К содержанию
РецензированоUZ2025

SHIMOLIY AFG’ONISTON O’ZBEKLARI: XALQ SIFATIDA SHAKLLANISH TARIXI VA SHIMOLIY AFG‘ONISTONDA YASHOVCHI O‘ZBEK URUG‘I NOMLARINING ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI

TALASH ALAWUDDIN · Kalit so‘zlar: Etnografiya · Shimoliy Afg‘oniston · Leksika, urug’lar.

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

This article discusses the ethnocultural situation of the Uzbek people in Northern Afghanistan and the role of clans in the social life of Uzbeks in Afghanistan, as well as the name of the Uzbek clans in Afghanistan, as well as the clans and their location. Keywords: ethnography, wedding, Northern Afghanistan, vocabulary, clans. Hozirgi Afg'oniston diyorida yashab kelayotgan o'zbeklarning bu hududga qanday joylashib qolganligi, ularning kelib chiqish ildizlari, tarixini o'rganish to‘la nihoyasiga yetkazilmagan. Shundan bo‘lsa kerak ba’zi manbalarda hatto bu yerda yashayotgan o‘zbeklarga nisbatan diaspora (o’z vatanidan tashqarida yashovchi etnik guruh) atamasi ham ishlatiladi. Lekin hozirgi Afg'onistondagi o‘zbeklarning shakllanish tarixiga ilmiy jihatdan yondashadigan bo‘lsak, ularni diaspora emas yaxlit bir millat o‘laroq evolutsion jarayonlarni bosqichma-bosqich boshidan o‘tkazib bir millat bo‘lib vujudga kelganligini bilib olamiz. Afg'oniston shimolida yashab kelayotgan turkiy urug’larning paydo bo'lish tarixi va o‘zbeklarning millat sifatida shakllanish bosqichlarini ilmiy jihatdan asoslab beramiz. Afg'onistonda Turkiy urug’larning paydo bo‘lish tarixini V asrning ikkinchi yarmi ya’ni Eftallar va Xioniylar davlatining paydo bo'lishi bilan bog'laydilar. Eftal urug’lari Afg'oniston hududlarini bosib olgach bu yerga ko‘plab turkiy qavmlar Sirdaryo va Orol bo‘ylaridan ko‘chib kelib, o‘rnashib qolishdi. Bu urug’lar keyinchalik Turk xoqonligi davrida ancha o‘troq hayotga moslashib bu yerda turkiy ulusning siyosiy nufuzi yanada oshdi. VII asr oxiri va VIII asr boshlarida islom dininig Butun Xuroson hududlariga keng yoyilishi, turli dinlarga e’tiqod qilib kelgan turkiy urug’larning yagona din bayrog'i ostida birlashishlariga zamin yaratdi. XIII asr birinchi yarmda Mo'g'ullar bosqini davrida turkiy xalqlarning etnik qiyofasi yanada murakkab shakl kasb etib bordi. Mo'g'ullar qo'shini safida ko'plab turkiy urug’lar ham mavjud edi. Natijada mo'g'ul urug’lari bu yerda turkiy xalqlar tarkibiga singib ketishdi. Bu jarayon o'z navbatida Turkiy xalqlarning tarkibida https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 88 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yangi etnonimlar paydo bo'lishiga olib keldi1. Qadim Afg'on diyori Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashganligi, xilma- xil madaniyatlar vujudga kelishi, rivojlanishi uchun beshik vazifasini bajardi. Afg'onistonda yashab kelayotgan o'zbeklarning bu hududda yaxlit o'zbek millati bo'lib shakllanish davri xuddi Movarounnahrda bo'lgani kabi IX-XII asrlarga borib taqaladi. Afg'oniston shimolidagi o'zbeklarning ham etnogenizi nihoyatda boy bo'lib asrlar davomida turli urug’ va urug'larning bu hududga ko'chib kelishi hamda bir-biri bilan o‘zora yaqinlashib, aralashib ketishi millatning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. XVI asrgacha Afg'onistonda yashagan o'zbeklarning aksari qarluq va o'g'uz oilasiga mansub urug'lardan iborat bo'lib, ular o'zlarini umumiy nom bilan turkiylar deb atashgan bo'lsa, Shayboniylar davriga kelib ko'plab o'zbeklarning qipchoq urug'i oilasiga mansub urug’lari ko'chib kelishdi. XVI asrdan boshlab Amudaryoning janubida yashayotgan aksar urug’lar o'zlariga o'zbek degan yaxlit nomni qabul qilishdi. XIX asrgacha Afg'oniston shimolida yashovchi o'zbeklar va tojiklar Buxoro amirligi tarkibida bo'lgan. Asrning 50-yillariga kelib, Angliya va Buxoro hukmdori amir Nasrulla o‘rtasida munosabatlar sovuqlashdi. Natijada Angliya o‘sha vaqtdagi Afg'oniston amiri Do'st Muhammadxonni Buxoroga qarshi urushga gij-gijladi va harbiy yordam ko‘rsatdi. Angliyani harbiy qo‘lloviga ega bo‘lgan Do‘st Muhammadxon Amudaryo janubidagi o'zbek viloyatlarini birin-ketin bosib oldi. Edilikda bu hududlarga nisbatan Afg'on Turkistoni yoki janubiy Turkiston atamasi ishlatila boshlandi. Do'st Muhammadxon yangi egallangan hududlarda davlat vakili etib o'g'li Afzalxonni tayinladi. Inglizlarni bu hududlarni bosib olishdan ko'zlagan asosiy maqsadi O'rta Osiyoni zabt etishga kirishgan Rossiyani Amudaryodan janubdagi yerlarga ko'z olaytirishini oldini olishdan iborat edi. Barakzay sulolasi davrida Afg‘oniston inglizlar ko'magi va madadida sekin-asta kuchayib, hududlarini shimolga tomon kengaytirib bordi. U payti 1 Oltoy Nurulloh. O‘zbek tili so‘zligi. — Shibirg‘on (Afg‘oniston): NS, 2007. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 89 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Amudaryoning janubiy sohilida Buxoro amirligiga qisman bo‘ysunuvchi Balx, Qunduz, Shibirg‘on, Maymana singari qator bekliklar mavjud edi. Amir Do‘stmuhammadxon Barakzay, asosan, o‘zbeklar istiqomat qiluvchi yangi bo‘ysundirilgan shimoliy bekliklarni yagona Turkiston viloyatiga birlashtirdi hamda bu yerga pushtunlarni ko‘chirish siyosatini boshlab berdi. Shunday qilib hozirgi Afg'oniston hududlari XIX asrda sun’iy ravishda yangi hududlarni bo'ysindirish evaziga vujudga keldi. Afg'onistonda polietnik davlat sifatida 20 dan ortiq millat vaki

Доказательный фрагмент

«This article discusses the ethnocultural situation of the Uzbek people in Northern Afghanistan and the role of clans in the social life of Uzbeks in Afghanistan, as well as the name of the Uzbek clans in Afghanistan,…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the ethnocultural situation of the Uzbek people in Northern Afghanistan and the role of clans in the social life of Uzbeks in Afghanistan, as well as the name of the Uzbek clans in Afghanistan,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ethnography, wedding, Northern Afghanistan, vocabulary, clans, To‘y, Keywords: ethnography, Leksika, Shimoliy Afg‘oniston, свадьба, clans., Kalit so‘zlar: Etnografiya, urug’lar., Северный Афганистан, кланы., Ключевые слова: этнография, лексика
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники