К содержанию
РецензированоUZ2025

KUZATISH METODI UNING TURLARI VA PROTSEDURASI

Ilmiy rahbar: Xujanov Zafar Bektemirovich · Suyarova Dilfuza Sa`dullo qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

This text covers the essence, types and areas of application of the observation method in psychology. Observation is one of the main scientific methods that serves to study mental states through a planned, systematic and thorough perception of real-life phenomena. There are objective (external) and subjective (self-) types of the method, which are used to study human behavior, emotions, speech and activity. In the process of observation, scientific conclusions are drawn, hypotheses are put forward and mental states are analyzed. The text also shows the historical development of the observation method, the conditions and stages of its application Kalit so‘zlar: Kuzatish metod, idrok, diqqat, xulq-atvor, o’z-o’zini, tashqi kuzatish, ichki kuzatish, tafakkur, tabiiy metod Ключевые слова: Метод наблюдения, восприятие, внимание, поведение, Я, внешнее наблюдение, внутреннее наблюдение, мышление, естественный метод Key words: Observation method, perception, attention, behavior, I, external observation, internal observation, thinking, natural method Kuzatish — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish qadimdan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlash kuzatishga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 126 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya)dan foydalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi. Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari kuzatish Byuler (1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi kuzatish metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar.Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin. Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha o‘z-o‘zini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi bo‘lib keldi, desa bo‘ladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z-o‘zini kuzatish metodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraladigan bo‘lib qoldi. Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma’lum bo‘ldi. O‘z-o‘zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham tekshiruvchi obyektga bo‘linib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi ko‘rsatildi. Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulqatvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z – o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (ozini ozi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi ozgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1.Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2.Kuzatiladigan obyekt tanlanadi; 3.Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi; https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 127 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 4.Tadqiqot otkazish vaqti rejalashtiriladi; 5.Kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi; 6.Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (oyin, oqish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7.Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan otkazilishi) ta-yinlanadi; 8.Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o

Доказательный фрагмент

«This text covers the essence, types and areas of application of the observation method in psychology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This text covers the essence, types and areas of application of the observation method in psychology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Observation method, perception, attention, behavior, external, diqqat, ichki kuzatish, поведение, I, внимание, xulq-atvor, Ключевые слова: Метод наблюдения, Kalit so‘zlar: Kuzatish metod, internal observation, естественный метод, tafakkur, thinking, natural method, o’z-o’zini, tabiiy metod, внешнее наблюдение, восприятие, Key words: Observation method, tashqi kuzatish, мышление, Я, idrok, external observation, внутреннее наблюдение
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники