Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NANOBIOTEXNOLOGIYA - SARATONNI DAVOLASHDA MAQSADLI DORI YETKAZISH TEXNOLOGIYASI
DORI YETKAZISH TEXNOLOGIYASI · Xolbekova Zuhra G’ofur qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 396-400 · 2022
Аннотация
Saratonni an’anaviy davolashda jarrohlik, kimyoterapiya va nurlanish terapiyasi juda keng tarqalgan bo’lib , va ba’zan kutilgan natijalarni bermaydi. Ba’zi holatlarda nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Nanobiotexnologiyada maqsadli dori yetkazish usullari orqali dori moddalarini bevosita saraton hujayralariga yetkazish va sog’lom hujayralarni himoya qilishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Nanozarrachalar, saraton terapiyasi, liposamalar, liposomal doxorubicin, maqsadli dori yetkazish, saraton turlari. Saratonni erta aniqlash va samarali davolash usullarini ishlab chiqish ishlari hozirgacha ham davom etmoqda. Saraton dunyo bo’ylab o’limning ikkinchi asosiy sababi hisoblanadi. 2022-yilda dunyo bo’yicha 20 milliondan ortiq saraton bilan kasallanish holatlari kuzatilgan. Saratonni samarali erta aniqlash usullari: o’simta belgilari, kompyuter tomografiyasi, ultratovush tekshiruvi, endoskopiya, sitogenetik tahlil va hujayra genetikasiga asoslangan skringi usullari qo’llaniladi. Saratonni erta aniqlashda nanobiotexnologiya samarali vositaga aylandi. Nanobiotexnologiyada saraton hujayralarini tanlab olish va maqsadli dori yetkazish turlari orqali ularni xavfsiz bartaraf etish mumkin [4]. Bunda nanozarrachalar yordamida dori yetkazish-dorilar maxsus nanoqobiqlarga joylashtiriladi va saraton hujayralariga yetkaziladi. Nanozarrachalarning xarakteristikalari tizimli ravishda yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega, dori uzoq vaqt davomida qon aylanishida qoladi [1]. Nanozarrachalar hajmi,ko’pincha, katta bo’lishi uchun sun’iy ravishda https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 140 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari manipulatsiya qilinadi. Optimal o‘lcham 50-150 nm atrofida bo‘lib, bu nanozarrachalarning hujayralarga kirishi va organizmda uzoqroq saqlanishi uchun eng yaxshi diapazon hisoblanadi. Hajmi ta’siriga ko’ra nanozarracha yoki o’sma ichki muhiti tomonidan stimulyatsiyasini qilinishini tetiklashga doir tadqiqot o’tkazilgan. Asosiy maqsad saraton hujayralarni maksimal darajada o’ldirish va nojo’ya ta’sirlarni kamaytirish hisoblanadi. Saraton hujayralarga dorilarni yetkazib berish uchun nanozarralar va liposomalar orqali yuborish mumkin, va dorining o’simta massasiga uzoqroq vaqt davomida saqlash mumkin. Nanotashuvchilar dori-darmonlarni ma’lum bir joyga yetkazib berishda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi paytda liposomal va polimer asosidagi nanozarrachalar tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda, ayniqsa,saraton terapiyasi va antibiotik dori yetkazishda. Oltin, kumush va magnit nanozarrachalar esa ilmiy tadqiqot va klinik sinovlar bosqichida.An’anaviy kimyoterapiya butun organizmga ta’sir qilib, sog’lom hujayralarga ham zarar yetkazadi.Nanobiotexnologiya yordamida dori vositalarni faqat saraton hujayralarga yo’naltirish imkonini beradi [2]. Maqsadli dori yetkazish-nanozarrachalar yordamida dorilarni bevosita saraton hujayralariga yetkazish usuli hisoblanadi. Bu jarayon nanobiotexnologiya bilan hamkorlikda qilinishi mumkin. Saraton hujayralariga dori vositalarni yetkazish va uning ta’sirini uzaytirishga yordam beradi.Bu esa sog’lom hujayralarga zarar yetkazilishini oldini olishga yordam beradi. Bu usullar orqali yaqin kelajakda samarali va xafsiz davolashga erishiladi[5]. Saraton kasalligini davolash an’anviy usullari-kimyoterapiya, radioterapiya va jarrohlik bemorlarning og’ir nojo’ya ta’sirlar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, kimyoterapiya butun organizmga ta’sir qilib, sog’lom hujayralarga ham zarar yetkazadi. Maqsadli dori yetkazish esa ushbu muammoni hal qilish uchun innovatsion yondashuv bo’lib, nanozarralar yordamida dori moddalarni faqat saraton hujayralariga yetkazish imkonini beradi. Maqsadli dori yetkazish usullarining asosiy vazifasi-dori vositalarning faqat saraton hujayralarga yetib borishini ta’minlash va sog’lom to’qimalarga zarar yetkazilishining oldini olishdir. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 141 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Maqsadli dori yetkazib berishning nisbiy konsentratsiyalarini kamaytirish bilan birga, yon ta’sirlarni kamaytirishga bilan samaradorlikni oshiradi. Bu usul bilan uning terapevtik indeksi kabi farmakologik javobi bilan o’lchanadi va xavfsizlik darajasini oshiradi [1]. 1-jadval Maqsadli dori yetkazish turlari Turi Ishlash jarayoni Afzalliklari Liposomal dori yetkazish Lipid qoplama dorilarni Nojo’ya ta’sirlarni saraton hujayralarga kamaytiradi va boshqa yetkazadi hujayralarga zarar yetkazmaydi Polimer nanozarrachalar Biokompatibil Dori vositalarni sekin va polimerlar dorini kerakli doimiy ravishda ajralib joyga olib boradi chiqaradi ,uzoq muddatli ta’sirni ta’minlaydi Antikorga asoslangan Saraton hujayralari Juda yuqori tizimlar yuzasidagi maxsus aniqlik,organizmda antigenlarni aniqlaydi immunitetni oshirishda faollashtirishda foydalinadi Stimuli bilan Faqat saraton muhitida Dori faqat kasallangan faollashuvchi faollashadigan dorilar joyda nanozarralar chiqariladi,umum
Доказательный фрагмент
«Saratonni an’anaviy davolashda jarrohlik, kimyoterapiya va nurlanish terapiyasi juda keng tarqalgan bo’lib , va ba’zan kutilgan natijalarni bermaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSaratonni an’anaviy davolashda jarrohlik, kimyoterapiya va nurlanish terapiyasi juda keng tarqalgan bo’lib , va ba’zan kutilgan natijalarni bermaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- liposomal doxorubicin, maqsadli dori yetkazish, Kalit so‘zlar: Nanozarrachalar, saraton turlari., liposamalar, saraton terapiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025