Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEK TILIDA KIRISH SO'ZLARNING FUNKSIONAL-STILISTIK XUSUSIYATLARI
STILISTIK XUSUSIYATLARI · Jumayeva Mexri Xushboqovna · Kalit so’zlar: Nutq (Termez economics and service university 2nd course of Master’s degree) · Kaykovus, “Qobusnoma” (Termez economics and service university 2nd course of Master’s degree) · Badiiy asarlar (Termez economics and service university 2nd course of Master’s degree) · ФУНКЦИОНАЛЬНО-СТИЛИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ (Termez economics and service university 2nd course of Master’s degree)
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
The article provides information about the functional and stylistic features of introductory words in the Uzbek language, their functional tasks and https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 93 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari stylistic characteristics in colloquial speech, levels of emotionality of introductory words in speech, aspects of speech expressiveness. Keywords: Speech, Chaikovus, "Nightmare", Works of art, Intonation Nutqning tozaligiga ota-bobolarimiz kundalik turmushlarida, maqol, matallarida, yaratgan asarlarida e’tirof etib, o‘zlarining ibratli hayot yo‘llari bilan bizga o‘rnak bo‘lishgan. Kaykovusning “Qobusnoma”sida suxandonlik haqida fikr yuritilgan bo‘lib, unda: “So‘zning yuzin va orqasin bilg‘il va ularga rioya qilg‘il, har na so‘z desang, yuzi bila degil, to suxango‘y bo‘lg‘aysan”, – deb yozilgan. Ya’ni so‘zning nutq jarayonida mos o‘rnini, axloq va jamiyat qoidalariga amal qilgan holda “yuzi bila” so‘zlash nazarda tutilgan. Nutqning sofligiga putur yetkazadigan holatlaridan biri o‘z ma’nosidan begona qilingan, ya’ni “ishlamaydigan” so‘z va iboralarni qo‘llash va uni nutqiy odat so‘zlarga aylantirish. Nutqiy muloqotlarda, ko‘pincha, so‘zlovchilar “haligi”, “xo‘sh”, “undan keyin”, “mubolag‘a bo‘lmaydi”, “o‘z-o‘zidan”, “oyim”, “qarang”, “narsa”,”masalan”, “alohida olib qaraganda” kabi so‘z va gaplarni o‘rinsiz qo‘llab, o‘zining madaniy saviyasi, nutq boyligi, so‘z qo‘llash mahorati kamligini ko‘rsatib qo‘yadi. Bunday “ishlamaydigan” so‘z va iboralar, gaplar nutqning soflik mezonlarini buzadi. Badiiy nutqda esa bunday so‘zlar asar qahramonlarining hududiy, milliy mansublik, madaniy saviyasi, muomala madaniyatini ko‘rsatish uchun badiiy maqsadda qo‘llanadi. Bunday hollarda nutqning soflik darajasiga putur yetkaziluvchi holat sodir bo‘lgan hisoblanmaydi. Televideniyada ko‘rsatilgan “Uchrashuv” hajviy filmlar turkumida “Sarimsoqpiyoz” laqabini olgan qahramon rolni ijro etgan Ergash Karimov majlisga chaqirilganlar ichida “Shu-shu domla” deb ro‘yxatga kiritgan xodimning ismini emas, balki laqabini aytib chaqirilganligini kuzatganmiz. Aktyor uni har gapida “shu-shu” deb qo‘shaverganligi uchun shunday nomlanganligini izohlaydi. Shundan bilsa ham bo‘ladiki, bora-bora doimiy qo‘llab kelinadigan so‘zlar o‘sha shaxsning laqabiga https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 94 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari aylanishini bildiradi. Badiiy nutqda “ishlamaydigan” so‘zlar qahramon nutqida ma’lum ma’no tashuvchi, uning xarakteri, ma`lum bir hududiy xoslanishini ko‘rsatadi. Badiiy asarlarimizda bunday hollarni ko‘rish mumkin. G‘afur G‘ulom “Shum bola” qissasidagi Sariboy bo‘lis “innaykeyin”, Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ali Qushchining onasi Tillabibi “bo‘ta”, “bo‘talog‘im”, Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida Solih maxdum “habba”, O‘tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Gilam paypoq” hikoyasida Hoji buvi “poshsha”, Abdulla Avloniy “Advokatlik osonmi?” dramasida Xudoyberdi “ bolam”, “jon bolam”, Xushvaqt “akunki xo‘jayin”, Rapoil “garamjon”, Mehriniso “opaginang aylansin”, Egamberdi “Mulla aka”, Tog‘ay Murod “Ot kishnagan oqshom” qissasida kapitan Ro‘ziyev “xo‘sh-xo‘sh”, baliqpaz Shukurov “shu-shu”, O‘lmas Umarbekovning “Sovg‘a” hikoyasidagi A’lobush “tasadduq”, Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasida Qo‘chqor “rakatopsin” kabi “ishlamaydigan” so‘zlar ularning o‘ziga xos nutq qoidalarida asosiy o‘rinni egallaganini ko‘rish mumkin. Bunday doimiy qo‘llanuvchi so‘zlar ularning ichki dunyosi, xususiyatlarini ham ko‘rsatgan. Sariboy bo‘lisning “innaykeyin” deb o‘rinsiz hollarda ham qo‘llayveradigan “odati”ni yozuvchi shunday ta`riflaydi: “…ana shu “innaykeyin”ga javob topib bera olmasangiz, onangizni Uchqo‘rg‘onda ko‘rasiz. Qamchi bilan yelkaga tushirib qolguvchi edi”1. Yozuvchi o‘sha davr boylarining xasisligi va o‘ta injiqligini shu birgina so‘zi orqali ham shum bola tili bilan aytganda “haligacha xo‘jayinlari ichida eng xudo urgan badbaxt, ziqnasi” ekanligini ochib bergan. “Ulug‘bek xazinasi” romanida “Sahroyi mang‘it urug‘idan bo‘lgan Tillabibining eng suyukli so‘zi “bo‘ta”, “bo‘talog‘im”edi.”2, – deb ko‘rsatilgan. Bu qahramonning odat tusiga kirgan so‘zi Sariboy bo‘lisning “innaykeyin”idan farq qilib, personajning kuyunchakligi, mehribonligini 1 G‘afur G‘ulom. Shum bola qissasi. – Toshkent, 2015. 69-b. 2 Odil Yoqubov. Ulug‘bek xazinasi. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. 33-b. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 95 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ko‘rsatadi. Yana shunday holatlardan biri “Gilam paypoq”da Hoji buvining “poshsha” deb murojaat qilishida ham kuyunchaklik, erkalab chaqirish ma`nosini bildirgan. “Poshsha” so‘zi ko‘pincha erkalash, ba’zan kesatiq ma’nosida ham qo‘llanadi. Hikoyada Hoji buvining nutqida ko‘proq erkalab murojaat qilishi kuzatiladi. Abdul
Доказательный фрагмент
«The article provides information about the functional and stylistic features of introductory words in the Uzbek language, their functional tasks and https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 93 Yangi O'zbek…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information about the functional and stylistic features of introductory words in the Uzbek language, their functional tasks and https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 93 Yangi O'zbek… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Speech, Chaikovus, "Nightmare", Works of art, Intonation, Интонация, Kaykovus, «Кошмар», “Qobusnoma”, Kalit so’zlar: Nutq, Keywords: Speech, Чайковус, Ключевые слова: Речь, Intonatsiya, Badiiy asarlar, Произведения искусства
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025