К содержанию
РецензированоUZ2025

HUSAYN BOYQARONING “ISHQ SIRRIN OSHIQ O’LG’ON MUBTALOLARDIN BILING” G’AZALI SHARHI

Boymurodova Munisa)

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Maqolada o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi shoh va shoir Husayn Boyqaroning badiiy-ma’rifiy, oshiqona- orifona, rindona g’azali ustida sharh olib boriladi. Biz ushbu maqola orqali “Ishq sirrin oshiq o’lg’on mubtalolardin biling” g’azalidagi ma’no-mohiyatni, Husayn Boyqaroning qalb botinida joy olgan kalimalarni bilib olamiz. ANNOTATSION:The article is about Uzbek classical literature a comment is made on the artistic-educational, romantic-orifice, simple ghazal of the prominent poet and poet Husayn Boykara. Through this article, we will learn the meaning of the ghazal “Ishq sirin ashik olgon mubtalardin biling”, the words that are in the heart of Husayn Boykara. KALIT SO’ZLAR: ishq, rind, porso, ruju’, Jomi Jam, Majnun, ishqi majoziy, ishqi haqiqiy, komil inson, tasavvuf. KIRISH. Ulug’ mutafakkir, so’z mulkining sultoni - Hazrat Alisher Navoiy madh etganidek “Sultoni Sohibqiron”, “hazrat”, “Abulg’ozi”, “Shoh Abulg’oziy”, “Shoh G’oziy”, “Sohibqiron”, “Sohibqiron Abulg’oziy”, “shoh”, “Mirzo”, “Xusravi G’oziy” – deya ta’rif va talqin etganidek, ushbu madh va maqtov sohibi shoh va shoir Husayn Boyqarodir. Menimcha, shohimiz Hazrat haqida ham shunday ta’rifni qo’llash mumkin. Husayn Boyqaro shoh balki ulkan shoirdir. Husayniy g’azaliyoti muammolari atroflicha hal qilingan bo’lsada, uning tahlil talab nuqtalari juda ko’p. Zero, har bir g’azal satri bilan abadiylikka aloqador bu ulkan so’z san’atkorining ijodiy merosi o’rganilgan sayin chuqurlashib bormoqda. Husayn Boyqaroning turk https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 58 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari adabiyoti va tili sohasidagi faoliyati diqqatga sazovordir. U turk tilida ijod qilishni g’oyat olqishlagan, hatto ma’lum asarlarga tatabbular qilish uchun farmoyishlar berib turgan. Hazrat Alisher Navoiy o’zining “Muhokamatul-lug’atayn” asarida Husayn Boyqaro turkigo’y laqabi bilan mashhur bo’lgan “ramali musammani maqsur” vaznining g’oyat ravonlig’ va latofatidin ruhparvarlig’ va salosatidin o’z devonlarin…boshtin oyoq iltizom qilib, bu vaznda tartib beribdurlar erdi”,[16,33- 34] deb yozadi. ASOSIY QISM. Shoh va shoir ijodiyoti sirlari tagiga borgan sari sirlar ko’payib bormoqda. Tadqiqotchi olima Suyuma G’aniyeva Husayn Boyqaroning ma’lum bir g’zallarini jamlab bir devon tuzdilar. Ushbu devonga “Jamolingdin ko’zum ravshan” deb nomladilar. Biz tahlil qilmoqchi bo’lgan g’azal “Jamolingdin ko’zum ravshan” devoni tarkibidagi “Ishq sirrin oshiq o’lg’on mubtalolardin biling” matla’si bilan boshlanadi. Ishq sirrin oshiq o’lg’on mubtalolardin biling, Vasl komin topmay o’lgan benavolardin biling. Ishqu hajru dard qasdim qildilar gar holima, Voqif ermassiz, bu yuzlangan balolardin biling. Ganda har o’q zahmidin bag’rimda aylang bir boshoq Ul boshoqlarning hisobin bu yarolardin biling. Ishq aro anduhu xasratsiz netar ko’nglumga za’f, Quvvatin ul notavonning bu g’izolardin biling. Eyki bilmaysiz jununim, chun so’rarsiz holatim, Oni sharh aylarda nomafhum adolardin biling. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 59 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Bilmaganlar ishq bedodini Majnun holig’a, Bir jafo men tortqan turluq balolardin biling. Ro’zgorimning qaro bo’lg’anlig’in kayfiyatin, Eyki bilmaysiz, ko’zu qoshi qaroladin biling. Jomi jamlik shohlarning hashamatin mayxonada Dard uchun sing’an safol eltur gadolardin biling. Gar Husayniy holatin ishq ichra bilmaysiz, ani Rindlig’ ko’yiga tushgan porsolardin biling [8-9] “Jamolingdin ko’zum ravshan” devoni tarkibidagi ushbu g’azal 9 bayt (18 misra)dan iboratdir. Jami so’zlar soni: 109 ta. Qofiyalanishi: a-a, b-a, d-a, e-a, f-a, g-a, h-a, i-a, j-a kabi qofiyalanadi. Qofiyaga olingan so’zlar quyidagilar: mubtalolardin, benavolardin, balolardin, yarolardin, g’izolardin, adolardin, qarolardin, gadolardin, porsolardin. Qofiya tarkibidagi raviy (ya’ni-tirgak tovush) “o” tovushi hisoblanadi. Qofiyaning turiga ko’ra mujarrad qofiya sirasiga kiradi. G’azal Husayn Boyqaroning oshiqona-orifona, rindona g’azallari ichidagi eng go’zal namunalaridan biridir. Ushbu g’azalda tasavvufning muhim masalalari yoritilgan. G’azal matla’sida ishq borasida so’z yuritilgan. Ishq sirrin oshiq o’lg’on mubtalolardin biling, Vasl komin topmay o’lgan benavolardin biling. Ishq sirini-boshiga, yuragiga, qalbiga ishq savdosi tushganlardan bilmoqlikni aytadi. Ishq vasliga, ishq kamoliga erisha olmagan bechoralardan mening holimni biling kabi mazmun mujassam. Shu onda savol tug’ilishi o’rinlidir. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 60 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Bu ishq-qanday ishq? Ishqi majoziymi, ishqi haqiqiymi? Yorga oshiqlikmi yoki Allohga oshiqlikmi? Yor, ma’shuqa, mahbubaga bo’lgan muhabbat ishqi majoziy, Allohga bo’lgan muhabbat ishqi haqiqiydir. Bu g’azalni sharhi davomida ishq qanday ishqligini aniq va dalillar bilan guvohi bo’lamiz. Darhaqiqat, ishq dardi Allohning ba

Доказательный фрагмент

«Maqolada o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi shoh va shoir Husayn Boyqaroning badiiy-ma’rifiy, oshiqona- orifona, rindona g’azali ustida sharh olib boriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi shoh va shoir Husayn Boyqaroning badiiy-ma’rifiy, oshiqona- orifona, rindona g’azali ustida sharh olib boriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
porso, ishqi majoziy, rind, ruju’, komil inson, KALIT SO’ZLAR: ishq, tasavvuf., ishqi haqiqiy, Majnun, Jomi Jam
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники