Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KITOBXONLIKNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
o`qituvchisi Surayyo Shodiyeva · Mamayusufova Shaxrizoda
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada kelajak yosh avlodni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashda kitobxonlikning o`ziga xos ahamiyati va bugungi kunda kitobxonlikni yoshlar o`rtasida keng targ`ib qilish bo`yicha olib borilayotgan bir qancha samarali usullar, kitoblarning insonlar hayotida qanchalik ahamiyati katta ekanligi,kitob mutolaasi insonni barkamollik sari yetaklashi haqida so`z boradi. Kalit so`zlar: Kitob, kitobxonlik, ma’rifat, ma’naviyat, kitob mutolaasi, qonun, yosh avlod, loyiha, tanlovlar. Annotation: In this article is a unique importance of reading in spiritual and enlightenment and more effective ways to promote reading today and how important book lives are in the lives of books the book reading will lead to a beast of the book reading. Key words: Book, reader, enlightenment, spirtuality, book category, law,youth generation, project, telegren. Aбстрактный: В етой статъе будущее является уникалъной важности чтения в духовном и просветлении, и ряд еффективных способов продвижения читателя,насколко важные книги в жизни людей, приведут книгу к совершенству. Ключевные слова: Книга, читателя, просвещение, духовностъ, книжное дело, право, поколение молодежи, проекты, проекты. Kitob insonning ma’rifatini ma’naviyatini boyitadigan xazinalardan biridir. https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 280 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Kitob bizlarni o‘zgacha olamlarga sayohat qilishga, dunyoga yangicha nazar bilan boqishga imkon yaratadi. Kitobni o‘zgacha mehr bilan mutolaa qiladigan insonlar, haqiqatan ham, kamolotga yetadigan insonlardir. Kitob bu shunchaki qog‘oz emas, balki bilimlarning sarchashmasi sanaladi. Kitob o‘qish so‘z boyligini oshirish va fikrlarni aniq ifodalash qobilyatini rivojlantirish orqali nutqning ravonligini ta’minlaydi. Kitob mutolaasi insonni o‘zligini anglashga hamda maqsadlarini aniqlab olishiga yordam beradi. Kitob o‘qishning ta’siri juda ham samarali bo’lib, insonning shaxsiy intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kitob o‘qiganda ham unga shunchaki nazar bilan qaramasdan, g’ayrat bilan o‘qish lozimdir. Kitobni anglamasdan yodlab olgan inson, o‘z qo‘li bo‘la turib oldidagi suvni icholmayotgan insonga o‘xshaydi. Kitob ma’lum bir shaxsning o‘z tushunchalarini yana-da boyitishga va o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv jarayonida texnologiyalar rivojlanib, ma’lumotlar oqimi kengaygan bir davrda kitobxonlik ahamiyati yana-da ortib bormoqda. Internet orqali hech qanday qiyinchiliksiz ma’lumotlarni olishimiz mumkin, biroq kitoblar orqali aniq dalillarga tayanilgan holatdagi faktlarni bilib olishimiz mumkin. Hozirgi kunda yoshlarning kitob o‘qishga targ‘ib qilish uchun ko‘plab ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar uchrashuvlar va tanlovlar tashkil etilmoqda. Bulardan, ayniqsa, “Yosh kitobxon” “Kitobxon talaba,” “Kitobxon oila” va boshqa shunga o‘xshash turli tanlovlar ko‘plab yoshlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda. Bunday imkoniyatlarning yaratilishi yoshlarimizning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini juda ham ortishiga, o‘zligini anglashga va o‘z maqsadlari tomon dadil borishga undaydi. Kitob o‘qiydigan yoshlarga avtomashina sovg‘a qiladigan mamlakat yana qayerda bor? Yurtboshimiz tomonidan biz yoshlarga ana shunday imkoniyatlarning yaratilishi esa bizga o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi. Davlatimiz rahbari asosiy e’tiborini ma’rifatga, yoshlarning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor bermoqdalar. Zero, yurtimiz bayrog‘ini balandlarga ko‘tarish, vatanimiz nomini jahon miqyosida tanitish biz yosh avlodning qo‘lidadir. Ma’lumki, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarga yaratib https://scientific-jl.com/ 20-to’plam 3-son Iyun 2025 281 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari berilayotgan imkoniyatlar kelajak avlodning hayotda o‘z o‘rinlarini topishga va o‘z ilmlari yo‘lida irodali, matonatli hamda intiluvchan bo‘lishga undaydi. Biz o‘z yurtimiz kelajagi haqida qayg‘urayotgan bo‘lsak, shu yurt kelajagining poydevori bo‘lmish farzandlarimizni yoshligidanoq bilimga qiziqishini shakllantirish yomonliklardan uzoqlashtirish hamda ularning o‘zlari qiziqtirgan sohaga yo‘naltirish va shu sohaga ko‘plab ko‘nikmalarni berish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turishimiz lozimdir. Axir aytganlarku: “Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqsh” deb. Farzandlarning ilmli, zehnli, ma’rifatli bo‘lishlari uchun ularning ota-onasi ham oz bo‘lsada ilmli bo‘lishlari lozim. Kitob - bu bizning hayot deya atalmish sinovlarga, qiyinchiliklarga to‘la bo‘lgan yo‘limizda qo‘lsiz va oyoqsiz bizga yo‘lboshchilik qiladigan hamda yo‘limizni shamchiroq kabi yoritib turadigan eng ulug` xazinalardan biridir. Bu shamchiroqni yoqish esa insonning o‘ziga bog‘liqdir. Kitob - bu nafaqat ma’lumot manbayi, balki insoniyatning intellektual va madaniy merosining muhim qismidir. Kitob jamiyatimizda yoshlarni g‘oyaviy, mafkuraviy jihatdan kamol to
Доказательный фрагмент
«Annotatsiya: Ushbu maqolada kelajak yosh avlodni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashda kitobxonlikning o`ziga xos ahamiyati va bugungi kunda kitobxonlikni yoshlar o`rtasida keng targ`ib qilish bo`yicha olib b…»
Образец извлечения
Демо-превьюAnnotatsiya: Ushbu maqolada kelajak yosh avlodni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashda kitobxonlikning o`ziga xos ahamiyati va bugungi kunda kitobxonlikni yoshlar o`rtasida keng targ`ib qilish bo`yicha olib b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Book, reader, enlightenment, spirtuality, book category, youth generation, qonun, kitob mutolaasi, telegren., духовностъ, Key words: Book, книжное дело, law, project, поколение молодежи, право, проекты, kitobxonlik, читателя, yosh avlod, tanlovlar., просвещение, loyiha, проекты., Ключевные слова: Книга, Kalit so`zlar: Kitob, ma’naviyat, ma’rifat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024