Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK HOLATLARINI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
PSIXOLOGIK ASOSLARI · Abdiraximova Dana Joldasovna · Nasirova Sultanay Talgatovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026
Аннотация
Nizoli vaziyatlar hoh u salbiy bo‘lsin, hoh ijobiy bo‘lsin, ularni nazardan, e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Ushbu maqolada rahbarni o‘zi boshqarayotgan jamoa xodimlarini dunyoqarashi, fikrlash salohiyati, yosh va gender xususiyatlari, ishga bo‘lgan talabchanlik darajalari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu ma’lumotlardan jamoa mehnat faoliyatini yaxshilash yo‘lida foydalana olishi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: konflikt, nizoli vaziyat, ichki shaxsiy nizo, shaxslararo nizo, guruhlararo nizo, shaxs bilan guruh o‘rtasida nizo. Rahbar va jamoa bilan bog‘liq holda tashkilotda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit, shaxslararo samimiy munosabatlar jamoa faoliyatining muhim omillaridan hisoblanadi. Ammo, jamoadagi turli dunyoqarash, manfaatlar, qiziqishlar sababli har qanday jamoada nizoli vaziyatlar paydo bo‘lishi tabiiy hol. “Konflikt” so‘zi lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilida “conflictus” so‘zi to‘qnashuv ma’nosini anglatadi. Insoniyat kundalik hayoti davomida nizosiz yashashi mumkin emas. Oramizda hech qanday nizosiz, ziddiyatsiz hayot kechiradigan inson deyarli yo‘q. Ch.Dikson o‘zining “Konflikt” asarida “Agar hayotingizda ziddiyatlar bo‘lmasa, sizning tomiringizda puls borligini tekshirib ko‘ring,” deb yozadi. 1 Nizo so‘zi aksariyat holatlarda yoqimsiz taassurotlarga sabab bo‘ladi. Nizoli holat yuzaga keltirgan yoki o‘z ixtiyoriga qarshi bu vaziyatga tortilgan insonlar imkoni boricha bu holatdan o‘zlari uchun foydali bo‘lgan tarzda tezroq chiqib ketishga harakat qiladilar. Lekin mojaroni qanday qilib ikki tomon uchun ham muvaffaqiyatli yakunlash mumkin?Shubhasiz, nizolar insoniyatga yaxshilik keltirmaydi. Nizolar natijaga erishishga, o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarni bajarishga to‘siq bo‘ladi 2. Ular odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzadi. Ular asabiylik va stress holatini yuzaga keltirishi sababli, inson salomatligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun odamlar nizolarni yoqtirmasliklari va ulardan qo‘rqishlari ajablanarli holat emas. Nizoli vaziyatga tushgan insonlardan holat haqida so‘raganingizda “Biz ziddiyatdamiz deb o‘ylamang. Oramizda hech qanday ziddiyat yo‘q, faqat fikrlarimiz, https://scientific-jl.com 8 8 64-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qarashlarimiz turlicha,” deb javob berishadi. Odamlar nizoning yomonligiga ishonishadi, shuning uchun ham ular ziddiyatli holatda ekanligi haqidagi gap ularga ularning boshqalar nazarida obro‘sini kamaytiradi. Biroq, biz xohlaymizmi yo‘qmi hayotimizdagi ziddiyatlar borligi muqarrar. Shundan kelib chiqib, bizga faqat nizolar sababli hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish va iloji bo‘lsa, ulardan ozgina bo‘lsada foyda olish uchun harakat qilishga harakat qilamiz. Tinchlik va totuvlikda yashash - bu ajoyib, lekin hech qanday ziddiyat, nizolarsiz ehtimol hayot bir oz zerikarli bo‘lardi. Nizolar hech bo‘lmaganda, hayotimizga tinchlik va totuvlik ta’mini yaxshiroq his qilish imkonini beruvchi “tuz” sifatida hissa qo‘shadi. Nizolar haqidagi dastlabki g‘oyalar taxminan ikki yarim ming yil ilgari paydo bo‘lgan. Ular o‘zaro kurash, qarashlarning xilma-xilligi, odamlar o‘rtasidagi raqobat, urush, zo‘ravonlik va ziddiyat, yaxshilik va yomonlik, qondirilmagan ehtiyoj va manfaatlar, xulq-atvor etikasi tushunchalari bilan uzviy bog‘liq edi.Qadimgi Xitoy mutafakkirlari barcha narsalarning rivojlanish manbaini qarama-qarshi tamoyillar munosabatida ko‘rganlar. Qadimgi Xitoy faylasuflari orasida “qarama-qarshi fikrlar”, “odamlarning bir-biriga qarama-qarshiligi”, “faqatgina bahsda haqiqatga erishib g‘alaba qozonish mumkin”, “O‘zingiz uchun to‘g‘ri deb hisoblaydigan dalillarni boshqa odamlar tomonidan ishlatilganda inkor qilmang. O‘zingiz uchun nomaqbul deb hisoblagan narsani boshqalar maqbul deb hisoblashini talab qilmang,” - kabi iboralar tez-tez ishlatiladi. Lao-szi (eramizdan avvalgi VI asrning ikkinchi yarimi - V asrning birinchi yarmi), Daosizm ta’limoti asoschisi “Qachonki barcha insonlar go‘zallikni anglaganida hunuklik ham paydo bo‘ladi. Yaxshilikni anglaganlarida yovuzlik ham paydo bo‘ladi. Shuning uchun borliq va yo‘qlik bir-birini hosil qiladi, qiyinchilik va yengillik bir-birini yaratadi, uzoq va qisqa bir-biriga nisbatan mavjud bo‘ladi.“ (Dao abadiy, anglab bo‘lmas ibtidodir). “Dunyoda har bir narsa o‘zining aksi bo‘lgan boshqa narsa orqali o‘zini inkor etadi”, - deb yozgan edi Daosizmning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Chjuan-szi ( 369-286 er. avvalgi yillar) Inson yaratilishida yovuzlik tabiatiga ega bo‘lib, undagi yaxshilik xayot davomida orttiriladi. Insoniyat tug‘ilgandan foyda olishga moyil. Bunda insonlar o‘zaro raqobatlasha boshlaydilar, deb ta’kidlagan edi taniqli xitoy faylasufi Syun-szi (taxminan 298-238 eramizdan avvalgi yillar). Syun-szi insonlar o‘rtasidagi raqobat asosiy sabablarini xalq ehtiyojlari va manfaatlarini qondirmaslikda, deb biladi. Nizo (konflikt) haqida ilk qarashlarni qadimgi yunon faylasuflari ta’limotlarida ham uchratis
Доказательный фрагмент
«Nizoli vaziyatlar hoh u salbiy bo‘lsin, hoh ijobiy bo‘lsin, ularni nazardan, e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.»
Образец извлечения
Демо-превьюNizoli vaziyatlar hoh u salbiy bo‘lsin, hoh ijobiy bo‘lsin, ularni nazardan, e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yoshlar, diagnostika, zaharli modda, deviant xulq-atvor, sotsiologik tadqiqot, Kalit so‘zlar: giyohvandlik, jinoyatchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025