Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA ESSE YOZISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
BO‘YICHA TAVSIYALAR · Po‘latova Sevinch Yaqub qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Maqolada ona tili darslarida esse tuzilishini o‘rgatishga doir tavsiyalar haqida so‘z boradi. Esse matn turining boshqa yozma ishlardan farqi va o‘ziga xosliklari yoritilgan. Maktab ta’limida kuzatilayotgan esse yozishga oid muammolar, ularni bartaraf etish va rivojlantirishga doir mashqlar belgilash bo‘yicha asosiy yondashuv va tamoyillar aniqlangan. Kalit so‘zlar: yozma nutq, og‘zaki nutq, yozma ish va uning turlari, esse turlari, ayrim xatolar, tavsiyalar. The article discusses recommendations for teaching essay structure in mother tongue lessons. It highlights the differences and distinctive features of the essay as a type of written work compared to other written tasks. The article also identifies the problems observed in writing essays in school education and outlines the main approaches and principles for addressing and improving them through targeted exercises. Keywords: written speech, oral speech, types of written work, types of essays, common mistakes, recommendations. Yozma nutq ko‘nikmasini o‘quvchilarda shakllantirish faqat bugungi kun oldidagi masala emas. Unga avvaldan e’tibor qaratilgan. Negaki yozma nutq o‘quvchilarning fikrlash doirasini, tahlil va mushohada qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Shunisi e’tiborliki, og‘zaki nutqqa qaraganda yozma nutq yozuvchidan ancha mashaqqat talab qiladi. Ushbu mashaqqat yo‘lida jadid bobolarimiz ham ko‘p izlanishlar olib borganlar. Xususan, ular o‘zlari yaratgan darslik va yozgan maqolalarida yozma https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 3 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ish turlarini shakllantirishga ahamiyat berishgan. O‘quvchilarga beriladigan matnlar, insholarning mazmuni, sodda-murakkabligiga alohida urg‘u berishgan. Inson qaysi kasb egasi bo‘lmasin, yuksak tafakkur sohibi bo‘lsagina, yangilik yarata oladi. Yangilik yarata olish esa ona tili ta’limida og‘zaki va yozma nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Demakki, maktab ta’lim beruvchilaridan kutiladigan narsa o‘quvchilarni yangilikka intiladigan, keng tafakkur egasi va erkin fikrli shaxs sifatida yetishtirib berishdan iborat. Zamon bilan hamnafas yashash , ta`lim sohasida, fan doirasida jahonning ilgo‘r tajribalarini ta’lim tizimimizga joriy etish, shu yo‘l bilan sifatli ta`lim jarayonlaridan andoza olish va yuksak natijalarga erishish hayotiy zaruriyatga aylandi. Shu sababdan ona tili ta’limida ham bir qator xorijiy tajribalar qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Muhokama Yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo‘ljallangan (diktant) matnlar. Diktant- o‘quvchilarning savodlilik darajasini oshirish, bilimlarini mustahkamlash, yozma nutq me’yorlariga amal qilish va yozuv qoidalarini singdirish maqsadlariga xizmat qiladigan yozma ish turi. Bayon- yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchining matn mazmunini o‘z so‘zi bilan yozma ravishda qayta bayon etishdan iborat ijodiy ish. Insho- muallifning ma’lum bir mavzudagi bilim va tasavvurlarini, voqelikka munosabatini, mustaqil fikrini bayon qilish natijasida shakllanadigan yozma ish turi. Insho muallif tomonidan ijod etiladi, yaratiladi. Insho yozishda muallifdan fikr-mulohazalarini faktik material asosida mantiqan izchil va badiiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda bayon etish https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 4 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari talab qilinadi.1 Hozirgi globallashuv jarayoni o‘quvchidan ijodiy fikrlash bilan birga tanqidiy va tahliliy fiklashni talab qilmoqda. O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab esa pedagogikada o‘zlashtirilgan bilimlar darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziluvchi metod sifatida qo‘llanila boshladi. Esseni metod sifatida qo‘llash taklifi 1998- yilda Templ universiteti o’qituvchilari Lee va Bropliy tomonidan ilgari surilgan. Chet tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro IELTS, TOEFL kabi imtihonlarda, ona tili fanidan Milliy sertifikat uchun o‘tkaziladigan sinovlarda esse yozma nutq (Writing) malakasini baholovchi yozma ish turi sifatida qo‘llanadi. Gulshan Asilova va Fatma ACIKning “Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari” kitobida yozma nutqning bir turi hisoblangan esse haqida zaruriy bilimlar berib o‘tilgan. Quyida shu fikrlar bilan tanishamiz va tahli qilamiz. Esse (fransuzchada “tajriba”, “mashq” ma’nosini bildiradi)-adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik mavzularda yoziladigan, muammolar tizimli ilmiy tarzda emas, erkin shaklda yoritiladigan nasriy asar. Ta’lim jarayonida yozdiriladigan esse turlari adabiy essedan farq qiladi. Biroq har ikkisining ham yetakchi xususiyati muallifning fikri, munosabati, qarashlari, taassurotlarini ifodalashdir. Dalillovchi esse(argume
Доказательный фрагмент
«Maqolada ona tili darslarida esse tuzilishini o‘rgatishga doir tavsiyalar haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ona tili darslarida esse tuzilishini o‘rgatishga doir tavsiyalar haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- written speech, oral speech, types of written work, types of essays, Keywords: written speech, recommendations., Kalit so‘zlar: yozma nutq, yozma ish va uning turlari, common mistakes, ayrim xatolar, tavsiyalar., og‘zaki nutq, esse turlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025