К содержанию
РецензированоRU2026

STEAM YONDASHUV ASOSIDA KIMYO FANINI O‘QITISHDА KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ro‘zmetova Sevara Oktamboyevna · yoritiladi. STEAM (Science (Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi,) · Mathematics) modeli (Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi,)

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim konsepsiyalaridan biri bo‘lgan STEAM yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) modeli fanlararo bog‘liqlik orqali o‘quvchining bilim olish jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan. Kimyo fanini ushbu yondashuv asosida o‘qitish o‘quvchilarda analitik tafakkur, ijodiy yondashuv va muammoni kompleks hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Kirish. Zamonaviy jamiyatda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi, ijodkorlik salohiyati va innovatsion qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari eng muhim va zarur kompetensiyalar sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’lim jarayoni faqatgina tayyor bilimlarni egallashga emas, balki shaxsiy fikr yuritish, muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda ularni real hayotga mos yechimlar orqali bartaraf etishga qaratilishi lozim. Ana shu talablarga javob beruvchi ilg‘or ta’lim strategiyalaridan biri bu — STEAM yondashuvi hisoblanadi. STEAM (Science – Fan, Technology – Texnologiya, Engineering – Muhandislik, Art – San’at, Mathematics – Matematika) yondashuvi bu – fanlararo integratsiyani nazarda tutuvchi, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtiruvchi, o‘quvchilarni ijodiy va tanqidiy fikrlashga undovchi, ularning intelektual va estetik salohiyatini rivojlantiruvchi kompleks pedagogik modeldir. Mazkur yondashuv doirasida o‘quvchilar laboratoriya tajribalari, muhandislik loyihalari, dizayn ishlari va matematik modellashtirish orqali nafaqat bilim oladilar, balki ularni real hayotdagi muammolarga tatbiq etishni ham https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 43 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari o‘rganadilar. STEAM modeli o‘quvchilarni passiv bilim oluvchidan faol ishtirokchi, tadqiqotchi va yaratuvchi shaxs sifatida shakllantirishni maqsad qiladi. Kimyo fani esa — o‘zining nazariy asoslari, amaliy tajribaga boyligi va fanlararo aloqadorlik darajasi yuqoriligi bois, STEAM yondashuvini samarali joriy qilish mumkin bo‘lgan yetakchi fanlardan biridir. Chunki kimyo — tabiat hodisalarini tushuntirish, yangi materiallar va mahsulotlar yaratish, ekologik muammolarni hal qilish kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga oladi. Kimyo darslarida STEAM elementlarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda ilmiy tadqiqot olib borish, muammoga turli burchaklardan yondashish, sinab ko‘rish va ijodiy g‘oyalarni ilgari surish kabi kompetensiyalar shakllanadi. Shu jihatdan, kimyo fanini STEAM konsepsiyasi asosida o‘qitish nafaqat bilim sifati va dars samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning zamonaviy dunyo talablariga mos, raqobatbardosh, tanqidiy fikrlaydigan, kreativ yondasha oladigan shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. XXI asrda ta’lim sohasidagi tub islohotlar o‘quvchilarning bilim olish jarayonida faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlovchi, muammolarni yecha oladigan, ijodiy yondashuvga ega shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan. Ana shu maqsadga erishishda STEAM yondashuvi muhim o‘rin tutadi. STEAM — ingliz tilidagi so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topgan qisqartma bo‘lib, quyidagi fanlar integratsiyasini anglatadi: S – Science (Fan), T – Technology (Texnologiya), E – Engineering (Muhandislik), A – Art (San’at), M – Mathematics (Matematika). STEAM yondashuvi bu — o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish, kreativlik, hamkorlikda ishlash va innovatsion tafakkur kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi fanlararo pedagogik modeldir. STEAM yondashuvining mohiyati STEAM yondashuvi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Fanlararo integratsiya: kimyo, matematika, texnologiya, san’at va muhandislik elementlarini birlashtirish; Loyihaviy yondashuv: muammoni https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 44 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari aniqlash, tahlil qilish, hal qilish va natijani taqdim etish; Ijodiy va tanqidiy fikrlashni faollashtirish. Kimyo fani o‘z mohiyatiga ko‘ra STEAMning asosiy ilmiy tayanchi hisoblanadi. Unda moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning o‘zaro ta’siri haqida chuqur bilimlar o‘rgatiladi. O‘quvchilar kimyoviy qonuniyatlar, reaksiyalar va tajribalar asosida ilmiy tafakkurni shakllantiradilar. Kimyo darslarida turli tajribaviy jihozlardan foydalanish, laboratoriya texnikalarini o‘rganish, sanoat texnologiyalari bilan tanishish orqali o‘quvchilar real hayotda texnologiyaning o‘rni haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Masalan, suvni tozalash texnologiyalari, bioplastiklar, batareyalar, kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq loyiha ishlari tashkil qilinadi. Kimyo muhandisligi komponenti orqali o‘quvchilar qurilish materiallari, eritish, ajratish, sintez va filtrlash jarayonlarini modellashtirishni o‘rganadilar.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim konsepsiyalaridan biri bo‘lgan STEAM yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim konsepsiyalaridan biri bo‘lgan STEAM yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
steam yondashuvi, hal qilish, kimyo fanini, shaxs sifatida, tanqidiy fikrlash, steam science, bilim olish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники