К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI IJODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA HIKOYA JANRIDAN FOYDALANISH

Isroilova Bibioysha Ikromjon qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 15-21 · 2025

Аннотация

mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlashini rivojlantirishda hikoya janridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hikoya janri orqali o‘quvchilarda obrazli tasavvur, mustaqil fikrlash, muammoni hal etish, estetik dunyoqarash va badiiy tafakkur kabi ijodiy ko‘nikmalar shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, hikoyani tahlil qilish, davom ettirish, sahnalashtirish, personajga xat yozish kabi usullar orqali o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtirish imkoniyatlari amaliy misollar bilan asoslangan. Maqolada nazariy qarashlar va pedagogik tajriba asosida hikoya janrining tarbiyaviy, estetik va intellektual ahamiyati keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, ijodiy fikrlash, hikoya janri, badiiy tafakkur, metodika, o‘quvchi faoliyati, ta’lim texnologiyalari, dramatizatsiya, didaktik usullar, innovatsion yondashuvlar. Bugungi globallashuv davrida ta’limning oldida turgan asosiy vazifalardan biri – o‘quvchilarni mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatishdir. Bu vazifa ayniqsa boshlang‘ich ta’lim bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu bosqichda o‘quvchilarning dunyoqarashi, tafakkuri, estetik didi shakllana boshlaydi. Shunday sharoitda ularning ijodiy fikrlashini shakllantirish, bu yo‘nalishda to‘g‘ri metod va vositalarni tanlash dolzarb masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Milliy o‘quv dasturi”da ham har bir o‘quvchining intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 201 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari uning ijodiy tafakkurini rivojlantirish asosiy tamoyil sifatida belgilanmoqda. Xususan, 2020-yil qabul qilingan “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi”da ijodiy yondashuv, mustaqil fikrlashga undovchi ta’lim texnologiyalari asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Boshlang‘ich sinfda o‘qiyotgan bolalar uchun ayniqsa hikoya, ertak, she’r kabi badiiy janrlar bilan ishlash ularning tasavvurini kengaytiradi, hayotga bo‘lgan estetik qarashlarini shakllantiradi va eng muhimi – mustaqil fikrlash va o‘z nuqtai nazarini ifodalash ko‘nikmasini hosil qiladi. Bunday jarayonda o‘qituvchining o‘rni beqiyos: u nafaqat bilim beruvchi, balki bolaning ichki dunyosini ochishga yordam beruvchi, ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Ijodiy fikrlash bolalarda quyidagi kompetensiyalarni shakllantiradi: 1-muammoni bir necha yo‘l bilan hal etish; 2-o‘z fikrini asosli ifodalash; 3- savollarga noodatiy javob berish; 4-tanqidiy tahlil qilish; 5-o‘z-o‘zini anglash va ifoda qilish. Demak, zamonaviy ta’limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish muhim pedagogik yo‘nalish bo‘lib, boshlang‘ich ta’limda bu jarayonni samarali tashkil etish – keyingi bosqichlar uchun puxta poydevor yaratadi. Hikoya janrining o‘ziga xos xususiyatlari va ta’limiy ahamiyati. Adabiyot inson qalbiga bevosita ta’sir etuvchi, uning ruhiy olamini boyituvchi kuchdir. Badiiy adabiyot janrlari ichida esa hikoya o‘zining soddaligi, hayotiyligi va emotsional ta’siri bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ayni muhim vositadir. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 202 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Hikoya — bu qisqa hajmdagi, biror voqea yoki holatga asoslangan, bir yoki bir nechta qahramonlar ishtirokidagi proza asaridir. Bu janr bolalar uchun tushunarli, hayotiy, qiziqarli va tarbiyaviy jihatdan boydir. Hikoya janrining asosiy xususiyatlari: hayotiy voqealarga asoslangan bo‘lishi; qisqa, lo‘nda tuzilishga ega bo‘lishi; bir necha obrazlar orqali axloqiy g‘oya yetkazilishi; bolalar ruhiyatiga mos mavzular qamrab olinishi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar hikoya orqali odob, do‘stlik, halollik, sabr- toqat, mehnatsevarlik kabi ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni o‘rganadilar. Bu orqali ularning ruhiy dunyosi boyiydi, badiiy didi shakllanadi. Eng muhimi, hikoya o‘quvchini o‘ylashga, o‘z fikrini bildirishga undaydi. Masalan, hikoya asosida quyidagi savollar o‘quvchining fikrlashini faollashtiradi: • Agar siz shu qahramon o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz? • Hikoyaning boshqa yakuni bo‘lishi mumkinmi? • Siz ushbu qahramonga qanday xat yozgan bo‘lardingiz? Bundan tashqari, hikoyani sahnalashtirish, rollarga bo‘lib o‘qish, davomini yozish kabi faol usullar orqali o‘quvchining ijodiy faolligi oshiriladi. Psixologik nuqtai nazardan, hikoya bolaning emotsional his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, unga estetik zavq bag‘ishlaydi, axloqiy mezonlar orqali hayotga real munosabat shakllantiradi. Shunday qilib, hikoya janri — bu nafaqat badiiy asar, balki tarbiyaviy, estetik va ijodiy vosita sifatida o‘quvchi shaxsining har tomonlama kamolotiga xizmat qiluvchi qudratli pedagogik vositadir. Hikoya janri orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish uchun interfaol, kommunikativ va ijodiy metodlardan samarali foydalanish talab etiladi. Quyida shunday metodlar va ularni

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlashini rivojlantirishda hikoya janridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlashini rivojlantirishda hikoya janridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuvlar., o‘quvchi faoliyati, ijodiy fikrlash, metodika, dramatizatsiya, hikoya janri, Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, badiiy tafakkur, didaktik usullar, ta’lim texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники