Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OMONIMIYANI BELGILASH MEZONLARI XUSUSIDA
Ibrohimova Durdona Sherzod Qizi · Pazilova Nasibaxon Muxammadkasimovna (Andijon davlat chet tillar institute Arab tili fakulteti 1-kurs talabasi)
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida omonimlar masalasi muhokama qilingan bo’lib, dunyo tilshunoslarining omonimlarga bo’lgan qarashlari aks etgan. Kalit so’zlar: omonim, so’z, leksema, grammatika, tasnif, semantika, leksikologiya. Til ko‘p strukturali hodisadir. Unda ma’nolari bir-biriga yaqin va ma’nolari bir-biridan tubdan farq qiladigan har xil hodisalarni uchratish mumkin. Shunday hodisalardan biri til birliklari o‘rtasidagi omonimlik hodisasidir. Omonimlik hodisasi tilning barcha bosqichlarini qamrab oladi. U leksikada ham grammatikada ham kuzatiladi. Ilgari ko‘pgina tilshunoslar omonimiyani leksik hodisa deb tushuntirishga urinib keldilar. Aslida u leksikadan tashqari grammatikada ham mavjud. Grammatik formalar ya’ni qo‘shimchalar yuzaki qaraganda ma’nosizdek ko‘rinadi, ammo ularni sinchiklab o‘rganish, farqlarini aniqlash, ularning ham ma’lum bir ma’nolarining ifodasi ekanligidan darak beradi. Grammatikada ikki yoki undan ortiq grammatik shaklning teng kelib qolish hodisasi nihoyatda sinchiklovlik bilan tadqiqot olib borishni talab qiladi. Faqat shu asosdagina, affikslar o‘rtasida omonimlik xususiyatni payqab olish mumkin. Shuning uchun ham tilshunoslikda bu hodisa ko‘pgina olimlarni qiziqtirib keldi va ular ma’lum bir izlanish tarixiga ega bo‘lgan muammodir. Ayniqsa bu masala bo‘yicha rus tilshunosligi birmuncha boy tajiribaga ega. Buni shundan ham bilish mumkinki grammatik omonimiya masalasi rus tilida chiqqan ayrim darsliklarda o‘zining https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 113 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari maxsus ifodasini topgan. Olim A.K.Shaykevich esa omonimlarni tasnif qilish an’analari va yo‘llari haqida alohida fikr yuritadi. Akademik V.V.Vinogradov o‘zining maxsus maqolasida umuman omonimiya masalasiga keng to‘xtalib, grammatik omonimlar haqida ham atroflicha fikr yuritadi [1]. Omonimlarga qiziqish shunchalik kuchliki, u fanlar Akademiyasining tilshunoslik instituti Leningrad bo‘limining ilmiy ishida maxsus munozara obyekti bo‘ldi va uning materiallari alohida to‘plam bilan nashr qildirilib, omonimlik hodisasining tildagi xususiyatlari haqida qimmatli fikrlarning o‘rtaga kelishiga sababchi bo‘ldi. Turkologiyada ham bu masala bo‘yicha maxsus tadqiqotlar olib borilgan. B.O.O‘rozboyeva o‘zining alohida kitobida maxsus to‘xtaldi va so‘z yasalishi sohasidagi omonimlarni alohida ko‘rsatib o‘tdi. Qozoq tilida esa affikslarning omonimlik xususiyatlari bo‘yicha alohida ilmiy tekshirish ishi bajarilib, kandidatlik dissertatsiyasining obyekti bo‘ldi [2]. O‘zbek tilshunosligida birinchi omonimlik affikslar haqida birinchi qayd qilgan olim Ya.D.Pinxasovdir. Shundan keyin affiksal omonimiya hodisasi to‘g‘risida maxsus maqolalar e’lon qilindi va ularda affiksal omonimiyaning xususiyatlari tahlil qilindi. Keyinchalik M.A.Jo‘raboyeva o‘zbek tilida affiksal omonimiya hodisasini maxsus tadqiq qilib, kandidatlik dissertatsiyasini himoya qildi. Xullas, yuqoridagi ishlardan ko‘rinadiki, affiksal omonimiya masalasi tilshunoslikda ancha ishlangan soha hisoblanadi, lekin shunga qaramasdan bu sohada qilinadigan ishlar juda ko‘p [3]. Affiksal omonimiya masalasi ilmiy doirada alohida tadqiq qilingan bo‘lsa, ham maktab o‘quvchilari, talabalar bu hodisani to‘laligicha farq qila olmaydilar. Bu hol uning o‘rganilishi hali ommaviy tus olmaganligi sababdandir. Shuning uchun malakaviy ish obyekti qilib, affikslar omonimiyasini tanladikki, bu o‘sha grammatik hodisaning xarakterli tomonlarini ko‘rsatib berishga katta yordam beradi. Omonimik affikslarni o‘rganishda keyingi yillarda chiqqan o‘zbek tilining morfem lug‘atida unga katta e’tibor berilgan. Bu hol uning til strukturasida katta o‘rni borligidan darak beradi. Biz bu malakaviy ishimizni yoritish va uni yuzaga https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 114 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari keltirishda yuqoridagi ishlardan foydalandik va misollarni badiiy adabiyotdan tanladik. Shu asosda uni har turli omonim affikslarning xarakterli tomonlarini yoritishga harakat qildik. Affiksal omonimik holatini belgilashning umumiy nazariy jihatlari hali deyarli ishlab chiqilmagan. Biroq ko‘pchilik tilshunoslarning omonimiyaga bergan ta’riflarida affikslarning formal tengligi, ammo semantik jihatdan farq qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bu 2 belgining omonimiya faktini belgilashning asosiy kriteriyasi ekanligi omonimiya masalasiga bag‘ishlangan maxsus diskussiya materiallarida ham qayd qilingan. Biroq «shakliy tenglik» va «ma’noda farqlilik» tushunchalarini barcha tekshiruvchilar birday talqin qilmaydilar. Ayrimlar «formal tenglik» deganda umuman til edinitsalarining (shu jumladan, affikslarning ham) «bir xil aytilib, bir xil yozilishi»ni, «talaffuzi ham, grafik ifodasi ham aynan bo‘lishi»ni ko‘rsatsalar, ba’zilar yo fonetik (talaffuz) tomoni, yo grafik (yozilish) jihatininggina teng kelishini ta’kidlash bilan cheklanadilar. Bizningcha, «formal tenglik» tushunchasida ham aytilis
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida omonimlar masalasi muhokama qilingan bo’lib, dunyo tilshunoslarining omonimlarga bo’lgan qarashlari aks etgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada dunyo tilshunosligida omonimlar masalasi muhokama qilingan bo’lib, dunyo tilshunoslarining omonimlarga bo’lgan qarashlari aks etgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: omonim, tasnif, grammatika, semantika, leksikologiya., so’z, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014