Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASB-HUNARGA YO'NALTIRISH
KASB-HUNARGA YO`NALTIRISH · Yusupova Moxiniso Mengirovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb jihatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu yo‘nalishning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Kasb tanlash jarayonida oilaning, maktabning, pedagoglarning hamda ijtimoiy omillarning roli tahlil qilingan. Maqolada kasbiy yo‘naltirishning bosqichlari, metod va usullari, ayniqsa umumta’lim muassasalarida samarali kasbiy maslahat berish amaliyoti yoritilib, o‘quvchilarni mehnatga, tadbirkorlikka, ishlab chiqarishga va zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda yangi yondashuvlar asosida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, kasbiy o‘zini anglash, qiziqish va qobiliyatlarni aniqlash mexanizmlari, kasb tanlashdagi psixologik omillar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni ochib berilgan. Kalit so‘zlar: kasb-hunarga yo‘naltirish, kasb tanlash, o‘quvchi qiziqishi, mehnat tarbiyasi, psixologik yondashuv, ijtimoiy omillar, kasbiy maslahat, ta’lim tizimi, innovatsion texnologiyalar. Shaxsning ma’lum bir kasbiy faoliyat yo’nalishiga moyilligini aniqlashdir. Ushbu amaliyot har bir bola iste’dodli va ma’lum bir sohada o’z iste’dodini tatbiq eta oladi degan fikrga asoslanadi. Kasbga yo’naltirishning turli xil usullari mavjud — kelajakdagi kasbni tanlashda duch keladigan o’spirin bilan, uning qiziqishlari va sevimli mashg’ulotlarini muhokama qiladigan mutaxassislar bilan suhbatlar, shuningdek, standartlashtirilgan usullar mavjud, ularning natijalari kuchli va zaif tomonlarini tushunishga imkon beradi. Ulardan biri testni to’ldirishni o’z ichiga olgan «Harrisonn assessment» usuli bo’lib, uning natijalari talabaning rivojlangan fazilatlarini, shuningdek o’sish zonalarini ochib beradi. Ushbu amaliyot shuningdek, farzandingizga ushbu texnikaning natijalarini tushunishda yordam beradigan va rivojlanish rejasini tuzishda yordam beragigan psixolog konsultant https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 262 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari bilan suhbatni o’z ichiga oladi Kasbga yo’naltirish usuli nima uchun kerak?Albatta, ba’zi ota-onalar farzandlariga qaysi universitetga o’qishga kirishni, qaysi mutaxassislikda ta’lim olishni o’zi hal qilishadi, lekin ota-onaning bunday qarori har doim ham amalga oshmasligi mumkin, chunki kelajak kasbi bo’yicha hali aniq bir qarorga kelmagan bola bu mutaxassislikka umuman qiziqmasligini tushunib, o’qishni davom ettirishni istamasligi mumkin. Kasbga yo’naltirish usulidan foydalanish esa bunday vaziyat duchor bo’lmaslikga hamda oilaviy byudjetni tejashga va o’qitishga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam beradi. Bolaning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlariga asoslangan «Harrison assessment» kasbga yo’naltirish usuli sizning farzandingiz uchun eng maqbul kasblar ro’yxatini taklif etadi. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish jarayoni tashkiliy jihatdan ko`proq pedagogik ;harakterga ega bo`lsada,u mazmunan psixologik mohiyatga ega. Bu yo`nalish pedagogik faoliyatning ajralmas qismi bo’lib, bu jarayon oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanib, umumta`lim maktablarida davom etadi. O’z vaqtida kasbga yo’naltirish o’quvchining hayotdagi o’rnini yaxshiroq egallashida muhimdir. Psixologik diagnostika va pedagogik tashxis ishlari ham ushbu soha bilan shug’ullanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida endilikda bizga faqatgina har tomonlama rivojlangan bola bo’libgina qolmasdan, balki har tomonlama sog’lom, aqlan rivojlangan bolani tarbiyalashda va unga bilim berish va kamolga yetkazishda har bir insonning asosiy burchi ekanligi uqtiriladi. O’qituvchining mahorati o’quvchilarning hayotda o’z o’rnini topishlarida, kerakli mutaxassis, jamiyatning intellektual salohiyatli kadrlari bo’lib yetishishlarida, ularning kasbiy madaniyatini shakllantirishda va kasb-hunarga yo’naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o’qituvchilar shaxsiy va kasbiy, umummadaniy, maxsus kompetensiyaga ega bo’lishlari, shaxsiy-kasbiy sifatlarni rivojlantirishlari, o’z ustilarida doimiy ishlashlari, pedagogik qobiliyat va pedagogik texnikani, pedagogik mahorat hamda insonparvarlikni takomillashtirishlari talab etiladi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 263 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Kasb-hunar tanlashda maqsadning to’g’ri qo’yilishi yarim g’alabadir. Bu g’alabani yuzaga chiqarishdagi qo’llanilgan vositalar, metodlar samaraliligi, sinovdan o’tgan bo’lishi ayni muddaodir. Kasbga oid ma’lumotlarni tahlil qilish, natijalarni solishtirtsh, birlashtirish, o’quvchining kasbiy axborot bazasini boyitishda qo’llanilgan filmlar, innovatsion yangiliklar vaziyatni baholay olishga yordam beradi. Shuningdek, tasavvur, qiziqish, ehtiyoj, qobiliyat, bilim, ko’nikma, odatlar bilan uzviy bog’laydi. Hozirgi kunda kasb-hunarga bag’ishlangan targ’ibot-tashviqot ishlari, kasbiy bilim va ta’limga yo’naltirilib, o’quvchilarning fikrlarini, ota-onalarning hamkorligini seminar treninglar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, kasb-hunarning ijti
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb jihatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu yo‘nalishning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb jihatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu yo‘nalishning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mehnat tarbiyasi, kasb tanlash, Kalit so‘zlar: kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘quvchi qiziqishi, innovatsion texnologiyalar., ijtimoiy omillar, kasbiy maslahat, ta’lim tizimi, psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025