К содержанию
РецензированоRU2025

ETYUD VA GAMMANING IJRO KО‘NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI

TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI · Diyora Abdunazarova · Ilmiy rahbar: Axadjon Mamadaliyev

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada ijro ko‘nikmalarini takomillashtirishda etyud va gammaning o‘rni haqida so‘z boradi. Bundan tashqari yana etyud va gammaning nima ekanligi ijrochiga qanday ta‘sir ko‘rsata olishi , uning foydalari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ijro san‘at , musiqa, gamma , etyud , madaniyat, sozanda, nota. Etyud bu fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib aynan oʻrganish , bajarish degan maʻnolarni bildiradi. Ikki xil manoda tushiniladi. 1) Tasviriy san‘atda borliq (natura)dan uni oʻrganish maqsadida yaratilgan asar. Ijodkor badiiy asar (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) yaratish jarayonida Etyuddan yordamchi manba sifatida foydalanadi. Tugallangan asarda Etyud majmuasi sifatida oʻzini namoyon qiladi. Realistik tasviriy sanʼat asarlarini yaratish Etyuddan kartinaga oʻtish jarayonida amalga oshadi. 19-asr oʻrtalaridan Etyudga munosabat oʻzgardi. Etyudni badiiy qiymatga ega boʻlgan asar darajasiga qoʻtarish, ijodkorning gʻoyaviy estetik qarashlarini ifodalashga intilish quchaydi. Yirik ijodkorlarning Etyudlari koʻpincha badiiy qiymatga va mustaqil ahamiyatga ega; 2) musiqada — cholgʻu ijrochiligining muayyan texnik usulini qoʻllashga asoslangan va sozandaning malakasini oshirishga moʻljallangan pyesa. 19-asrda musiqa cholgʻulari takomillashuvi hamda virtuoz ijrochiligining https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 256 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yuksalishi natijasida rivoj topdi (fortepiano uchun I.Kramer, M.Klementi, K.Cherni, skripka uchun R.Kreyser, P.Rode, violonchel uchun D.Popper E.lari va boshqalar). Musiqiy romantizm vakillari (N.Paganini, F.List, F.Shopen, A.Skryabin, S.Raxmaninov va boshqalar) ijodida E. yuksak badiiy konsert asari darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston kompozitorlaridan G.Mushel, B.Giyenko, Sayfi Jalil (fortepiano uchun), T.Qurbonov (organ uchun) va boshqalar E. yaratgan; 3) teatr pedagogikasida aktyorlik mahoratini rivojlantirish va mukammallashtirishga xizmat qiladigan mashq. Oʻqituvchi oldindan ishlab chiqqan yoki badiha yoʻsinida yaratgan turli sahna harakatlaridan tashkil topadi. Dastlab sozanda-talaba cholg‘uni chalishdan oldin albatta turli gammalar, mashqlar va etyudlarga alohida e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu gamma va etyudlar chang cholg‘usi uchun maxsus yozilgan bо‘lib, ularda hozirgi zamon musiqa ijrochiligi yо‘nalish va uslublari aks ettirilgan. Dasturda belgilanganidek birinchi kurs talabasi bitta majburiy etyud va bitta ixtiyoriy tanlangan etyudlarni о‘rganib imtihonda topshirishi shart bо‘ladi. Birinchi kurslar uchun ijro murakkabligi jihatidan deyarli bir xil bо‘lgan uchta etyud majburiy berilgan bо‘lib, talaba о‘z ustozi bilan ulardan birini tanlab ijro etishi mumkin. Har bir о‘quv yili boshida ijro dasturidan о‘rin olgan gamma va etyudlarni о‘rganish talab etiladi. Gammalar о‘quv dasturida har bir kurs uchun alohida ishlab chiqiladi. Shuningdek birinchi kurslar uchun ham maxsus gammalar ham ishlab chiqilgan bо‘lib, ularni о‘zlashtiribgina qolmasdan, balki sozandaning ijrochilik mahoratini oshirib boradi. Mashqlar biron bir maqsadda har xil kо‘rinishdagi kichik yoki kattaroq musiqiy jumlalarni mashq qilish bо‘lsa, gamma tovush qatori doimiy ravishda aniq pog‘onalarni bosib u yoki bu shtrix asosida ijro etiladi. Gamma chalishning ijro mahoratini oshirishda asosiy ahamiyati shuki, bunda qо‘llar belgilangan applikatura asosida, ya’ni majburiy xolda ijro etiladi. Aynan shu holat gammalarni mashqlardan ajratib turadi. Mashqlarni dars jarayonida о‘qituvchi bilan yoki bir necha talaba birgalikda chalishi yaxshi natija beradi. Mashqlar о‘ng va chap qо‘llarga mо‘ljallangan https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 257 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari bо‘lib, har biri alohida-alohida maqsadni kо‘zda tutadi. Mashqlarga yaʻni etyud va gammaga misol qilib quyidagilarni koʻrsata olishimiz mumkin boʻladi: https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 258 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Gamma bu musiqada — dastlab oʻrta asr Yevropa ilmida musiqa tovush katorining eng past tovushi. Keyinchalik muayyan lad tovushlarining oktava orasidagi tartibi. G. asosiy pogʻonadan boshlanib yuqoriga yoki pastga yoʻnalgan boʻladi. 7 tovushli (diatonik ladlarda), 12 tovushli (xromatik), Sharqda 17,22 va hatto 48 tovushli Gammalar mavjud. Turli Gammalarni ijro etish — oʻquv jarayonida keng tarqalgan musiqa mashqlaridan hisoblanadi. Ijrochining ijro mahoratini oshirishda gamma va etyudlarning oʻrni muhim hisoblanadi. Etyud va gammalar ijrochining texnikasini oʻrganish metodikasini oʻsishida, ijro koʻnikmalarini takomillashishida har tomonlama foyda boʻlib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Etyud. 2. А.Мамадалиев. “Халқ чолғуларида ижрочилик” (чанг) дарслик. Тошкент. 2022 йил. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 259

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ijro ko‘nikmalarini takomillashtirishda etyud va gammaning o‘rni haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ijro ko‘nikmalarini takomillashtirishda etyud va gammaning o‘rni haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
etyud, musiqa, sozanda, nota., madaniyat, gamma, Kalit so‘zlar: ijro san‘at
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники