Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISQARTMA GAPLAR MAVZUSIDA O‘RTA BOSQICH O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILI GRAMMATIKASINI O‘RGATISH
Nazirova Laylo · Ziyayeva Feruza · Qurbonova Dildora
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
This article discusses effective methods for teaching English grammar through the topic of “Abbreviations” to intermediate learners. It explores the types of elliptical constructions, how to recognize and apply them correctly, and the benefits of using context-based, communicative, and interactive approaches. Practical guidance is offered for English teachers seeking to enhance grammar lessons with theme-based methods. Kalit so‘zlar: qisqartma gaplar, grammatika, kontekstual o‘qitish, interaktiv metod, ingliz tili, o‘rta bosqich, o‘yinli faoliyat Ingliz tili grammatikasini o‘rganishda qisqartma gaplar (elliptical sentences) alohida o‘rin egallaydi. Ular so‘zlashuv nutqida keng qo‘llaniladi va tabiiy, ravon muloqotning ajralmas qismi hisoblanadi. Elliptik konstruktsiyalar orqali https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 232 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari muloqotda ortiqcha so‘zlar ishlatilmasligi, nutq ixcham va aniq bo‘lishi ta'minlanadi. Bu til o‘rganuvchining mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi.1 Qisqartma gaplar o‘quvchilarning muloqotdagi tezlik va tabiiylikni o‘zlashtirishida muhim vositadir, chunki ular real nutqda ko‘p uchraydi va tilni soddalashtirishga xizmat qiladi.2 Ayniqsa, o‘rta bosqichdagi o‘quvchilar uchun qisqartma gaplarni o‘zlashtirish tilni jonli va tabiiy tarzda ishlatish malakasini shakllantirishda muhim bosqichdir. Qisqartma gaplar egasiz, fe’lsiz yoki to‘liq sintaktik tuzilmasiz shakllarda bo‘lib, ular muayyan kontekstda to‘liq ma’no anglatadi. Bu grammatik birliklar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, kontekstdan ma’no chiqarish va mustaqil jumla tuzish salohiyatini rivojlantiradi. Masalan, “She likes apples and he does too” kabi gaplar yordamida o‘quvchi bir nechta gaplar orasidagi bog‘liqlikni anglab, qisqartma struktura orqali muloqotni ixchamlashtirishni o‘rganadi. Yoki “Want some tea?” singari so‘zlashuv shakllari orqali real hayotiy vaziyatlarda qisqartma gaplardan qanday foydalanish mumkinligi amalda ko‘rsatib beriladi. Bu metod grammatika qoidalarini quruq nazariyadan chiqarib, uni amaliy nutqiy vosita sifatida o‘rgatish imkonini beradi. Shu jihatdan bunday darslarda kontekst asosida yondashuv ayniqsa ahamiyatli bo‘ladi. O‘quvchilar avvalo to‘liq gaplarning strukturasi bilan tanishadilar, so‘ngra ulardan qisqartma shakllar qanday hosil bo‘lishini tushunib yetadilar. Bu jarayonda izchil mashq turlari, jumladan, to‘ldirish, qayta tuzish, dialoglarni tahlil qilish kabi topshiriqlar yordamida grammatik birliklar mustahkamlanadi. Masalan, ikki gapli muloqotni qisqartma shaklga keltirish, yoki faqat tinglab bo‘sh qoldirilgan qismlarni to‘g‘ri topish orqali o‘quvchilar kontekstda fikrni anglashi, nutqni kuzatishi va to‘g‘ri natija chiqarishi o‘rganiladi. Bundan tashqari, sahnalashtirish, rolli o‘yinlar, juftlik yoki guruh bo‘lib muloqot qilish orqali qisqartma gaplarni jonli muloqotda qo‘llash rag‘batlantiriladi. Bu usullar o‘quvchilarda faollik, ishtirokchanlik va tilni muloqot vositasi sifatida anglashni kuchaytiradi. 1 G‘anieva, M. Ingliz tili sintaksisi. — Toshkent: O‘zDJTU, 2015. — 216 b. 2 Thornbury, S. How to Teach Grammar. — Harlow: Longman, 1999. — 192 b. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 233 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Dars jarayonida o‘yinli metodlar va multimodal ta’lim vositalari, ya’ni eshitish, ko‘rish va harakat bilan bog‘liq manbalar, ayniqsa, ta’sirchan bo‘ladi. Interaktiv testlar, video-dialoglar, rasmli topshiriqlar va elektron platformalar orqali qisqartma gaplar kontekstda ko‘rsatiladi, bu esa ularni yaxshiroq tushunish va tezroq o‘zlashtirishga olib keladi. Masalan, BBC Learning English va Cambridge Grammar Practice kabi zamonaviy manbalarda so‘zlashuvdagi qisqartma shakllarning boy namunasi mavjud bo‘lib, ulardan foydalanish o‘quvchilarni amaliy nutqqa yaqinlashtiradi. Bu resurslar orqali o‘quvchilar nafaqat eshitadi, balki vaziyatni tasavvur qiladi, tushunadi, ishtirok etadi va o‘z fikrini bayon qilishga intiladi. Bunday faol jarayonda o‘qituvchi grammatikani oddiy qoidalar jamlanmasi sifatida emas, balki muloqotda xizmat qiladigan vosita sifatida taqdim etadi. Grammatikani kontekst asosida o‘rgatish, ayniqsa qisqartma gaplar kabi real hayotga yaqin birliklar uchun eng samarali yondashuv hisoblanadi.3 Bu yondashuv esa o‘quvchilarda “qoidani bilish” emas, balki “qoidani foydalana olish” malakasini shakllantiradi. Xulosa qilib aytganda, “Abbreviations” mavzusi asosida qisqartma gaplarni o‘rgatish o‘rta bosqichdagi o‘quvchilarning nafaqat grammatik bilimlarini, balki nutqiy kompetensiyasini, mantiqiy tafakkurini va soddalikka intilishini ham rivojlantiradi. Qisqartma gaplar yordamida o‘quvchi o‘z fikrini ixcham, ravon va aniq ifodalay oladi. Darslar real kommunikatsiya ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilganda, o‘quvchi o‘rgangan grammatik shakllarni hayotda ishlatish qobiliyatini egallaydi. Bu esa grammatika o‘rgatish jarayonining ha
Доказательный фрагмент
«This article discusses effective methods for teaching English grammar through the topic of “Abbreviations” to intermediate learners.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses effective methods for teaching English grammar through the topic of “Abbreviations” to intermediate learners. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kontekstual o‘qitish, grammatika, o‘rta bosqich, o‘yinli faoliyat, interaktiv metod, Kalit so‘zlar: qisqartma gaplar, ingliz tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025