Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUVAYDO IJODIDA SHE’RIY SAN’ATLAR
Zaripova Dilfuza Baxtiyorovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Huvaydo lirikasida qo‘llanilgan she’riy san’atlar haqida fikr yuritiladi. U yor, visol, g‘am, ko‘z, ashk, ishq, dard kabi timsollar orqali o‘zining chuqur ichki holatini ifodalaydi. Ayniqsa, “ishq” timsoli Huvaydo ijodining markaziy obrazidir – bu nafaqat dunyoviy, balki ilohiy ishqdir. Uning g‘azallari Alisher Navoiy an’analarini davom ettiradi. Har bir g‘azali bir mavzuga yo‘naltirilgan, badiiy yaxlitlikka ega bo‘lib, goh lirika, goh hikmat, goh esa tasavvufiy tahlil ruhida yozilgan. Kalit so‘zlar: Kitobat, tashbeh, talmeh, didaktika, ishq, g‘azal, portret, tajohuli orifona, ta’did. Huvaydo ijodida she’riy san’atlar muhim o‘rin tutadi. U mumtoz Sharq she’riyati an’analari asosida yozgan bo‘lib, o‘z asarlarida turli badiiy san’at vositalaridan mohirlik bilan foydalangan. Quyida Huvaydo ijodida uchraydigan asosiy she’riy san’atlarlar haqida fikr yuritamiz: She’riyatda arab alifbosidagi harflarning qo‘llanilishi kitobat badiiy san’ati deb ataladi, uning yordamida oshiqning “alif”dek nozik qiyofasi qayg‘u va g‘am bilan egilgan. “Nigoro, bori g‘am birla faqir-u notavon aylab, “Alif”dek qomatimni “lom-alif” yanglig‘ duto qilding” (Huvaydo. Devon. –B. 132) (Ey go‘zal, men bechorani g‘am bilan faqirga aylantirding, “alif”dek qomatimni “lom-alif” kabi egib qo‘yding) Bu misralarda shoir tashbehdan foydalanadi. “Alif”– arab alifbosining birinchi harfi bo‘lib, tik holatda yoziladi, ya’ni bejirim tik qomatni ifodalaydi. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 96 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari “Lom-alif” esa ikki harfdan iborat: “ملا-فلا”, arab yozuvida “ا” shaklida yoziladi va egri chiziqli ko‘rinishga ega. Bu yerda u qomatning egilgan, bukilgan holatini anglatadi. Shoir aytmoqchiki, sevgilimning sitami (g‘ami) meni nochor holga solib, ilgari tik, gavdali bo‘lgan qomatimni (ya’ni o‘zimni) egiltirib qo‘ydi– majoziy ma’noda, g‘am bosgan, bukilgan. G‘azalda insonning ichki dunyosini ochishda ijodkordan katta iste’dod talab qiladi. G‘azal va boshqa janrlarning xususiyat va talablarini puxta o‘zlashtirgan Huvaydo asl she’rlar yaratishga muvaffaq bo‘ldi: “Dеsalar: yoring yuzi monandi gul, Ushbu so‘zdin kеlgusi orim mеning” (Huvaydo. Devon. –B. 124) (Agar ular: yoringning yuzi atirgulga o‘xshaydi, desalar, men bu so‘zlardan uyalaman).“Qaddini qildim mushobah sarfga, Or etar ul sho‘x raftorim mеning”. (Huvaydo. Devon. –B. 124) (Yorimning qaddini sarvga qiyoslaydilar, mening go‘zalim bu gaplardan uyaladi) Huvaydo g‘azallarida yorning portretini yaratishda o‘ziga xos mahoratga egaligini ko‘rishimiz mumkin: Masalan, bir g‘azalida: “Bir qalandar hindubachcha xirmani gul ustida, Rumg‘a mеhmon bo‘lib, o‘lturmishin ko‘rdum bu kun. Bir qaro qush ul zamon uchqonda gulzor ustidin, Ikki oh-u sahni gulzor tuzmishin ko‘rdum bu kun”. (Huvaydo. Devon. –B. 188) (Bugun men bir hinduning atirgullar ichida sayr qilayotganini ko‘rdim. Rumga mehmon bo‘lib kelgan. Bugun men bog‘da qoraqush uchib o‘tganini va gulzorda ikkita ohuni ko‘rdim). Bu yerda go‘zal ta’riflanadi: qoshlarning harakatlanishi qora qushning otishma ustida uchishiga qiyoslanadi va ikki g‘izol uning ko‘zlarini anglatadi. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 97 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Bunday portretlarni yaratish mahorati keyingi asrlar iste’dodli shoirlarini ilhomlantirgan. Shunday qilib, Zokirjon Furqat shu satrlar ta’sirida ayni mavzuda yangi obrazli iboralar yaratdi: “Qoshlari ostida go‘yo ikki fatton ko‘zlari, Ikki hindubachadurkim, yondoshib yo tortadur”.1 (Qosh ostidagi ikkita jozibali ko‘z ikki hindu kabi, o‘ziga jalb etub yoy tortadur). She’riyatda fikrni yanada yorqinroq ifodalash uchun talmeh badiiy san’atidan unumli foydalanadi: “Ayo dilbar, jahon xalqi aro afsonadur Majnun, Senga mendek zamona xalqidin Majnun gado bo‘lmas”. (Huvaydo. Devon. –B. 97) Shoir bu misralarda o‘zining ishqiy fidoyiligini mashhur Majnun bilan solishtirib, lekin uni ham ortda qoldirishini ta’kidlamoqda. Ya’ni Majnun Layliga oshiq bo‘lib telbasifat yurdi, ammo shoirning o‘zi sevgisida undan ham sadoqatliroq, hatto dunyoda bunchalik ishqida beqaror, kambag‘al, telba kishi topilmaydi, degan da’vo bor. “Ey Huvaydo, aymog‘il Mansurdek sirringni fosh, Aylasang, xo‘yi “analhaq” dordin andisha qil” (Huvaydo. Devon. –B. 145) (Huvaydo, Mansur kabi sirlaringni oshkor qilma, “analhaq” doridan ehtiyot bo‘l). Mansur Halloj o‘zining ilohiy sirlarini ochiq e’lon qilib (“Analhaq”–“Men Haqman”) degani uchun qatl etilgan edi. Shoir esa do‘stiga yoki o‘ziga shama bilan deydi: “Agar sen ham ilohiy haqiqatlarni fosh etmoqchi bo‘lsang, avval buning oqibatini, boshingga tushadigan balolarni o‘yla”. Bu yerda “xo‘yi analhaq”–“Men Haqman” deyish holati– tasavvufda ilohiy birlikni anglash va o‘zini Haq bilan bir ko‘rish darajasiga yetganlikni bildiradi, lekin dunyoviy odamlar uchun bu gap kufr hisoblanib, jazo sabab bo‘lgan. Bu misralarda talmeh badiiy san’ati Majnun, Mansur Hallojg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Huvaydo lirikasida qo‘llanilgan she’riy san’atlar haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Huvaydo lirikasida qo‘llanilgan she’riy san’atlar haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- g‘azal, portret, ta’did., Kalit so‘zlar: Kitobat, talmeh, tashbeh, tajohuli orifona, ishq, didaktika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025