К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUV MASHG‘ULOTINI REJALASHTIRISH VA LOYIHALASHTIRISH

Abdullayeva Saodat Mengbayevna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘quv mashg‘ulotini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish va loyihalash jarayonlari yoritilgan. Pedagogik faoliyatda darsni puxta rejalashtirish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada o‘quv maqsadlarini aniqlash, metodlarni tanlash, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, baholash mezonlarini belgilash hamda o‘quv muhitini tashkil etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga dars jarayonini tizimli, samarali va natijadorlikka yo‘naltirilgan tarzda olib borishda amaliy yordam beradi. Kalit so‘zlar: Konstruktiv yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion metodlar, ta’lim texnologiyasi. Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi faqatgina bilim beruvchi emas, balki o‘quvchilarning intellektual, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga rahbarlik qiluvchi muhim shaxsdir. Shu boisdan ham har bir darsni samarali tashkil etish o‘qituvchidan yuqori darajadagi rejalashtirish va loyihalash ko‘nikmalarini talab etadi. O‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish bu – o‘qituvchining o‘quv maqsadlariga muvofiq holda darsni qanday tashkil etish, qanday vosita va usullardan foydalanish, qanday natijaga erishish rejalashtirilganligini ko‘rsatuvchi jarayondir. Ushbu maqolada aynan shu jihatlar atroflicha tahlil qilinadi. XXI asrga kelib fan-texnologiya rivojlanishi natijasida axborotlar oqimi ortib bormoqda. Bu esa mehnat va xizmatlar bozorida faoliyat yuritayotgan har bir xodimdan bilimlarini qisqa vaqt ichida yangilash, kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish, o‘z vaqtida shaxsiy kamolot va kasbiy faoliyati uchun zarur https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 267 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari bo‘lgan jihatlarni o‘zlashtirib borishni taqozo etadi. Aks holda qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘zining mehnat va xizmatlar bozoridagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Hozirgi kunda har bir o‘quv fani bo‘yicha texnologiyalar ishlab chiqish ta’lim jarayonini tashkil qilish maqsadiga erishishda alohida o‘rin tutadi. Barcha o‘quv fanlari qatori matematika fanlari bo‘yicha ta’lim texnologiyalarini quyidagilarga asoslangan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiq: 1.Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish qoidalarini aniqlash. 2. Ta’lim maqsadini belgilash, ya’ni o‘quv fanining tuzilishi va mazmunini aniqlash. 3. O‘quv axborotining hajmi va murakkabligini aniqlash. Zamonaviy ta’limda har bir o‘quv mashg‘ulotini oldindan rejalashtirish va loyihalashtirish muhim hisoblanib, uni amalga oshirishda quyidagi qoidalarga (zamonaviy ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda o‘qituvchi faoliyatining ketma-ketligi) amal qilish talab etiladi: ta’lim jarayonini rejalashtirish; ta’lim jarayonini loyihalashtirish;. talabalar bilan hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish bosqichlarini aniqlash; ta’lim jarayonining tashkiliy-didaktik ta’minotini ishlab chiqish. Zamonaviy ta’limda har bir o‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish va loyihalashtirishda ta’lim texnologiyasi modeli muhim o‘rin tutadi. Rejalashtirish, ya’ni istiqboldagi istalayotgan modelni yaratish – loyihalashtirish bilan qiyoslanganda bu juz’iyroq tushuncha hisoblanadi. Kutilayotgan natijalarga erishish maqsadida o‘qituvchi tomonidan jarayonga tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ta’lim shakllari, vositalari, metodlari, texnologiyalarini oldindan to‘g‘ri tanlash yuzasidan to‘la tasavvurga ega bo‘lish jarayoni – o‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish deb yuritilib, u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: butun ta’lim davri; o‘quv yili; semestrlar (choraklar bo‘yicha); oylik; haftalik; kunlik va bir soatlik nazariy yoki amaliy o‘quv mashg‘uloti https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 3-son May 2025 268 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari bo‘yicha. Ta’lim jarayonini oldindan rejalashtirish esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadalarini aniqlash, ya’ni “Nima uchun o‘qitiladi?” degan savol haqida oldindan to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi; o‘rganiladigan nazariy yoki amaliy material mazmuni, ya’ni “Nima o‘rganiladi?” degan savolga oldindan javob bera olishi; rejalashtirilgan ta’lim mazmunini yetarli darajada egallash orqali ta’lim maqsadlariga erishish uchun ta’lim metodlarini tanlash, ya’ni “Qanday o‘qitish kerak?”ligi haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi; ta’lim maqsadlariga erishishda kerak bo‘ladigan ta’lim vositalari, ya’ni “Nima yordamida o‘qitish zarur” ekanligi haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi; ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlashni tashkil etish, ya’ni “Qanday amalga oshirish maqsadga muvofiq?”ligi haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi; ta’lim jarayonida erishilgan natijalar, ya’ni oldindan belgilangan maqsadlarga erishildimi yoki yo‘qmi – uni aniqlash bo‘yicha to‘la tassavurlarga ega bo‘lishlari talab etiladi. O‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish quyidagi asosiy savollarga javob berishga yordam beradi: o Darsning maqsadi nima? o O‘quvchilar nimani o‘rganishlari kerak?

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘quv mashg‘ulotini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish va loyihalash jarayonlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘quv mashg‘ulotini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish va loyihalash jarayonlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Konstruktiv yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion metodlar, ta’lim texnologiyasi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники