К содержанию
РецензированоUZ2026

BO’LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING OG‘ZAKI NUTQ MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR

MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN · ZAMONAVIY TALABLAR · Maxmudova Feruza Salimdjonovna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 101-105 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Xususan, zamonaviy ta’lim tizimida kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, multimediaviy vositalardan foydalanish, hamda CEFR (Umumiy Yevropa tillarni o‘rganish tizimi) mezonlari asosida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, og‘zaki nutqning asosiy turlari - dialogik va monologik nutqni rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar va metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqolada kelajakdagi ingliz tili o‘qituvchilari uchun og‘zaki muloqotda erkin va aniq fikr bildirish ko‘nikmasi muhimligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Bo‘lajak o‘qituvchilar, ingliz tili, og‘zaki nutq, kommunikativ kompetensiya, interaktiv metodlar, CEFR, til o‘rganish, zamonaviy ta’lim Kirish: Bugungi globallashuv davrida ingliz tilini erkin va samarali muloqot vositasi sifatida qo‘llay oladigan mutaxassislar tayyorlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakalarini shakllantirish va takomillashtirish ta’lim sifatining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Chunki og‘zaki nutq - tilni amaliy tarzda qo‘llash, fikrni aniq ifodalash va ta’lim jarayonida faol muloqot yuritishning asosiy shaklidir. Zamonaviy ta’lim jarayoni kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab qiladi. Shuningdek, CEFR kabi xalqaro mezonlar asosida til ko‘nikmalarini baholash va rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak ingliz tili https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 355 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakasini rivojlantirishga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni chuqur tahlil qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Asosiy qism: Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga qo‘yilayotgan talablar o‘zgarib, ingliz tilini o‘rgatish metodikasi ham sezilarli darajada takomillashmoqda. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakalarini shakllantirish bu jarayonning markaziy jihatlaridan biri hisoblanadi. Chunki o‘qituvchi dars jarayonida til vositasi orqali bilim beradi, o‘quvchilarning fikrlarini yo‘naltiradi va ular bilan samarali muloqot yuritadi. Og‘zaki nutq - bu real kommunikatsiya vaziyatida til vositalaridan to‘g‘ri va erkin foydalanish ko‘nikmasidir. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining so‘zlashuv kompetensiyasi nafaqat grammatika va leksikani bilish bilan, balki intonatsiya, talaffuz, nutq tezligi, kontekstga mos iboralar tanlash kabi jihatlar bilan ham belgilanadi. CEFR mezonlari asosida “Speaking” ko‘nikmasi B2 yoki C1 darajasida shakllanishi zarur. Zamonaviy metodik talablar o‘qituvchidan quyidagi jihatlarni talab qiladi: Kommunikativ yondashuv: Darslar suhbat, roliklar, muloqotli topshiriqlar asosida tashkil etilishi kerak. Interaktiv metodlar: Rol o‘yinlari, debatlar, munozaralar, guruhlarda ishlash orqali og‘zaki nutq faoliyati kuchaytiriladi. Autentik materiallar: Real hayotdagi nutq namunalariga asoslangan audio- video matnlar orqali o‘quvchining talaffuz va tushunish ko‘nikmasi rivojlanadi. Differensial yondashuv: Har bir talabgorning individual nutq darajasi hisobga olinib, mos metodikalar qo‘llaniladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Zoom, Google Meet, Duolingo, BBC Learning English kabi platformalar yordamida talabalar real nutq muhitida muloqot qilishni mashq qilishlari mumkin. Bundan tashqari, “flipped classroom” (teskari sinf) texnologiyasi yordamida talabalar darsdan oldin mustaqil tarzda nutq namunalarini tinglab, darsda faqat muloqotga e’tibor qaratadi. Amaliyotda og‘zaki https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 2-son Iyun 2025 356 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari nutq malakalarining rivojlanishiga bir qancha to‘siqlar mavjud: talabalar nutq qilishdan tortinishadi, xatolardan qo‘rqishadi, passiv lug‘at boyligi yetarli emas. Bu muammoni yechish uchun dars jarayonida erkin muhit yaratish, ijobiy rag‘batlantirish, mustahkam til bazasini shakllantirish zarur. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun quyidagi strategiyalar samarali hisoblanadi: Dialogik va monologik nutqni uyg‘un rivojlantirish: Dars jarayonida talabalar o‘z fikrlarini erkin bayon qilishga o‘rgatilishi lozim. Bunda “pair work” va “group work” mashqlari samarali natija beradi. Kontekstual o‘rganish: Nutq faqat grammatika yoki so‘z yodlash orqali emas, balki real hayotiy vaziyatlarga asoslangan mashqlar orqali shakllantiriladi. Masalan, do‘konda xarid qilish, mehmon kutish yoki sayohat qilish mavzulari asosida muloqot mashqlari tuzish. Refleksiya asosida o‘rganish: Talabalar har bir mashg‘ulotdan so‘ng o‘z nutqiy faoliyatini tah

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
CEFR, til o‘rganish, zamonaviy ta’lim, interaktiv metodlar, og‘zaki nutq, Kalit so‘zlar: Bo‘lajak o‘qituvchilar, kommunikativ kompetensiya, ingliz tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники