Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MERITOKRATIK BOSHQARUVNI JORIY ETISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Kosimova Lobarxon Ulug'bekovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida meritokratik boshqaruv tizimini joriy etishning pedagogik jihatdan ahamiyati yoritilgan. Maqolada meritokratiya tushunchasining mohiyati, ta’lim sifatiga ta’siri, kasbiy kompetentlik va adolatli baholash tizimlari orqali pedagoglar motivatsiyasini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, meritokratik boshqaruvning bolalar ta’lim-tarbiyasi, pedagogik muhit va ta’lim sifatiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Muallif maktabgacha ta’limda professional kadrlar tanlovi va rag‘batlantirish tizimini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: meritokratiya, maktabgacha ta’lim, pedagogik boshqaruv, kasbiy kompetentlik, adolatli baholash, motivatsiya, ta’lim sifati, pedagogik muhit. Kirish: Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — o‘zgaruvchan jamiyat talablariga mos, raqobatbardosh, innovatsion fikrlaydigan va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimi — inson kapitalining shakllanishida asosiy bosqich hisoblanadi. Ushbu sohada ta’lim sifatini oshirish, tarbiyaviy jarayonning samaradorligini ta'minlash hamda boshqaruvni takomillashtirish zamonaviy yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruvning meritokratik modelini joriy etish dolzarb masalalardan biridir. Meritokratiya prinsipi — bu rahbarlik lavozimlari va boshqa mas'uliyatli pozitsiyalarga shaxsiy tanish-bilish yoki boshqa subyektiv omillarga asoslanmagan holda, balki xodimning bilimi, malakasi, tajribasi va kasbiy yutuqlariga asoslangan https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 230 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari holda tanlab olinishi deganidir. Bu prinsipga asoslangan boshqaruv tizimi adolatli, shaffof, raqobatbardosh va natijaga yo‘naltirilgan muhitni shakllantiradi. Meritokratik boshqaruv modeli maktabgacha ta’lim sohasiga quyidagi ijobiy ta’sirlarni ko‘rsatishi mumkin: ➢ malakali kadrlar tanlovining yaxshilanishi, ➢ pedagogik faoliyatda samaradorlikning oshishi, ➢ ta’lim sifati va bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratilishi. Shu sababli, bugungi kunda meritokratiyaga asoslangan boshqaruv mexanizmlarini chuqur o‘rganish va amaliyotga joriy etish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Meritokratik boshqaruvning mohiyati va uning ilmiy-metodologik asoslari: Meritokratik boshqaruv — bu tashkilot doirasida lavozim va mas’uliyatlarning shaxsiy aloqalar, yoshi, jinsiy yoki boshqa subyektiv omillar emas, balki aniq, o‘lchab bo‘ladigan me’zonlar asosida taqsimlanishiga asoslangan boshqaruv modeli hisoblanadi. Bunday yondashuvda asosiy e’tibor xodimning kasbiy salohiyati, bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari, malaka darajasi hamda mehnat faoliyatida erishgan yutuqlariga qaratiladi. Aynan shu tamoyil maktabgacha ta’lim tashkilotlarida adolatli, shaffof va ijtimoiy jihatdan oqilona boshqaruv muhitini shakllantirish imkonini beradi. Meritokratiya prinsipi zamonaviy boshqaruv konsepsiyalarida samarali va ilmiy asoslangan yondashuvlardan biri sifatida qaraladi. Mazkur model maktabgacha ta’lim sohasida ham joriy etilishi mumkin bo‘lgan quyidagi metodologik yo‘nalishlarga tayangan holda amalga oshiriladi: Kasbiy baholash tizimlarini joriy etish — tarbiyachilar va rahbar xodimlarning bilim, ko‘nikma va malaka darajasini doimiy monitoring qilishga asoslangan sertifikatlash va attestatsiya tizimini shakllantirish orqali xodimlarning kasbiy o‘sishi baholanadi. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 231 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Kadrlarni tanlashda ochiq tanlov (konkurs) tamoyilini qo‘llash — bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlashda adolatli va raqobatbardosh muhitni yaratish, shaxsiy manfaatlardan holi qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi. Faoliyat natijadorligiga asoslangan baholash tizimini (KPI – asosiy ko‘rsatkichlar tizimi) joriy etish — pedagog va rahbarlarning faoliyat samaradorligini o‘lchab bo‘ladigan mezonlar orqali tahlil qilish, natijalarga yo‘naltirilgan boshqaruvni kuchaytiradi. Rag‘batlantirish tizimida mehnat samaradorligini asosiy mezon sifatida qo‘llash — moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmlarini xodimlarning haqiqiy natijalari asosida belgilash, ularning kasbiy faolligi va tashabbuskorligini oshiradi. Ushbu ilmiy-metodologik yondashuvlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini sifatli darajada boshqarish, raqobatbardosh pedagogik muhitni shakllantirish va kadrlar salohiyatidan oqilona foydalanish imkonini beradi. Meritokratiya orqali ta’lim sifati oshishi. Meritokratik boshqaruv tizimi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali faoliyat yurituvchi, yuqori malakali, kasbiy jihatdan tayyorlangan va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi pedagoglar jamoasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday boshqaruv modeli orqali har bir tarbiyachining kasbiy salohiyati,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida meritokratik boshqaruv tizimini joriy etishning pedagogik jihatdan ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida meritokratik boshqaruv tizimini joriy etishning pedagogik jihatdan ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: meritokratiya, pedagogik muhit., kasbiy kompetentlik, ta’lim sifati, maktabgacha ta’lim, motivatsiya, pedagogik boshqaruv, adolatli baholash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014