К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINING RIVOJLANTIRISH METODIKASI

KOMPETENSIYALARINING RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 15-21 · 2025

Аннотация

ushbu maqolada komunikativ kompetentlik tushunchasi, uni mazmun mohiyati, lug‘atlarda ta’riflanishi o‘rganilgan. Shu bilan birga kommunikativ kompetensiyaning nazariy asoslari tahlil qilinib, olimlarning pedagogik qarashlari bayon qilingan. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish, kommunikativ kompetensiya tushunchasi o‘zi nima va uni darslarda qanday qo‘llanishi haqida bayon qilingan. Shuningdek, kommunikativ kompetensiyani boshlang‘ich sinflarda rivojlantirish uchun turli metodlar va takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: muloqot, kompetensiya, komunikativ kompetensiya, komunikativ mashqlar. Ta’lim-tarbiya jarayoni nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun esa nutqiy muloqot eng zarur vosita hisoblanadi. Muloqot insonning ijtimoiy va ongli mavjudot, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. «Muloqot» tushunchasining turlicha tariflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bugungi kunda barcha sohani qamrab olgan, shu boisi bizning kelajagimiz va ertangi kunimiz davomchilari har tomonlama yetuk va raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishlari barchaning diqqat markazidadir. “Bu albatta Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonivichning say-harakatlari natijasidir deya olamiz. Boisi, davlatimiz https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 209 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari rahbari tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarda bu o‘z aksini topmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi F-22-sonli farmoyishlari va bu farmoyishga ko‘ra tuzilgan Milliy kengash ham o‘z faoliyatini boshlagan, kengash raisi esa bevosita Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning o‘zlari hamda kengash a’zolari barcha vazirlar va markaz rahbarlarini tashkil etadi”.1 Kuni kecha esa yurtboshimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Bularning barchasi kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimiz uchundir. Mamlakatimiz tayanchi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama bilimli va intellektual salohiyatga ega, o‘zining g‘oyalari bilan dadil harakat qilishga undaydigan kadrlarni yetishtirish uchun xozirda asosiy e’tiborni boshlang’ich talimga qaratish kerakligi va uni yana qaytadan isloh qilish haqida yurtboshimiz shu selektrda takidlab o‘tdilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik kompetensiyasini rivojlantirish bu ta’lim sifatini yanada oshirishga hizmat qiladi. Kompetensiya – fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bu ta’lim sifatini yanada oshirishga hizmat qiladi. Kompetentlilik –lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor degan ma’noni ifodalaydi. Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash 1 https://lex.uz/uz/docs/-5848414 2 Eraliyeva D.O. Ta’limda til kompetentligini shakllantirish rivojlantirish. Magistrlik dissertatsiyasi. – Namangan: 2019. -97 b. 5 https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 210 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Muloqotning umumiy falsafiy nazariyasining masalalarini G.S. Batishcheva, L.P. Buyeva, M.S.Kogan, V.M. Sokovnina asarlarida ko’rish mumkin. Muloqot toifasining ahamiyati va uning muvaffaqiyati uchun zarur bo'lgan barcha shaxsiy xususiyatlarni A.A. Brudniy qadimgi davrlarda qayd etilgan deya izohlaydi.. Miloddan avvalgi V asrda sofistlar kommunikativ masalalarga e'tibor qaratib, uning uchta muhim jihatini aniqlab berdilar: 1. boshqa odamlar bilan muloqotni anashu odamlarga ta'sir qilish deb hisoblash; 2. shaxsning boshqa shaxslar bilan kommunikativ aloqasi tasodifiy emas; 3. shaxsning kommunikativ aloqasi ham xavfli hodisa bo'lishi mumkinligini aytib o„tadi. Sokrat muloqotda shaxsning o'zini-o'zi bilishning kuchli vositasini ko'ra oldi va Platon o'zaro aloqa g'oyasini ilgari surdi. Ko'p o'tmay Kant o„z fikrlarini ishlab chiqdi va unga ko„ra o'ylash o'z-o'zidan gapirish demakdir, deb hisobladi. Ekzistensialistlar (Ekzistensialistlar fikricha, olam ma'nosiz va uni bilib bo'lmasligi abadiy, inson umri o'tkinchi bo'lganligi uchun ham dahshatlidir) esa allaqachon o'zaro tushunishni muloqotning mohiyati deb hisoblashgan. Keyinchalik

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada komunikativ kompetentlik tushunchasi, uni mazmun mohiyati, lug‘atlarda ta’riflanishi o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada komunikativ kompetentlik tushunchasi, uni mazmun mohiyati, lug‘atlarda ta’riflanishi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
komunikativ kompetensiya, komunikativ mashqlar., kompetensiya, Kalit so‘zlar: muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники