatlarni yetkazib berishda tez va qulay tizimni ishlab https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 221 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni samarali tashkil qilish, belgilangan sanitariya va gigiena me'yorlariga amal qilish orqali bolalarning sog‘lom va har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, zamonaviy sog‘lom ovqatlantirish usullarini joriy etish orqali ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari, tayyorlanadigan ovqatlar va texnologik uskunalarning sanitariya-gigiena talablariga mosligini hamda oshxona xodimlarining gigiena qoidalariga rioya etishini doimiy ravishda o‘rganish maqsadida belgilangan jadval asosida har oyda sanitariya holatini tekshirib borish yo‘lga qo‘yiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning bosh maqsadi — tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, oshxonalarda sifatli ovqat tayyorlash hamda ovqat iste’moli uchun gigienik talablar asosida zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini amaldagi sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena talablariga muvofiq tashkil etish, ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu tizimning asosiy maqsadi — bolalarning sog‘lom va har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, oshxonalarda gigiena talablariga javob beradigan sharoitda sifatli taomlar tayyorlash hamda ularni iste’mol qilish uchun zarur muhitni yaratishdan iborat. Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ✓ tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini sanitariya-gigiena talablariga muvofiq tashkil etish; ✓ bolalarni yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash; https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 222 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ✓ mahsulotlar va taomlar sifatini hamda xavfsizligini kafolatlash; ✓ ovqat orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklarning oldini olish; ✓ sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish; ✓ mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va taom tayyorlash jarayonlarida sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish. Agar ovqatlantirishni tashqi autsorsing korxonalari bajarmayotgan bo‘lsa, bu vazifa bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Sog‘lom ovqatlanish jarayonida sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Taom tayyorlovchi oshpazlar texnologik qoidalarga va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda ishlashlari lozim. Taomlarni texnologik asosda tayyorlash, mahsulotlarni sifatli tarzda qabul qilish va ularni saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish — sog‘lom ovqatlantirishdagi asosiy vazifalardandir. Taomnoma asosida mahsulotlarning to‘liq yetkazilishi va belgilangan me’yorda sarflanishi ta'minlanishi kerak. Oshpazlar har uch yilda bir marotaba malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tibbiy ko‘rikdan so‘ng ishga qabul qilinadi. Taomnoma tuzishda asosiy e’tibor taomlarning xilma-xilligiga qaratiladi. Unda go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, yangi meva va sabzavotlar kabi oziq-ovqat turlarini qamrab olish, haftalik menyuda taomlar takrorlanmasligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Mahsulotlarning bi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, unga qo‘yiladigan gigiyenik, sanitariya va me’yoriy talablar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, unga qo‘yiladigan gigiyenik, sanitariya va me’yoriy talablar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bolalar ratsioni, sanitariya, Kalit so‘zlar: sog‘lom ovqatlanish, maktabgacha ta’lim, oziq-ovqat sifati, gigiyena, kaloriya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники