К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FE’L YASOVCHI –LA QO‘SHIMCHASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ro‘ziqulov Shohruh Ilhom o‘g‘li · Anorboyeva Munisa G‘ulomjon qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1 · 36-46 · 2025

Аннотация

Tilshunoslik fanining o‘rganilishi sistematik ravishda amalga oshirilmoqda, jumladan, bo‘limlarga ajratish, turkumlarni aniqlash, kategoriyalarga bo‘lish, guruhlarga ajratish va nihoyat oppozitsiyada turgan holatlarni baholash kabilar. Demak, so‘z yasalishi ham bundan mustasno emas, chunki so‘z asosi bilan yasovchi o‘rtasidagi munosabat bu jarayonni asoslab beradi. Darhaqiqat, tilshunoslik fani tarixidan to bugungi kungacha bo‘lgan davrda so‘z yasalishi bo‘yicha turlicha qarashlar, fikrlar bildirilib kelinmoqda. Jumladan, turkiy tillarga oid fe’l yasalishi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada eng faol fe’l yasovchi –la qo‘shimchasining o‘ziga xos xususiyatlari va taniqli tilshunos olimlarning fe’l yasovchi –la qo‘shimchasi bilan bog‘liq munozarali masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganligi va o‘zining ilmiy qarashlari bilan fe’l yasalishiga doir xulosalar berganligiga guvoh bo‘lamiz. Kalit so‘zlar: affiks, mustaqil so‘zlar, taqlidiy so‘zlar, so‘z yasalishi, shakl yasalishi. Kirish. O‘zbek tilidagi yasama fe’llarning ko‘pchiligi ikki asosiy usul: affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasalgan fe’llardir. O‘zbek tilida fe’l yasovchi qo‘shimchalar juda ham ko‘p emas. Shulardan eng faol fe’l yasovchi qo‘shimchalardan biri -la affiksidir. Bu affiks fe’l yasovchilar ichida eng mahsuldor bo‘lib fe’ldan boshqa barcha turkumga oid so‘zlardan fe’l yasay oladi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 150 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Uning yordamida otlardan yasalgan fe’llar asosan quyidagi umumiy ma’nolarni bildiradi: a) o‘zak-negizdan anglashilgan narsa-predmet bilan ta’minlash, shu predmetga ega holatli qilish ma’nosini bildiradi: o‘g‘itla, moyla, betonla; b) asbob-qurol bildiruvchi otlarga qo‘shilganda, shu asbob bilan bajariladigan ishni qilish ma’nosini bildiradi: randala, qaychila, arrala, egovla kabi; c) o‘zak-negizdan anglashilgan narsa-predmetni yuzaga keltirish (paydo qilish) ma’nosini bildiradi: urug‘la, shonala, mog‘orla, bolala kabi[1]. -la affiksi yuqoridagi so‘zlarga qo‘shilganda, so‘zning asosidagi birikuvchanlik xususiyati ham o‘zgaradi. Sifat va ravishlardan -la affiksi yordamida yasalgan fe’llarda o‘zak-negizdan anglashilgan tusga, holatga ega qilish, shu holatni olish ifodalanadi: tikla, tekisla, silliqla, sekinla, tezla, tozala, yaxshila kabi. Undovlardan -la affiksi bilan yasalgan fe’llarda shu undovga xos his- hayajon, buyruq-xitob, murojaat kabilarni bajarish ma’nosi ifodalanadi. Aniqroq qilib aytganda, bunday fe’llarning ma’nosi, asosan, undov so‘zga xos ma’no bilan «demoq» fe’lining ma’nosi yig‘indisiga mos keladi: dodlamoq (dod demoq), voyvoylamoq (voy-voy demoq), chuhlamoq (chuh demoq), hihilamoq (hi-hi demoq) va b. Demak, -la affiksi ma’lum darajada «demoq» fe’li bilan ma’nodosh hisoblanadi. -la affiksi yordamida undovlardan yasalgan fe’llarda, odatda, undov bildiradigan his-hayajon, buyruq-istak kabilarning birdan ortiqligi ifodalanadi. Shunga mos holda, ko‘pincha, undov so‘z takror holda qo‘llanadi: kishtlamoq (kisht-kishtlamoq). Agar undov so‘z bildiradigan his-hayajon, buyruq-xitob kabilar takror holda bo‘lmasa, odatda -la affiksi emas, balki «demoq» fe’li qo‘llanadi: chuh dedi, voy dedi kabi. -la affiksi «demoq» fe’liga xos ma’noga va takroriylikni bildirish xususiyatiga egaligidan, biror so‘z yoki gapni birdan ortiq bajarilishini (takroriy ijrosini) ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Bu hodisa, ayniqsa, og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi: ketamanlamoq, onamlamoq (onamlab yig‘lamoq) kabi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 151 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Taqlidiy so‘zlardan -la affiksi yordamida yasalgan fe’llarda taqlidiy so‘z bildirgan tovush yoki biror holatning yuz berishi ifodalanadi, ya’ni bunday fe’llarning ma’nosi, asosan, taqlidiy so‘z va «etmoq» so‘zining ma’nolari yig‘indisiga to‘g‘ri keladi; shitirlamoq (shitir etmoq), gumburlamoq (gumbur etmoq), lapanglamoq (lapang-lapang etmoq) va b. Bunday fe’llarda ham, odatda, taqlidiy so‘zdan anglashilgan tovush, obraz va sh. k. birdan ortiq bo‘ladi[1]. Fe’lning o‘ziga qo‘shilganda, harakatning takrorlanishl, uzoq davom etishi ma’nolarini anglatadi: savamoq—savalamoq, oshamoq—oshalamoq, qashimoq— qashilamoq kabi. Bu ma’no bir necha xil yo‘l bilan ifodalanishi mumkin: a) o‘zakka -la affiksini to‘g‘rIdan-to‘g‘ri qo‘shish bilan (quv—quvla kabi.); b) fe’ldan avval ish oti yasab, so‘ng -la affiksi keltirish bilan (tort—tortqila, o‘r— o‘rmala, tep—tepkila kabi); d) -la affiksini bundan boshqa turdagi yasama otlarga qo‘shish yo‘li bilan (tom— tomchila kabi); e) o‘sha fe’lni takrorlash bilan (so‘rab- so‘rab —bir necha marta so‘rab, so‘roqlab kabi); f) fe’lga aniqlovchi keltirish bilan (bir necha marta so‘rab kabi)[2]. Shu o‘rinda –la affiksi faqat so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida emas, balki shakl yasovchi qo‘shimcha sifatida ham qatnashib kelishi mumkin ekan. Ushbu fe’l yasovchi qo‘shimcha fe’lga qo‘sh

Доказательный фрагмент

«Tilshunoslik fanining o‘rganilishi sistematik ravishda amalga oshirilmoqda, jumladan, bo‘limlarga ajratish, turkumlarni aniqlash, kategoriyalarga bo‘lish, guruhlarga ajratish va nihoyat oppozitsiyada turgan holatlarni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Tilshunoslik fanining o‘rganilishi sistematik ravishda amalga oshirilmoqda, jumladan, bo‘limlarga ajratish, turkumlarni aniqlash, kategoriyalarga bo‘lish, guruhlarga ajratish va nihoyat oppozitsiyada turgan holatlarni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taqlidiy so‘zlar, Kalit so‘zlar: affiks, mustaqil so‘zlar, shakl yasalishi., so‘z yasalishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники