К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FIKRLASH MALAKASINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI · Ochildiyeva Ozodaxon Saydali qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 15-21 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash malakasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari va darslarda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan bir qancha metod va usullarning dars samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hamda amaliyotga joriy qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Kalit so’zlar: ijod, ijodiy fikr, ijodkorlik, texnologiya, boshlang’ich sinf o’quvchilari. Zamonaviy pedagogik yondashuvlarning integratsiyasi orqali o‘quvchilar nafaqat bilim, balki ijodiy va analitik fikrlash ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalarni taqdim etadi, ular orqali ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan qanday samarali foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan. Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan uzviylik va uzluksizlik tamoyili o‘quvchilar aqliy qobiliyatini bir maromda to‘xtovsiz rivojlanishini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi” ,–deb ta’kidlaganlarida “Uchinchi Renessans poydevori”ni ta’lim islohotlarida ko‘rdi. Bugungi kunda ta’lim tizimida buyuk islohotlar amalga oshiralayotgan https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 219 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari zamonda ijodiy fikrlovchi yoshlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortmoqda.1Zamonaviy texnologiyalar o'quvchilarga ijodiy fikrlashni rivojlantirishda, muammoli vaziyatlarni hal qilishda, o'z fikrlarini erkin ifoda etishda, g'oyalarni yaratishda yordam beradi. Boshlang'ich ta’lim Davlat ta’lim standartining ,,Kirish“ qismida„Boshlang'ich ta ’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z- o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog'lom bo'lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o'zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadi", — deb alohida ta ’kidlangan. Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.2 Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni ijodiy fikrlash malakasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.Har bir yosh avlod mustaqil fikrlaydigan, erkin fikr yuritadigan shaxs bo‘lib shakllanmog’i lozim. Ijodiy fikrlash malakasini shakllantirish tamoyillari boshlang’ich sinf o‘quvchilarini qiziqishini o‘stirib, dars jarayoniga jalb qilish, ularni qiziqtirgan mavzularda ishlash hamda mustaqil fikrlay olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda joriy etilgan Yangi avlod darsliklari mavzulari yuzasidan to‘xtaladigan bo‘lsak darslikdagi savol va topshiriqlar o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan ayniqsa,ijodiy fikrlash malakasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim to'g'risida“gi qonunda „Boshlang'ich ta’lim umumiy o'rta ta ’lim olish 1 Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020 2 https://kun.uz/news/2019/11/27/boshlangich-sinfda-oqitishning-zamonaviy- texnologiyalaridan-foydalanish-usullari https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 220 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir", deyiladi. Shundan kelib chiqqan holda „Boshlang'ich sinflarda ona tili ta’limining maqsadi, vazifalari sifatida bolaning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglashi, o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.3 O‘rta maktabda o‘quvchilarning kreativlik tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan vazifalar majmuasini ishlab chiqishda o‘qitishning uchta usuli- amaliy, ko‘rgazmali, muammoli va topshiriqni bajarish shakli-yakka, juftlik, guruhda asos qilib olinadi. Shaxs tafakkurining shakllanishi va rivojlanishi, o‘quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi respublikamiz hamda qator xorijlik pedagog psixolog olimlar tomonidan ilmiy tadqiq etilgan. Lev Vygotskiy, ijodiy fikrlash jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “sotsial-interaktiv” nazariyani o‘rgandi. U, bola ijtimoiy muhitda o‘z fikrlarini rivojlantirishi va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishi kerakligini ta'kidlagan. Segundo Marcos hamda Vang “Ijodiy fikrlash va yozish ikkita muhim

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash malakasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari va darslarda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash malakasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari va darslarda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, texnologiya, Kalit so’zlar: ijod, ijodiy fikr, boshlang’ich sinf o’quvchilari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники