Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
2-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING HISOBLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Jurayeva Gulshanoy Turdiyevna · Safartosheva Barchinoy Aktam qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda 2-sinf o‘quvchilarining hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va matematika faniga oid bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan metodlarning umumiy tahlili keltirildi. Annotation: This thesis presents a general analysis of methods aimed at developing 2nd grade students' calculation skills, forming verbal calculation skills, and increasing their interest in mathematics. Kalit so‘zlar: Fikrlash qobiliyati, mantiqiy fikrlash, interfaol metod, hisoblash ko‘nikmasi. Key words: Thinking skills, logical thinking, interactive method, calculation skills. Bugungi kunda hisoblashning ahamiyati har qachongidan ham yuqori. U nafaqat fanlar asosida, balki har bir kishining hayotiy qarorlarida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy rivojlanishda beqiyos rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishning nazariy asoslari matematik masalalar yechish - matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 226 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ham etib bo‘lmaydi. Shu boisdan hisoblash ko‘nikmasini erta yoshdan boshlab rivojlantirish, uni har tomonlama mustahkamlash zamonaviy ta’limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda bu ko‘nikmaning shakllanishi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati, mantiqiy fikrlashi va amaliy hayotida mustaqil harakat qilish qobiliyatiga asos bo‘ladi. Matematik ta’lim sohasi bo‘yicha standart ko‘rsatkichlar bolalarda natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo‘llay olishga o‘rgatish, eng sodda geometrik shakllar hamda og‘zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan belgilandi. Og‘zaki hisoblashga doir mashg‘ulotlarning samaradorligi mashqlarning hajmi va mazmunigagina emas, balki ularning berilishi va tekshirilishi, o‘quvchilarning bilimini sinash, og‘zaki va yozma mashqlarning almashtirib turilishiga ham bog‘liqdir. Bundan tashqari, og‘zaki hisoblash malakalarining uzluksiz takomillashib borishi uchun og‘zaki va yozma hisoblash usullarini qo‘llashda to‘g‘ri munosabat o‘rnatish, chunonchi og‘zaki hisoblash qiyin bo‘lgandagina yozma hisoblash zarur. O‘quvchilarning topshiriqni eshitib qabul qilishlarida o‘qituvchi topshiriqni o‘qib beradi, ular esa eshitadi. Bunda asosiy kuch xotiraga qaratiladi, bunday mashqlar juda foydali bo‘lib, eshitish xotirasini rivojlantiradi. Bolalarning og‘zaki hisoblash malakalarini har doim tekshirib turish kerak. Og‘zaki hisoblashga doir mashqlarni birinchi darslardanoq kiritilsa, samarasi ancha yuqori bo`ladi. O‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalari turli-tuman mashqlarni bajarishlari jarayonida shakllanadi. Ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zamonaviy metodlardan foydalanish o‘rinlidir. Quyida 2-sinf o‘quvchilarining hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantiradigan metodlarning qo‘llanishi va mohiyati haqida so‘z yuritamiz. “Zinama – zina “metodi Ushbu metoddan o‘quvchilarning hisoblash ko‘nikmalarini shakllanganligini aniqlashda foydalanishimiz mumkin. O‘quvchilarni matematik hisoblash ko‘nikmalari qay darajadaligini tezkor savollar orqali bilib olamiz. Bunda mavzuga https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 227 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari doir misollar ketma-ket yoziladi, misollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar keyingi zinaga ko‘tarilishadi. MARRA 5-zina 69-24= 4-zina 23+53= 3-zina 89-61= 2-zina 48-22= 1-zina 41+51= “Juftini top” o‘yini Bu o‘yinli texnologiya orqali o‘quvchilarda sodda hisoblash ko‘nikmasini rivojlantirishimiz mumkin. Bunda barcha amallarda juftini topgan holda natijani tezroq va soddaroq qo‘lga kiritamiz. Bunda o‘quvchilar ortiqcha aqliy zo‘riqishdan holi bo‘lishadi va vaqtdan unumli foydalanishadi. Masalan, 12+24+28+16= misoli berilgan bo‘lsa, buni qulay usulda hisoblaymiz: 1. 12+28=40 (12 sonining juftini topib oldik, ya’ni 28 ni); 2. 24+16=40 (bunda ham 24 sonining juftini topdik, ya’ni 16 ni); 3. 40+40=80 (so‘nggida ikki oson topilgan yig‘indi qo‘shiladi). Xususiy yo‘llar Yuqoridagi o‘yinlardan tashqari hisoblashning xususiy yo‘llari ham mavjud. Bu yo‘llar orqali misollarni yanada tezroq ishlashimiz mumkin. Bunday usullardan foylanish orqali o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshadi. Quyida ushbu yo‘llardan bir nechtasini ko‘rib chiqsak. 1. 5 sonini boshqa raqamga ko‘paytirishning sodda usuli. 5 sonini istalgan juft songa ko‘paytirsak o‘sha sonning yarmi va o‘ng tomonidan 0 (nol) yozilsa natija chiqadi. Masalan, 5 sonini 84 soniga ko‘paytirsak, bunda 84 sonining yarmi va o‘ng tomonidan 0 (nol) raqami yoziladi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 228 Yang
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda 2-sinf o‘quvchilarining hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va matematika faniga oid bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan metodlarning umumiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda 2-sinf o‘quvchilarining hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va matematika faniga oid bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan metodlarning umumiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Thinking skills, logical thinking, interactive method, calculation, interfaol metod, calculation skills., mantiqiy fikrlash, hisoblash ko‘nikmasi., Key words: Thinking skills, Kalit so‘zlar: Fikrlash qobiliyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026