К содержанию
РецензированоRU2025

“O‘TKAN KUNLAR”ROMANIDA SODDA TO‘YBEKA OBRAZI MOHIYATI

Kamolova Sadoqat O‘lmasali qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

This article discusses the essence of the image of Toybeka in Abdulla Qodiriy's novel "Days Past", the task assigned to the image, the writer's purpose, and the artistic value of the image. Key words: simple, groom, wedding, message, environment, ambassador, task Аннотация: В данной статье рассматривается сущность образа Тойбеки в романе Абдуллы Кадыри «Минувшие дни», задача, поставленная перед образом, цель писателя, художественная ценность образа. Ключевые слова: простой, жених, свадьба, сообщение, окружающая среда, посол, задача Bizga ma’lumki, sodda va beg‘ubor odamlar doimo haqiqatni gapiradi . Haqiqat esa soddalikning nishonasi sifatida go‘zal tushuntiriladi. Qodiriyning mahoratini ko‘rsatuvchi muhim bir omil xuddi mana shu soddalik hislatidan unumli foydalanishidir. “O‘tkan kunlar” romanidagi xizmatkor ayol To‘ybekani eslaylik. Avvalo ta’kidlash joizki, ushbu romanda xotin-qizlar obrazi o‘zgacha mahorat bilan tasvirlangan. Ularning ismlari-yu, harakter va qobilyatlari, go‘zalliklariga alohida urg‘u beriladi. To‘ybeka oddiy uy xizmatchisi. Tasvirga e’tibor bersak: sodda, qo‘pol ammo yetarlicha quvnoq ayol. O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 88 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi – To‘ybeka. Qodiriy To‘ybekaga bundan ortiq sifat bermaydi va voqealarni yoritish asnosida uni kitobxonga yaqindan tanitishni maqsad qiladi. Ushbu epizod orqali yozuvchi tashqi muhitdan ichkaridagi ayollarni xabardor qiluvchi elchi sifatida foydalanadi va yana bir muhim jihati ushbu soddaginaning ‘naq kuyov bo‘ladigan degan gapi ko‘pchilikka ma’qul hatto Mirzakarim qutidorga ham ma’qul ko‘rilgani alohida ta’kidlanadi. So‘zdan so‘z chiqib Oftob oyim To‘ybekadan so‘radi: -Mehmonlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi? Nax siz yosh mehmonni ko‘rmabsiz, dunyoga kelmabsiz, dedi Toybeka ong- u ters osh chaynab, bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o‘zi hammadan yuqorida o‘lturadir; hali yigirma ham bormagandir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlagan... Nax bizga kuyav bo‘ladigan yigit ekan, dedi va Kumushka qarab kulib qo‘ydi. Bu so‘zdan Oftob oyim ham kulimsirab qiziga qaradi: Ana, Kumush, sen eshitdingmi, opangning so‘zini, To‘ybeka senga er topqan, sen bo‘lsang boshim og‘riydir deb yotasan. Kumushbibining sezilar-sezilmas kulimsirashidan yoqutdek irinlari ostidagi sadafdek oq tishlari ko‘rinib ketdi ersa-da, biroq uning bu holi tezlik bilan tundliqqa alishindi. Qolgan xizmatlaringizning bittasi endi menga er topish edi. Qutidor mehmonlarni jo‘natib yotish uchun eshinar ekan, Oftob oyim so‘radi: Chiroylik yigit, aqllik yigit, deb maxtiy-maxtiy To‘ybekaning ichagi uzildi, u kim edi? Mehmonimiz o‘sha edi, dedi qutidor, oshnamning o‘g‘li. toshkandlik Yusufbek hoji otlig‘ yaqin To‘ybekaning maxtag‘anicha bormi, o‘zi? Bor, dedi qutidor va g‘italandi, — xudo kishiga o‘g‘il bersa shundayini bersin-da. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 89 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Oftob oyim kula-kula To‘ybekaning Otabek to‘g`risida so‘zlagan gaplarini va Kumush bilan bo‘lg‘an mojarosini so‘zlab chiqdi. Qutidor ham kulgidan o‘zini to‘xtatolmas ekan: Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa, dedi. Xizmatkor obrazi turli qiyofalarda: ayyor, soqov, aqli zaif kabi gavdalanadi. Biroq Qodiriy ushbu obrazni shunchaki sodda, beg‘ubor va oldindan ko‘ra bilish, moslay olish qobilyatiga ega oddiygina ayolni tasvirga olishga qaror qilgan. Bu esa romanga ko‘tarinkilik, donolik baxsh etgan. Qutidorning: Tentagingning aqli balo, degan gapi buning yorqin isboti. Va yana bir o‘rinda To‘ybekaning ayollik hilqatiga xos orzusiga ishora ham bor. Ey... singlim, hali sen bilmaysan, dedi, u yigitni bir ko‘rgin-da, hu, deb ketabergin... sen tugil, shu yoshim bilan menim ham unga tekkim keldi, dedi va xaholab yubordi. Kumushbibi chirt etib yuzini To‘ybekadan o‘girdi. Tezroq tegib qoling. Koshki edi tegalsam, dedi To‘ybeka, men uning bir tukiga ham arzimayman. Ammo sen bo‘lsang uning bilan tenglashar eding. «Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan». Xa-xa-xa!.. Ushbu obrazlar orqali kitobxon to‘y xabari, kuyovning ilk ko‘rinishi, xulqi-atvori haqidagi har bir qizga qiziq bo‘lgan faktlarni bildiradigan elchi obrazini ko‘radi. Bu elchi esa soddaligi va haqiqatgo‘yligi ortida ulkan vazifani ado etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. https://tafakkur.net/otkan-kunlar/qovoq-devonaning-belbogi.uzb 2. https://xabar.uz 3. https://ziyo.uz 4. https://yoshlikjurnali.uz 5. https://tsuul.uz https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 90

Доказательный фрагмент

«This article discusses the essence of the image of Toybeka in Abdulla Qodiriy's novel "Days Past", the task assigned to the image, the writer's purpose, and the artistic value of the image.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the essence of the image of Toybeka in Abdulla Qodiriy's novel "Days Past", the task assigned to the image, the writer's purpose, and the artistic value of the image. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
simple, groom, wedding, message, environment, ambassador, to‘y, сообщение, окружающая среда, посол, Ключевые слова: простой, xabar, задача, elchi, свадьба, task, Kalit so‘zlar: sodda, жених, vazifa, kuyov, muhit, Key words: simple
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники