Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOHIR CHANGCHI SOZANDA FAXRIDDIN SODIQOVNING HAYOTI VA IJODI
VA IJODI · Diyora Abdunazarova · Ilmiy rahbar: Axadjon Mamadaliyev
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada mohir changchi, dutorchi va bastakor ustoz san’atkor Faxriddin Sodiqov hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi. Uning o‘ziga xos ijod maktabi va ijrochilik ko‘nikmalari haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlari: san’at, ijod, zamondosh, sozanda, qo‘shiq, maktab, mumtoz, musiqa, chang, dutor. Mumtoz musiqamizga qalban ixlos qo‘ygan, o‘tmishdosh va zamondosh ustozlarga ergashgan, iqtidori baland, zukko va izlanuvchan, yosh sozandalardan bir guruhi an’anaviy negizda kuy, qo‘shiq va ashula yaratish borasida izlandilar va bu yo‘lda o‘z o‘rniga ega bo‘ldilar. Ularning orasida katta avlod san’at namoyandalaridan o‘rnak olishga intilib kelgan, o‘zining nodir qobiliyati bilan ajralib turgan mohir changchi Faxriddin Sodiqov ham bor edi. Faxriddin Sodiqov mumtoz chang ijrochiligi bilan birga zamonaviy o‘zbek milliy qo‘shiqchiligi va ashulachiligi, maqom ijrochiligi va uning ta’lim uslubiyatida ham o‘ziga xos va salohiyati katta IJODIY MAKTAB yarata oldi. Milliy musiqa san’atimizning yarim asrlik tarixini uning salmoqli musiqiy merosisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ustoz shunchaki ijro etuvchi changchilardan bo‘lmagan. U tom ma’noda izlanuvchan buyuk ijodkor-talqinchi sozanda edi. Faxriddin Sodiqov chang cholg‘usini rang-barang milliy ohanglar bilan sadolantirishga harakat qilardi va https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 252 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari maqsadga erishish yo‘lida sozanda o‘z cholg‘usiga ravon xromatik tovushqatorni hosil qilish uchun qoshimcha simlarni o‘rnatadi. Changning eng nozik sir- asroridan to‘la voqif bo‘lgan usta yakkanavozlikdami, jo‘rnavozlikdami-nainki jarangdor, yoki aksincha mayin, shirador va dardli nag‘malarni o‘ta mahorat bilan yuzaga chiqara olardi. Faxriddin Sodiqovning chang cholish uslubidan kelib chiqqan bir nechta atama, ibora va tushunchalar keyingi avlod iste’moliga kirdi. Xususan, Ustoz changga xos ikki xil rezlar (bilak va barmoqlar yordamida erishiladigan)ni ajratarekan “o‘rab”, “o‘tkazib”, “maydalamay” cholish kabi iboralarni o‘rinli ishlatgan. Faxriddin Sodiqov tenggi yo‘q changchi, orombaxsh kuy, qo‘shiq, yalla va ashulalarning mualifi bo‘lishlgii bilan bir qatorda, noziksadoli dutorchi ham bo‘lgani rost. Faxriddin Sodiqov dutor cholishda mukammallikka erishgan sozandalardan bo‘lgan. Hammaga ma’lumki, dutor o‘zbeklar o‘rtasida sevimli, keng tarqalgan cholg‘ular sirasiga kiradi. Ayrim hamkasblarining aytishlaricha, changchi va bastakor sifatida nom qozongan, katta obro‘-martabaga ega bo‘lgan, F. Sodiqov, dutor cholishda ham mahoratini rasman pesh qilishni o‘ziga ep ko‘rmagan. Mubolag‘asiz shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, Faxriddin Sodiqov hech mubolag‘asiz XX asr ko‘p qirrali sozandalik va nozik bastakorlik DAXOSI bo‘lgan. Ustoz Faxriddin Sodiqov (1914-1977) buyuk san’at nomoyandasi, mo‘tabar zot, bu ijodkorga o‘xshashni orzu qilmagan changchi, nafaqat changchi, balki dutorchi, bastakorlarning o‘zi yo‘q desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ustozning yaratgan asarlari o‘zbek musiqa madaniyatida alohida tahsinga loyiq. Ularning bastakorlik ijodiyotiga, ijro, aniqrog‘i talqin san’atiga qo‘shgan hissalari zamonamizga xos va mos tarzda ravnaq topib, yanada gullab yashnab kelmoqda. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 253 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Deyarli har bir asari sodda ko‘rinsada, ijrosi mukammal hisoblanadi. Asarlarida ko‘pincha yorug‘likka intilish sezilib turadi. Barcha yaratilgan asarlari xalq orasida munosib o‘ringa ega. Asarlari quloqqa chalinganda odamni o‘ziga tortadigan, o‘zigagina xos xislatlar aks etib turadi. Ortiqcha sadolar yo‘q , lekin o‘ta mayinlik , nafislik bor. Ayniqsa, O‘zbekiston Radiosi va Televideniesi eshittirish va ko‘rsatuvlarini boshlab beruvchi, “Navro‘z” va Mustaqillik yillarida, Davlat bayramlari pirovardida jaranglovchi - “Tonggi sado” kuyi, shuningdek, “Gulnor”, “Vatan marshi”, “O‘zbekcha vals”, “Raqqosa”, “O‘xsharsiz” kabi cholg‘u asarlari, “Ey chehrasi tobonim” (Muqimiy g‘azali), “Dutorim” (A.Po‘lat she’ri), “Qorabayir” (A.Po‘lat she’ri), “Zarafshon”(A.Po‘lat she’ri), “Bir go‘zal” (Mirtemir she’ri), “Yor bilib” (S.Zunnunova she’ri), “Barno yigit” (S.Zunnunova she’ri), “Bo‘l menga mahbub” (S.Zunnunova she’ri), “So‘lim bahor” (A.Isroilov she’ri) kabi qo‘shiqlari xalqimiz tan olgan asarlardir. Shu bilan birga, Ustozning changdagi ijrolarida viqor bilan o‘tirishlari ulkan bir kalxatni eslatadi. Changni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan cholardilar. O‘z sozlariga yuksak ehtiromlari, har bir sadolari, muayyan passajlari talqinida yaqqol sezilib turadi. Go‘yoki changdan taralayotgan sado - tonggi shudring tebranishini eslatib yuboradi. “Faxriddin Sodiqov qaerda ijro etmasin, benuqson changini cadosini eshitgan sozandalar unga tan berib, ofarinlar yog‘dirishgan. Hatto chang cholishni bilganlardan bunday cholishni o‘zlashtira olishiga ko‘zi yetmay, changchilikdan voz kechganlar ham bo‘lgan ekan. E’tirof etish mumkinki, chang ixtisosli
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mohir changchi, dutorchi va bastakor ustoz san’atkor Faxriddin Sodiqov hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mohir changchi, dutorchi va bastakor ustoz san’atkor Faxriddin Sodiqov hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chang, maktab, Kalit so‘zlari: san’at, qo‘shiq, ijod, zamondosh, mumtoz, dutor., musiqa, sozanda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025