К содержанию
РецензированоUZ2025

PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI

PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI · Saparova Dilnaza Azimbayevna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 04 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar, pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish jarayonlarining ishlash mexanizmini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi. Kalit so‘zlar: Bilish jarayonlari, psixologiya, idrok, xotira, tafakkur, nutq, diqqat, pedagoglar, omil. Bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o‘sishidagi roliga to‘xtab o‘tamiz. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va xodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va xodisalar bizda har bir alohida sharoitda o‘ziga xos hissiy- kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo‘lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo‘qligini birovlardan so‘ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o‘zi o‘qiyotganligini boshqalardan so‘ramaydi. Bunday ishlar o‘z-o‘zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o‘rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko‘proq qiziqtiradi va siz “Xotiram ustida ishlashim kerak” degan xulosaga kelasiz. Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo‘lib, agar siz o‘z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo‘lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak. Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrofmuhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o‘rganish uchun uni https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 158 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir- birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko‘ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan yoki o‘qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to‘g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo‘ladi. Xattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu yerda qanday paydo bo‘lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o‘z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o‘hshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o‘xshash) va uni saqlash (xotira) haqida 58 ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‘tardi. Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko‘ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko‘proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25 kadr berib, o‘sha 25-kadrda “Koka- kola iching” degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro‘y bermagan ekan. Analogik xolat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o‘ylanamiz: qayerda ko‘rgan ekanman? hech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko‘zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 159 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari odam ko‘rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo‘lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o‘y-fikrlar kelaveradi. ¤shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi. Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun “ahamiyatsiz” deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‘zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar, pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish jarayonlarining ishlash mexanizmini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar, pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish jarayonlarining ishlash mexanizmini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur, Kalit so‘zlar: Bilish jarayonlari, xotira, psixologiya, pedagoglar, diqqat, omil., nutq, idrok
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники