Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOJA AHMAD YASSAVIY HIKMATLARI TAFSIRI IBOHIM HAQQUL ASARIDA: TARIXIYLIK VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGI
Tolibova Farida Farhodovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda Ibrohim Haqqulning “Ahmad Yassaviy” asari asosida Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarining tarixiy-falsafiy mazmuni va ularning zamonaviy talqini tahlil qilinadi. Muallif Yassaviy ijodining ontologik ildizlarini o‘zbek ma’naviyati kontekstida o‘rganar ekan, hikmat janriga nafaqat adabiy, balki ruhiy-ma’naviy fenomen sifatida yondashadi. Tezisda hikmatning ichki struktura tizimi, ijtimoiy va axloqiy yuklamasi, bugungi davrda uning tarbiyaviy ahamiyati haqida ilmiy xulosa berilgan. Kalit so’zlar: Ahmad Yassaviy, hikmat, Ibrohim Haqqul, tasavvuf, axloq, milliy ong, tarixiylik, zamonaviylik, ma’naviy-ma’rifiy tafakkur. Ibrohim Haqqulning “Ahmad Yassaviy” nomli asari — o‘zbek adabiy-falsafiy tafakkuri tarixidagi muhim manbani zamonaviy nigoh bilan talqin etishga bo‘lgan ilmiy harakatdir. U hikmatlarni shunchaki tarixiy yodgorlik emas, balki xalq ma’naviyati, ruhiy tarbiyasi va ijtimoiy hayotidagi faol kuch deb baholaydi. Asarda Xoja Ahmad Yassaviy ijodining g‘oyaviy-falsafiy ildizlari, tasavvufiy qatlamlari, badiiy-uslubiy xususiyatlari va ular orqali shakllangan “komil inson” tushunchasi mukammal ochib berilgan.[1.16]. Ibrohim Haqqul tasavvufiy hikmatni “so‘zlar ichida so‘z” deb ta’riflaydi. Bu ta’rif tasavvuf tabiatiga juda mos: zohiriy shakl ostida botiniy ma’no yashiringan. Yassaviy hikmatlarida insonning ruhiy tozalanishi, nafs bilan kurash, iymon, sabr, shukr, tavba, rozi bo‘lish kabi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi. Haqqul bu tushunchalarni nafaqat tasavvufiy tilda, balki zamonaviy o‘quvchiga tushunarli tilda izohlab, hikmatlarni hayotiy voqealar, shaxsiy tajribalar va tarixiy kontekst orqali boyitadi.[2.332]. Haqqul Yassaviy hikmatlarida o‘z aksini topgan tarixiylik va zamonaviylik https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 101 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, Yassaviy davridagi ijtimoiy- ma’naviy muhit bugungi kunga qanchalik begona ko‘rinsa-da, ruhiy muammolar — insoniy zaiflik, yolg‘on, riyo, hasad, jaholat — hanuz saqlanib qolgan. Shu boisdan hikmatlarda aks etgan axloqiy konsepsiyalar, Allohga tavakkul va ma’naviy komillik g‘oyalari XXI asr jamiyati uchun ham dolzarbdir.[2.225]. Haqqul ana shu g‘oyalarni hozirgi davr kontekstiga ko‘chira olar ekan, Yassaviyni “o‘tgan zamon shoir”i emas, balki “har bir davr uchun zarur murshid” sifatida qayta kashf etadi. Yana bir muhim jihat shuki, Ibrohim Haqqul Yassaviy hikmatlaridagi til va uslub xususiyatlarini tahlil qilishda ularni adabiy-folkloriy va tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashadi. Hikmatlar soddaligi, obrazlar tabiiyligi, xalq iboralari va turkiy arxaizmlarning serqatlamligi orqali chinakam xalqona ruh bilan sug‘orilgan. Haqqul bu tilni “xalq tafakkuri tili”, “sukutdagi haqiqat” deb ataydi. U hikmatlardagi qisqa, lekin chuqur mazmunli misralarni “aforizmlashtirilgan haqiqat” deb baholaydi. Ayniqsa, har bir hikmat ichida yashiringan ruhiy paradokslar, allegorik obrazlar va fano-haqiqat kontrastlari Haqqul tahlilida zamonaviy psixologik va falsafiy talqinga ega bo‘ladi. Shuningdek, muallif hikmatlardagi o‘qituvchi-shogird, murshid-murid munosabatlarini bugungi ta’lim tizimi, ruhiy tarbiya va yoshlar axloqiy shakllanishi bilan bog‘laydi. U Yassaviy hikmatlarini zamonaviy pedagogik fikr nuqtai nazaridan qayta o‘qishga chaqiradi. Zero, hikmatlar — bu faqatgina diniy-mistik matn emas, balki jamiyatni tarbiyalovchi, shakllantiruvchi, ma’naviy poklovchi hayotiy dasturdir.Yassaviy hikmatlaridagi g‘oyalar bugungi yoshlar uchun o‘ta zarur axloqiy mezonlarga ega. Ibrohim Haqqulning “Ahmad Yassaviy” asarida ushbu mezonlar zamonaviy til, obrazlar va misollar orqali tushuntiriladi. Bu esa, o‘quvchi ongiga hikmatni faqat matn sifatida emas, balki ruhiy-axloqiy kuch sifatida singdirish imkonini beradi.Quyida hikmatlardan namuna keltirildi, undagi badiiyat kishini maftun etadi,desak mubolag’a bo’lmaydi. “Har kimda yo‘q ersa dardu g‘am, inson emas, https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 102 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Ko‘nglida yo‘q ersa ul ilhom, devon emas.” Bu hikmatda Ahmad Yassaviy tasavvufga xos bo‘lgan ruhiy iztirobni ma’naviy kamolot sharti deb biladi. Uning nazarida inson — shunchaki jism emas, balki qalbda ma’rifat, og‘riq, ruhiy g‘am tashuvchi mavjudotdir. Bu fikr, Ibrohim Haqqulning “Ahmad Yassaviy” asarida ta’kidlanganidek, dard va ilhomni insoniylik mezoni sifatida baholashda yaqqol ko‘rinadi. Hikmatdagi birinchi misra – “Har kimda yo‘q ersa dardu g‘am, inson emas” – shunchaki tashqi dard emas, balki ruhiy iztirob, ilohiy ishq, dunyo g‘avg‘osidan qochish istagini anglatadi. Ibrohim Haqqul bu jihatni "nafs bilan kurash va poklanish yo‘lida azoblanish – bu insoniy yetilishga eltuvchi zaruriyat" sifatida tushuntiradi. Ikkinchi misrada esa – “Ko‘nglida yo‘q ersa ul ilhom, devon emas” – Yassaviy ruhiy uyg‘oq qalbni ilhom manbai, ilohiy ishqdan yongan yurakni esa she’riy ilhom
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda Ibrohim Haqqulning “Ahmad Yassaviy” asari asosida Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarining tarixiy-falsafiy mazmuni va ularning zamonaviy talqini tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda Ibrohim Haqqulning “Ahmad Yassaviy” asari asosida Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarining tarixiy-falsafiy mazmuni va ularning zamonaviy talqini tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiylik, zamonaviylik, Kalit so’zlar: Ahmad Yassaviy, tasavvuf, milliy ong, Ibrohim Haqqul, axloq, ma’naviy-ma’rifiy tafakkur., hikmat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025