Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Yo’ldasheva Qizlarxon Murodjon qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 15-21 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari, hozirgi zamon innovatsiyalaridan foydlanish, yangi ta’lim texnikalari, o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha fikrlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang‘ich ta’lim, metodika, texnika, o‘quvchi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta’kidlangan: siyosiy tuzumning o‘zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g‘oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o‘qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir. Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 226 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak. Ta’limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: “Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik”, - degan fikrlariga javoban ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 227 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o‘quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o‘rtoqlik-do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o‘zlashtirishdan iborat. Ular: - sinfning boshlang‘ich jamoasini tarbiyalash va ularda o‘zaro munosabat aloqalarini yaratish; - o‘quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish; - shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo‘yishga o‘rgatish; - jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do‘stona hamkorlik mavjud bo‘lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilar jamoalari tashkil qilishda o‘qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi: 1. O‘qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) mos
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari, hozirgi zamon innovatsiyalaridan foydlanish, yangi ta’lim texnikalari, o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha fikrlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari, hozirgi zamon innovatsiyalaridan foydlanish, yangi ta’lim texnikalari, o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha fikrlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘quvchi., metodika, innovatsiya, texnika, boshlang‘ich ta’lim, Kalit so‘zlar: zamonaviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025