К содержанию
РецензированоUZ2025

ZARARLI ODATLARNI INSON ORGANIZIMGA TAʼSIRI

Sa’dullaeva Dilfuza Murotdulloevna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu ishda zararli odatlarning, jumla--dan chekish, spirtli spirtli ichimliklar iste’moli va giyohvandlik kabi zararli odatlarning katta yoshdagi inson organizmiga salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda ushbu odatlarning yurak-qon tomir, nafas, asab va gormonal tizimlarga salbiy ta’siri, shuningdek ruhiy salomatlikka ko‘rsatadigan zararli oqibatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada zararli odatlarning ijtimoiy hayotga va mehnat faoliyatiga bo‘lgan ta’siri, ularning oldini olish bo‘yicha kompleks yondashuvlar, profilaktika choralarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: zararli odatlar, chekish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalari, somatik sog‘liq, ruhiy salomatlik, surunkali kasalliklar, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi. Kirish. Bugungi globallashuv va tezkor axborot oqimi davrida zararli odatlar nafaqat o‘smirlar, balki katta yoshdagi insonlar orasida ham keng tarqalgan. Chekish, spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish, giyohvandlik, shuningdek psixotrop moddalarga qaramlik — organizmning turli tizimlariga jiddiy zarar yetkazadigan va hayot sifatini pasaytiradigan omillardan hisoblanadi. Katta yoshdagi insonlar bu odatlarning salbiy oqibatlarini o‘z organizmlarida yanada chuqurroq his qiladilar, chunki organizm yosh o‘tishi bilan regenerativ (qayta tiklanish) imkoniyatlarini yo‘qota boshlaydi, Ular inson organizmining tabiiy rivojlanishiga jiddiy xalaqit beradi. Zararli odatlarning asosiy turlari va ularning ta’siri: https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 226 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 1. Chekish Chekish natijasida organizmga nafaqat nikotin, balki kanserogen moddalar, smola va og‘ir metallar kiradi. Insonlarda chekish quyidagi kasalliklar xavfini oshiradi: ➢ Yurak ishemik kasalligi va infarktlar; ➢ Surunkali bronxit va o‘pka emfizemasi; ➢ O‘pka va qizilo‘ngach saratoni; ➢ Periferik qon aylanishining buzilishi. Chekish asab tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, stressga chidamlilikni kamaytiradi va psixik beqarorlikka olib keladi. 2. Spirtli ichimliklar iste’moli Etil spirti organizmga neyrotoksik va gepatotoksik ta’sir ko‘rsatadi. Doimiy iste’mol quyidagi asoratlarni keltirib chiqaradi: ➢ Jigar sirrozi va gepatitlar; ➢ Yurak mushaklarining zararlanishi (alkogol kardiomiopatiyasi); ➢ Miyada degenerativ o‘zgarishlar (xotira zaiflashuvi, demensiya xavfi); ➢ Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari (qizilo‘ngach variksi, gastrit, pankreatit). Spirtli ichimliklar psixik salomatlikni ham izdan chiqarib, depressiya, tajovuzkorlik va ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi. 3. Giyohvandlik Narkotik moddalar organizmni fiziologik va psixik jihatdan tezda o‘ziga bog‘lab qo‘yadi. Ular quyidagilarga sabab bo‘ladi: ➢ Miya hujayralarining yemirilishi va ruhiy faoliyat buzilishi; ➢ Immun tizimning kuchsizlanishi va yuqumli kasalliklarga moyillik; ➢ Gormonal disbalans va reproduktiv tizimning ishdan chiqishi; ➢ O‘lim xavfi yuqori bo‘lgan dozani oshirib yuborish holatlari. ➢ Giyohvandlik katta yoshdagi insonlarning ijtimoiy hayotidan uzilishiga, ishsizlik, oilaviy nizolar va huquqbuzarliklarga olib keladi. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 227 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ➢ Zararli odatlarning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari ➢ Zararli odatlar katta yoshdagi insonlarning mehnat unumdorligini pasaytiradi, kasallik ta’tili kunlarining ortishiga sabab bo‘ladi va mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi uchun ortiqcha xarajatlar tug‘diradi. Shu bilan birga, ularning oilaviy hayoti, ijtimoiy aloqalari va farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’siri katta. Oldini olish choralari va tavsiyalar Zararli odatlarning oldini olishda quyidagi kompleks yondashuvlar muhim ahamiyatga ega: ✓ Sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish: Jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, dam olish rejimiga amal qilish. ✓ Psixologik yordam: Stressni boshqarish, psixoterapiya va maslahat markazlari orqali emotsional barqarorlikni ta’minlash. ✓ Axborot-kuzatuv tadbirlari: OAV orqali sog‘liq uchun xavfli odatlar haqida ilmiy asoslangan materiallar e’lon qilish. ✓ Tibbiy profilaktika: Yiliga kamida bir marotaba umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish, salomatlik pasporti yuritish. ✓ Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Ish joylarida, jamoat tashkilotlarida sog‘lom muhitni yaratish. Xulosa Zararli odatlar — bu individual sog‘liqqa tahdid soluvchi, ayni paytda jamiyat taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadigan global muammolardandir. Katta yoshdagi insonlar o‘z hayot tarziga ongli yondashishi, salomatlikni qadrlashi va zararli odatlarning og‘ir oqibatlarini to‘g‘ri anglab yetishi zarur. Bu borada oilaviy, ijtimoiy va tibbiy tizimlarning uzviy hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat sog‘lom hayot tarzini tanlagan inson jamiyatga foydali bo‘lishi va barqaror kelajakni yaratishga hissa qo‘shishi mumkin. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 228 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish om

Доказательный фрагмент

«Ushbu ishda zararli odatlarning, jumla--dan chekish, spirtli spirtli ichimliklar iste’moli va giyohvandlik kabi zararli odatlarning katta yoshdagi inson organizmiga salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ishda zararli odatlarning, jumla--dan chekish, spirtli spirtli ichimliklar iste’moli va giyohvandlik kabi zararli odatlarning katta yoshdagi inson organizmiga salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
somatik sog‘liq, chekish, giyohvand moddalari, profilaktika, Kalit so‘zlar: zararli odatlar, spirtli ichimliklar, ruhiy salomatlik, sog‘lom turmush tarzi., surunkali kasalliklar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники